Iqtisod-moliya
Me’yorga asoslangan baholash
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Me’yorga asoslangan baholash
nisbiy baholash shakli bo‘lib, baholashdan so‘ng o‘quvchi-talabalarning ta`lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchashdan iborat. Bu 129 A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education. Enhancing Academic Practice. Third edition. Edited by Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall. First edition.This edition published 2009 by Routledge 270 Madison Ave, New York, NY 10016 Simultaneously published in the UK by Routledge 2 Park Square, Milton Park, Abingdon, Oxon OX14 4RN. P. 138. 353 baholash tartibi o‘quv me’yoriy hujjatlarda aks ettiriladi. U ham ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda ta’lim oluvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi. Me’yoriy baholashda baho bir necha ko‘rsatkichlarga va ta`lim olish shart-sharoitiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Masalan, joriy, oraliq, yakuniy baholash me’yorlari bir necha marta o‘zgartirildi. 2010-yillarda joriy baholash 43 ball, oraliq baholash 42 ball, yakuniy baholashga 15 balldan me’yor belgilangan bo‘lsa, 2011/2012 o‘quv yillaridan joriy va oraliq baholash 35 balldan, yakuniy baholash 30 ball belgilandi. 2013/2014 oquv yilidan ayrim predmetlardan yozma nazorat va test yechish ko‘zda tutilib, yozma ishga maksimal 6 ball, testlarga esa 24 ball ajratildi. 2016/2017 o‘quv yilidаn ОN 34, JN 36, YaN 30 bаll bеlgilаndi. Reyting jarayobini o’rganish asosida 2018-2019 o’quv yilidan ”5” ballik bаhоlаshga o’tildi vа ungа ko’rа tаbаqаlаshtirildi (344 bеtgа qаrаng). Me’yorga asoslangan baholashning afzalliklariga: • ta’lim beruvchining ortiqcha vaqt sarflamasligi; • turli shart-sharoitga oson moslashtirish mumkinligi; • baho bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumiy tarzda olinishini kiritish mumkin. Me’yorga asoslangan baholashning kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: • bilimlarni obyektiv va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat yaratilishi mumkinligi; • baholashda bilim bilan hulqni baholash aralashtirib yuborilishi, ba’zan hulqni baholash bilimni baholashni belgilab qo‘yishi; • baholar ta’lim beruvchi tomonidan subyektiv belgilanishi mumkinligi kabilarni kiritish mumkin. Shuning uchun yangi nizоmdа yakuniy baholashni dаrs o’tmаgаn o’qituvchi tоmоnidаn o’tkаzilishi bеlgilаb qo’yildi. SHundаy qilib bаhоlаsh ham mezonga ham me’yorga asoslaniladi. Ular asosida o‘quvchi-talabalarni o‘zlashtirish darajasiga qarab tabaqalashtirish, ta’lim oluvchilar ichidan maqsadga ko‘ra ma’lum bir guruhga mansublarini ajratib olish hamda tahlil qilish imkonini beradi Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling