Iqtisod-moliya


Download 1.64 Mb.
bet146/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Axborot texnologiyalari
– bu odamlarning bilimlarini rivojlan-
tiradigan, ularning texnik va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha
imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, 
ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. Yana
shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga 
erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat
yaratuvchi faoliyat tushuniladi.
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulyasiyasi va
ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq
etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta’limda yangicha o‘quv 
metodlarini keng ravishda qo‘llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus
ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, 
videomagnitofon bilan ta’minlangan auditoriyalarda dars o‘tish borgan
sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin 
81

I.A.Karimov. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun 


farovon turmush sharoiti yaratish asosiy vazifamizdir // Xalq so‘zi, 13 fevral, 2007.


82
H.T.Оmоnоv, N.Х.Хo‘жаev, S.А.Mаdyarоvа, E.U. Eshchоnоv Pedаgоgik teхnоlоgiyalаr vа pedаgоgik 

mаhоrаt. Dаrslik. T.: Moliya – Iqtisod, 2009. 55 b.





186
etilmoqda. Ayniqsa, o‘quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi 
barcha didaktik funksiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega
videometodni keng qo‘llash imkonini beradi. Buning natijasida uni 
kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U:
* talabalarga o‘rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat 
bo‘yicha to‘liq, ishonchli axborot berish;
* o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikning rolini oshirish;
* talaba, o‘quvchilarni xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini
qondirish; 
* o‘qituvchining o‘quvchi, talabalarning bilimini, ko‘nikmalarini
sinash bilan bog‘liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa 
o‘rnatish;
* talaba-o‘quvchilarni o‘zlashtirishi bo‘yicha obyektiv hisobot, to‘la 
va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi.
XI аsr – yuqоri dаrаjаdаgi kоmpyutеr tехnоlоgiyalаri аsri. Hоzirgi 
o‘quvchi-tаlаbаlаr elеktrоn dunyo, mаdаniyati qаmrоvida yashаmоqdа.
Nаtijаdа o‘quvchi-tаlаbаlаrgа ахbоrоt yеtkаzishdа o‘qituvchining rоli 
o‘zgаrmоqdа. U endi ахbоrоt оqimini muvоfiqlаshtiruvchi,
uyg‘unlаshtiruvchi bo‘lishi kеrаk. Dеmаk, o‘qituvchi zаmоnаviy 
mеtоdikа, yangi tа’lim tехnоlоgiyalаri, ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini
egаllаshi zаrur.



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling