Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
videoproektor
dan tobora keng foydalanilmoqda. Undan foydalanish uchun kompyuter qurilmalari zarur. Oldindan tayyorlangan o‘quv materiallari va boshqalar videoproektor orqali namoyish qilinadi. U eng yuqori darajada taqdimot imkonini beradi. Namoyish etiladigan materiallarni turli kompyuter dasturlari: Word, Excel, Power Point, Corel Draw va boshqalarda taqdim etuvchining o‘zi tayyorlashi yoki professional darajada tayyorlangan elektron darsliklardan foydalanish mumkin. Bunda katta hajmdagi axborotni disket, kompakt disk, fleshka yordamida ko‘chirish, bir marta tayyorlab, keragicha foydalanish mumkin. Eng muhim
tayyorlangan materiallarni kamchiliklarini tezda tuzatish, zarur o‘zgartirishlar kiritish, takomillashtirib borish imkoni borligi, materiallarni kompyuter yordamida turli ko‘rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli tasvirdan foydalanish, ularni “jonlantirish” va harakatlantirish imkoni mavjudligidir. Videoproektor albatta boshqa vositalarga nisbatan qimmat, undan foydalanish uchun ko‘nikma talab etiladi. Ranglarni noto‘g‘ri tanlash oqibatida ko‘z toliqishi, animatsiyani noto‘g‘ri tanlash tufayli asosiy diqqat mazmundan chetga chiqib ketishi mumkin. Videoproektor elektr energiyasini talab qiladi. Umuman olganda texnik vositalar dars jarayonini ko‘rgazmali qilishga, yuqorida aytganimizdek tasavvur qilishga va xotirada jonlantirishga yordam beradi. O‘rganilayotgan mavzuni o‘zlashtirishni, real hayotga, amaliyotga yaqinlashtirishni ta’minlaydi. Ajdodlarimiz bekorga aytishmagan “Yuz marta gapirgandan bir marta ko‘rgan afzal” deb. O‘quv yurtlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan vositalardan biri virtual stendlardir. Virtual stend – o‘quv amaliy stendi yoki o‘quv- malaka ustaxonasi bo‘lib, o‘quvchi-talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma’lum yo‘nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam beradi. Virtual stendlar har bir o‘quvchi-talaba uchun texnikaga o‘zining kirish parametrlarini “buyurishga”, o‘z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi. Laboratoriya ishini o‘tkazish, uni zarur tartibda tushunish va 184 hokazolar bilan bog‘liq vaqtdan yo‘qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling