Iqtisod-moliya


O‘qitish vositalarni tutgan o‘rni, turlari, qo‘llash usullari


Download 1.64 Mb.
bet141/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

4.3. O‘qitish vositalarni tutgan o‘rni, turlari, qo‘llash usullari 
Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda texnik vositalardan foydalanish alohida 

o‘rin tutadi. O‘qitish vositalarining mukammallashib borishi natijasida


dars o‘tish jarayonini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish imkoni 
ortib bormoqda.

Tа’lim vositalari 
– o‘quv mazmunini ko‘rgazmali taqdim etish va 
shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiririsga xizmat qiluvchi chop
etilgan o‘quv materiallari yordаmchi mаtеriаllаr, real va texnik 
vositalarni o‘z ichiga olаdi.
Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko‘ra universal va maxsus 
texnik vositalarga bo‘linadi.
Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, proektor
magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.




180
Maxsus vositalar, ma’lum bir masalani, mavzuni yoritishga 
qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga
oladi.

Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtai nazaridan texnik vositalarni


tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, 
radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, videomagnitofon,
kompyuter kabilarga bo‘lish mumkin.
Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar
ta’lim vositalari deb ataladi.

Uning tarkibi quyidagicha bo‘ladi.




Real ta’lim vositalari
odatda, iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha ta’lim
olish jarayonida kam ishlatiladi, lekin texnik va chop etilgan o‘quv 
materiallari juda keng qo‘llaniladi.

Tа’limning texnik vositalari (TTV) – 
o‘quv materialini 
ko‘gazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam
beradi; talabalarga o‘quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab 
qolishlariga imkoniyat yaratadi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling