Iqtisod-moliya


Download 1.64 Mb.
bet139/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Vaqtga ko‘ra taqqoslash
. Bunday taqqoslash eng ko‘p 
tarqalgan, qo‘llaniladigan taqqoslash bo‘lib, diqqat o‘rganilayotgan
obyektning vaqt davomida o‘zgarishiga qaratidadi. Iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar hafta, oy, kvartal, yil davomida qanday o‘zgarishini:
o‘sadimi, pasayadimi, tebranadimi, o‘zgarmay qoladimi, ko‘rsatiladi. 
Unda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar; o‘sgan, pasaygan, o‘zgarmay
qolgan, atrofida kabilar.
4.

Sodir bo‘lish, takrorlanish darajasiga (chastotasi) ko‘ra 

taqqoslash
. Bunday taqqoslashda qanday miqdordagi obyektlar 
taqqoslanishini aniqlanadi. Misol, qancha ishchilar150-200 ming
so‘mdan kam ish haqi oladi yoki aholining qanday qismi 5-10 
yoshgacha, qanday qismi 15- 20 yoshgacha bo‘lganlarni tashkil etadi va
hokazo. Eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar; …dan … gacha, diapazon, 
konsentratsiya, farqi kabilar.
5.

Korrelyasion taqqoslash
. U ikki o‘zgaruvchi o‘rtasida bog‘liqlik 
bormi yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, sotish hajmining ortishi
foydaning ko‘payishiga olib keladi yoki skidkalar belgilanishi sotish 
hajmini ko‘paytiradi. Tahlilda ishlatiladigan so‘zlar: natija ko‘rsatadiki,
… bo‘lganda … o‘zgaradi va boshqalar.
Uchinchi qadam, diagramma tipini aniqlash. Har qanday axborotni
yuqorida ko‘rsatilganidek, 5 turdagi diagrammadan birortasi yoki biron 
tarzdagi interpretatsiyasi orqali ifodalash mumkin.

TAQQOSLASH TIPLARI 
Komponentli Pozitsion Vaqtgа кўра
Diapazon

Korelyatsion 


DIAGR
AM


MAN

ING AS
OSI

Y
TIP

L
ARI


Nu
q


tali
Gra


fik
G


is
to


g

ra
m


m

a
Do


irav

iy
Ch


iz
iq


li





177
Diagrammalardan qaysi birini tanlashni quyidagi matritsa asosida 
ko‘rib chiqishimiz mumkin. Uning vertikali bo‘yicha asosiy 5 tipdagi
diagrammalar, gorizontal bo‘yicha 5 tipdagi taqqoslash keltirilgan. 
Vaqtga ko‘ra, chastotali, korrelyatsion taqqoslashda asosan ikki tipdagi
diagrammadan foydalanamiz. Ular aks ettirilgan axborot hajmi bilan 
farqlanadi. Agarda axborot oz (olti yoki yetti) bo‘lsa yaxshisi
gistogrammada, agarda ko‘proq bo‘lsa grafikda ifodalagan ma’qul. 
Korrelyasion taqqoslashda esa kamroq axborot taqqoslansa chiziqli
diagramma, ko‘proq bo‘lsa nuqtali diagrammani qo‘llagan ma’qul.
Lekin qachon, qanday tipdagi diagrammadan foydalanish bu qabul
qilingan qoida emas. Har bir kishi qo‘yilgan maqsad, vazifadan kelib 
chiqib, diagrammaning asosiy tiplari va uning turli variantlaridan
foydalanishi mumkin.
O‘qituvchi biror-bir mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali qurol tayyorlar
ekan, o‘quvchi-talabalar mavzuning mazmunini tushunib yetishlari 
uchun uni qanday tasvirlashni ko‘rib chiqadi. Masalan, iqtisodiyotni
o‘rganishda sarf-xarajatlarni, ularni o‘zgarishini o‘rganish o‘ta muhim. 
Umumiy xarajatlar, doimiy xarajatlar, o‘zgaruvchi xarajatlar, me’yoriy
xarajatlar, umumiy tushum, xarajatlarni qoplash nuqtasi, yalpi foyda va 
boshqalarni og‘zaki gapirib o‘tgandan mana bunday chizmani slayd qilib
tayyorlab, foydalanish talabalarning mavzuning mohiyatiga tushunishi 
hamda yodida qolishiga yordam beradi.
Ko‘p

miqdorda


raqamlarda 
ifodalangan
ma’lumotlarni, 
taqqoslanishi lozim bo‘lgan har xil
qarashlarni turlicha jadvallarda bergan 
ma’qul. Ularni tushunish, tahlil qilish
osonlashadi. Bularni avvalgi boblarda 
ko‘rib o‘tganmiz.
Agarda

iqtisodiy ko‘rsatkichlar


ulushini yoki tarkibini ko‘rsatish lozim 
bo‘lsa,
doira

shaklidagi


diagrammalardan foydalangan ma’qul. 
Masalan,
byudjet

daromadlari


va

xarajatlari tarkibi yoki mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar


tarkibi, korxonaning asosiy kapitali tarkibi va hokazo. Chunki bunday 
diagrammada bu ko‘rsatkichlarning salmog‘i aniq ko‘rinadi. Ularni
taqqoslash, xulosa chiqarish oson bo‘ladi.



178

Agarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar taqqoslanishi kerak bo‘lsa, ustun 


tarzidagi diagramma yoki grafik tarzda tasvirlagan ma’qul. Chunki
bunday shaklda ko‘rsatkichlarni taqqoslash qulay, ularni qay darajada 
farqlanishi yaqqol ko‘rinib turadi.
Ayniqsa, POWER POINT, Microsoft Office Excel dasturlari 
mehnatni ancha yengillashtiradi va ularni nihoyatda turli-tuman tarzda
tasvirlash imkonini beradi.
Dasturdan foydalanilganda o‘quvchi-talabalar diqqatini mavzuga
qaratish uchun turlicha dizayndan foydalanish mumkin. Slaydlarda 
mavzuning nomi, rejasi, o‘rganiladigan asosiy tushunchalar, ularni
tushunish uchun zarur bo‘lgan tasvirlar, jadval, grafik, diagramma va 
boshqalarni berish mumkin. Muhim afzalligi ularni rang tasvirda berish
imkoniyati katta.
Slaydlarni tayyorlashda shriftlarga, ularning katta-kichikligiga,
ranglarning didaktik funksiyasiga, ularning ishlatilishiga, matn 
beriladigan fon, unda qanday tasvirlardan foydalanishga, ularni
o‘quvchi-talabalar kayfiyatiga qanday ta’sir qilishiga, ishlanish 
usullariga, mantiqiy xarakteriga mosligiga ham ahamiyat berish zarur.
O‘qituvchi tarqatma materiallar tayyorlayotganda, ma’lum 
qoidalarga rioya qilishi lozim.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling