Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodologiya
Pedagog,
psixolog mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, metodlar o‘quv-tarbiya jarayonida quyidagi funksiyalarni bajaradi: Ta’lim berish. Metodlar yordamida ta’limning maqsadi amalga oshiriladi. Metodlar o‘qituvchi va o‘quvchilarning nazariy hamda amaliy bilimini ta’lim olish borasidagi vazifalarni bajarishga qaratadi; Kamolotga boshlash funksiyasi. O‘quvchi, talabalarni fikrlash doirasini, bilim olish, aqliy rivojlanish sur’atini tezlashtirishda, qiziquvchanligini oshirishda o‘z ifodasini topadi; Tarbiyalash funksiyasi. O‘quv materialini o‘rganish, o‘zlashtirish jarayoniga mustaqil qarash, fikrlash, iroda xususiyatlari, axloqiy, ma’naviy qarashlarning shakllanishiga olib keladi; Bilim olishga da’vat etish, istak, xohish uyg‘otish funksiyasi. 8 Аль-Фаробий. Математические трактаты. Алма-ата: Ильм, 1972. C. 327, 328. 25 Metodlar talabalarni bilim olishga da’vat qiluvchi vosita hisoblanadi. Asosiy, gohida bilishga qiziqtiruvchi, istak, xohish tug‘diruvchi yagona stimulyator vazifasini bajaradi; Nazorat funksiyasi. Metodlar yordamida o‘qituvchi o‘quvchi, talabalarning bilimini nazorat qilibgina qolmay, o‘quv jarayoni natijalariga ko‘ra unga zarur o‘zgartirishlar kiritadi. Mеtоdlаr turli-tumаn bo‘lib, pеdаgоg оlimlаr tоmоnidаn turli yondаshuvlаrgа ko‘rа ulаr tаsniflаnаdi, guruhlаrgа аjrаtilаdi. 9 Lеkin mеtоdning mаzmun-mоhyatigа ko‘rа eng muhimi u “qаndаy?” sаvоligа jаvоb bеrishi: bundа pеdаgоg qаndаy fаоliyat yuritаdi, o‘quvchi- tаlаbаchi? Metodologiya esa (yunon. metodоs va logos so‘zlaridan) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limotdir. Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida metodologiyaga quyidagicha tarif berilgan: “Metodlar haqidagi ta’limot fanda metodologiya deyiladi”. 10 “Voqelikning muayyan qismini, biron jihatini o‘rgatuvchi metodologiyaga metafizikani, voqelikni chiziqli rivojlanishi, o‘zgarish jarayonini uni tashkil etuvchi bilimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi metodologiyaga dialektikani, voqelikda ro‘y beruvchi, keskin halokatli o‘zgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini o‘rganishda qo‘llanilayotgan metodologiyaga sinergetikani 11 misol sifatida kiritish mumkin» – deyiladi, mazkur ensiklopediyada. “Metodologiya – tadqiqotning nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta’limot”dir. 12 9
Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling