Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
noto‘g‘ri hisoblash:
ko‘pchilik hollarda bu bandlik jamg‘armasiga to‘lovlar, reklama uchun soliq, hamkorlik faoliyati shartnomalariga asosan olingan mablag‘lar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘iga taalluqlidir. Bundan tashqari har bir mavzuni o‘rganish jarayonida ham o‘qituvchi eng ko‘p sodir etiladigan xato va kamchiliklarga e’tibor berishi kerak. Masalan, “Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar”da: * dastlabki kirim hujjatlarining yo‘qligi yoki ular belgilangan tartiblarga rioya qilmagan holda rasmiylashtirilishi; * xarajatlarning ayrim turlari mahsulot tannarxiga noto‘g‘ri o‘tkazilishi; * tugatilmagan ishlab chiqarish qoldiqlari noto‘g‘ri baholanishi; * xarajatlar hisob davrlari bo‘yicha noto‘g‘ri ajratilishi; * xarajatlarni hisobga olish va taqsimlash bo‘yicha usul va uslublar hisob siyosatida aks ettirilgan uslublarga nomuvofiqligi; * ayrim turlardagi xarajatlar asossiz holda tannarxga kiritilishini ko‘rsatish mumkin. Yoki “Moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydadan foydalanish” bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini auditorlik tekshiruvida odatda yo‘l qo‘yiladigan xatolar ko‘pincha quyidagilardan iborat bo‘ladi: * moliyaviy xarajatlar tarkibiga soliq va boshqa nazorat qiluvchi idoralar tomonidan qo‘llangan jarima summalarini kiritish; * boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlarni aks ettirilishida hisobvaraqlar noto‘g‘ri korrespondentlanishi; * foydadan qonunchilikda ko‘zda tutilmagan maqsadlar uchun foydalanish. Audit fanini o‘rganishda markazda auditor shaxsi turar ekan, demak aynan ana shu auditorlik mutaxassisligini egallamoqchi bo‘lgan o‘quvchi-talabalarning aqlini charxlaydigan metodlarni qo‘llash zarur. Mavzuni o‘rganish uchun tayyorlangan masala va mashqlar, turli topshiriqlar mazmunida ana shu xatolar yashiringan bo‘lishi va ular talabalar tomonidan aniqlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur. Bu jihatdan hujjatlashtirish, hisob-kitobni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganini yoki xatolarni aniqlashni o‘rgatadigan metodlar fanni o‘rganishda muhim 282 ahamiyatga ega. O‘qituvchi tomonidan ataylab kamchiliklar bilan to‘ldirilgan hujjat yoki hisob-kitobni xatosini topishga qaratilgan topshiriqlar tayyorlab, darsda qo‘llash alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday topshiriqlarni boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘llasa bo‘ladi. Ayniqsa, modellashtiruvchi o‘yinlar tashkil qilib, dars jarayonida qo‘llash mumkin. Ana shunday topshiriqlar asosida darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish mumkin. Auditor uchun audit natijalarini auditorlik hisoboti tayyorlash va auditorlik xulosasi yozishni bilish ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun “Auditorlik xulosasi” yozish bo‘yicha esse metodini qo‘llagan ma’qul. Metodni qo‘llab dars o‘tish uchun kichik guruhlarga o‘qituvchi korxonani tekshirib, tayyorlangan auditorlik hisobotini tarqatadi. Hisobotni o‘qib, uning asosida auditorlik xulosasi yozishni taklif qiladi. Auditorlik xulosasi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi, auditorlik xulosasini yozishdan bosh tortishi mumkin. Ana shularni talabalar yodiga solib, auditorlik hisobotini sinchiklab o‘qib chiqish so‘ngra kichik guruhda muhokama qilib, auditorlik xulosasi yozish kerakligi uqtiriladi. Buning uchun 20 minut vaqt beriladi. Amalga oshirilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditor auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlashi lozim. Boshqa turdagi auditorlik xizmatlari ko‘rsatilganda ham auditorlik hisoboti tayyorlanishi mumkin. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling