Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
guruhdagi talabalar soni
ham katta rol o‘ynaydi. Kichik guruhlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan metodlar katta guruhlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin, yoki umuman qo‘llash qiyin bo‘ladi. O‘qituvchi, dars beruvchi sifatida har safar qanday qilib, qaysi usul bilan dars o‘tsam qo‘yilgan maqsadga erishaman deb o‘z oldiga savol qo‘yib, o‘ylab ko‘rsa, dars o‘tishning aynan mavzuga mos keladigan uslubini topishi mumkin. Darsni qanday o‘tish borasida aniq bir qarorga kelishda, asosiy mo‘ljal olishda darsni nimaga qaratilganligi muhim ahamiyatga ega. Agar: •
qanday maqsadlarga erishish kerakligini aniq belgilab olinishi lozim; 96 • darsda qatnashadiganlar mo‘ljalga olinsa, talabalar (o‘quvchilar) guruhi kimlardan iboratliligiga e’tibor qaratiladi; • o‘tiladigan mavzu, unga ajratilgan vaqt mo‘ljalga olinsa, qanday o‘quv materialini talabalar ongiga yetkazish zarur va unga qancha vaqt ajratilganiga diqqat qaratiladi; • o‘quv vositalari mo‘ljalga olinsa, qo‘limizda qanday o‘quv vositalari bor va ulardan qay darajada foydalanishimiz mumkinligini hisobga olamiz; • talabalar (o‘quvchilar)ning darsga faol yoki passiv qatnashuvi mo‘ljalga olinsa, qanday dars o‘tish uslublarini qo‘llash kerakligini tanlaymiz; • darsni tashkil etish mo‘ljalga olinsa, qanday tashkiliy shart- sharoitlar mavjudligini hisobga olamiz; • o‘zlashtirishni nazorat qilish mo‘ljalga olinsa, qanday tartibda talabalar bilimi nazorat qilinadi va baholanadi, diqqat ana shunga qaratiladi. Dars jarayonida qo‘llaniladigan metodni tanlashda o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasida o‘quv jarayonida shakllanadigan munosabatlarda o‘zaro hamkorlikka diqqat qaratilsa, boshqalarida avtoritarlik ustun. Dars o‘tish metodini tanlashda eng muhim omil bu o‘qituvchining darsga tayyorgarligi darajasidir. Chunki qaysi metodni qo‘llash, qanday qilib dars o‘tish, darsning mazmuni talabalar ongiga yetkazish o‘qituvchiga, uning bilimi, salohiyati, kasbiy ko‘nikmasi, mahoratiga bog‘liq. Ko‘rinib turibdiki, metodlar tanlab dars jarayonini tashkil etishga ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Bundan tashqari real jarayonga kutilmagan holatlar, sabablar ta’sir qilishi mumkinki, uni avvaldan ko‘rib, hisobga olib bo‘lmaydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling