Iqtisod moliya


Ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq va uning qay darajada optimal ekanligini 
aniqlashda doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar, yalpi, o’rtacha xarajatlar; qo’shimcha xarajatlar 
samarasini va ishlab chiqarishning samarali hajmini aniqlashda me’yoriy xarajatlar; real 
imkoniyatlardan qay darajada foydalanganlikni aniqlashda haqiqiy va zimmadagi xarajatlar; 


iqtisodiy resurslarni jalb etilishiga ko’ra ichki va tashqi xarajatlarishlab chiqarishning 
quvvati, miqyos o’zgarishi nuqtai nazaridan qisqa muddatli va uzoq muddatli xarajatlar kabi 
guruhlarga bo’linadi. 
Iqtisodiy xarajatlar birinchidan, eng avvalo firma, korxona nuqtai nazaridan ichki va 
tashqi xarajatlardan iborat. Tashqi xarajatlar bu — chetdan sotib olingan mehnat resurslari, xom 
ashyo, yonilg’i, transport xizmatlari, energiya va boshqalar. Boshqacha ayt-ganda, o’ziga tegishli 
bo’lmagan resurslar uchun to’lovlardan iborat. 
Ichki xarajatlar bu — firma, korxonaning o’z ixtiyoridagi resurslar qiymatining puldagi 
ifodasi yoki boshqacha aytganda, bu resurslarni chetdan olganda to’lanishi mumkin bo’lgan pul 
miqdoridir. Bu xarajatlar firmaning o’zini bino, inshoot, mashina, uskuna, ishlatish uchun qarzga 
olingan mablag’, unga to’lanadigan foiz bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, ichki xarajatlarga 
normal foyda ham kiradi.
Normal foyda bu — tadbirkorlik omiliga tegishli. Bu tadbirkorlik talantini saqlab
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga imkoniyat yaratadi, bo’lmasa tadbirkor daromad olib 
keladigan boshqa faoliyat bilan shug’ullanishi, masalan, ish haqi yoki maosh olib ishlashi 
mumkin. 
Iqtisodiy xarajatlar yoki zimmadagi xarajatlar, ikkinchi tomondan buxgalteriya hisobida 
aks etgan haqiqiy xarajatlar hamda boy berilgan imkoniyat xarajatlaridan iborat. 
Boy berilgan imkoniyat xarajatlari bu - o’z resurslarini muqobil ishlatish yo’li bilan olishi 
mumkin bo’lgan daromadlardir. Masalan, kapitaliga foiz, bino, inshootlar, mashina-uskunalarni 
o’zi ishlatmay ijaraga berib, ijara haqi olishi, tadbirkor menejerlik qilib ish haqi olishi mumkin. 
Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar buxgalteriya kalkulyatsiyasida aks etgan xarajatlardan 
tashqari, ularda aks etmagan o’z resurslari va imkoniyati muqobil variantlaridan foydalanib 
olishi mumkin bo’lgan samara yoki boy berilgan imkoniyat xarajatlari (boshqacha aytganda, 
olish mumkin bo’lgan daromadlar)dan iborat. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling