Iqtisod moliya


Doimiy deb, shunday xarajatlarga aytiladiki, ularni miqdori ishlab chiqarish


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Doimiy deb, shunday xarajatlarga aytiladiki, ularni miqdori ishlab chiqarish 
hajmiga qarab o’zgarmaydi. Ular hatto ishlab chiqarish bo’lmaganda ham qoplanishi shart. 
Ular jumlasiga qarz yuzasidan majburiyatlar, renta to’lovlari, amortizatsiya, ijara haqi, sug’urta 
puli, boshqaruv xodimlari va mutaxassislarga oldindan belgilangan maoshlar kiradi. Bu 
xarajatlar doimiy bo’lgani uchun ishlab chiqarish qanchalik o’zgarmasin, ular ilgari belgilangan 
miqdorda qoladi. 
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgarib boruvchi xarajatlar o’zgaruvchan 
xarajatlar deyiladi. Ularga xom ashyo, yonilg’i, energiya, materiallar, transport xizmati sarflari, 
ish haqi kiradi. Ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan ma’lum chegaragacha ular pasayadi, so’ngra 
bir holatda saqlanadi va nihoyat o’sa boshlaydi. Bunday hodisa sarflar qaytishining ma’lum 
chegarada borishini bildiradi. Ishlab chiqarish ma’lum darajaga etgach, mehnat unumdorligi 
pasaya boshlaydi. Natijada qo’shimcha ravishda mahsulot olish uchun oldingidan ko’proq 
xarajat qilishga to’g’ri keladi. Bunday ahvol yangi texnologiya joriy etilgunga qadar davom 
etadi. Shundan so’ng resurs-lar tejaladi, xarajatlar pasayadi, chunki yangi texnologiya mehnat 
unumdorligini oshiradi. 
Muayyan ishlab chiqarish hajmi saqlangan sharoitda doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar 
yig’indisi ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari deb ataladi. 
FC — doimiy (fixed costs), VC — o’zgaruvchan (varible costs), Ts — umumiy yoki 
yalpi xarajatlar (total costs) 
FC+VC=Ts. 


Umumiy xarajatlar muayyan ishlab chiqarish doirasida umumiy sarflar bo’lib, hamma 
mahsulot qanchaga tushganini bildiradi. Korxona uchun mahsulot birligiga ketgan sarf 
muhimdirki, uni o’rtacha xarajat deb ataladi. O’rtacha xarajatni AS (average costs) miqdorini 
topish uchun umumiy xarajat Ts mahsulot miqdori Q ga bo’linadi: 
AS=Ts/ Q. 
Grafikdan foydalanib, o’rtacha xarajatlarni hisoblasak, mahsulot kam ishlab chiqarilgan 
paytda o’rtacha xarajatlar, ayniqsa doimiy xarajatlar yuqori bo’ladi. Masalan, doimiy xarajatlar 
256 ming so’m deylik, 64 ming so’m o’zgaruvchi xarajat qilib, 4 ming dona mahsulot ishlab 
chiqardik. Unda umumiy xarajatlar 256+ 
+64=320 ming so’m bo’lib, o’rtacha xarajatlar 80 ming so’mga teng bo’ladi. Agarda 5 
dona ishlab chiqarmoqchi bo’lsak, o’zgaruvchi xarajatlarni 93 ming so’mga etkazish kerak. 
Bunda umumiy xarajatlar 256+93=349 ming so’m bo’lib, o’rtacha xarajatlar 69,8 ming so’mga 
pasayadi. 
Shunday tarzda mahsulot miqdorini ko’paytirib, 8 taga etkazilsin. U holda o’zgaruvchi 
xarajatlar 224 ming so’m bo’lishi kerak. Umumiy xarajatlarimiz 256+224=480 ming so’m, 
o’rtacha xarajatlar esa 480:8=60 ming so’m, 9 ming dona uchun 297 ming so’mlik o’zgaruvchi 
xarajat qilishimiz kerak. Unda umumiy xarajatlarimiz 256+297=553 ming so’m, o’rtacha 
xarajatlar esa 61,4 ming so’m bo’ladi. Mahsulotni ko’paytirib, 10 donaga etkazish uchun 
o’zgaruvchan xarajatlarni 400 ming so’mga etkazish kerak. U holda umumiy xarajatlar 
256+400=656 ming so’mga etadi. O’rtacha xarajatlar esa 65,6 ming so’m bo’ladi. 
Bir qaraganda, qancha ko’p mahsulot ishlab chiqarsak, shuncha ko’p foyda oladigandek 
ko’rinadi. Ma’lum bir darajadagi texnika-texnologiya imkoniyati doirasida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarga sarflanadigan o’rtacha xarajatlarni o’zgarishi bu fikrni to’g’ri emasligini 
ko’rsatadi. Grafikdan ko’rinib turbdiki, 5 mahsulotda xarajatlar bilan olingan daromad teng, 
keyingi mahsulotdan boshlab foyda olish boshlanadi.U ma’lum chegaragacha, misolimizda 11-
mahsulotgacha davom etadi. So’ngra zarar ko’rish boshlanadi. 
Raqobatda mag’lub bo’lmaslik hamda imkoni qadar ko’proq foyda olish uchun o’rtacha 
xarajatlarni minimal darajada bo’lishiga erishish kerak. 
O’rtacha xarajatlar ma’lum chegaragacha, bizni misolimizda 8- mah-sulotgacha kamayib, 
so’ngra ortib ketadi. Sababi qisqa muddatli davrda me’yoriy xarajatlarning ortishi bo’lsa, uzoq 
muddatli davrda masshtab ya’ni miqyos effektining salbiy natijasi ta’sir qiladi (yuqorida to’xtab 
o’tdik, quyida, 2-§da yana to’xtalamiz) 
Tadbirkor xarajatlarni minimal bo’lishini o’ylar ekan, demak, eng minimal xarajat 8 dona 
mahsulot ishlab chiqarganda bo’ladi. Unda umumiy xarajatlar 480 ming so’mga teng. 











700 
600 
500 
400 
300 
200 
100 
Umumiy 
xarajatlar 
TC=FC+VC
Umumiy tushum
Xarajatlarni 
qoylash nuktasi 
Mahsulot miqdori
Fo
yda
= TR
-T
C
TR
TC
VC
FC 


Ishlab chiqarishni kengaytirish o’rtacha xarajatlarni oshirib yuborar ekan, uning eng 
optimal miqdori 8 ta ga teng. Demak, tadbirkor mavjud texnika-texnologiya doirasida 8 dona 
mahsulot ishlab chiqarsa, eng kam xarajat qiladi. Shu miqdordagi mahsulot mazkur korxona 
uchun optimal variant hisoblanadi. 
Tadbirkorni faqat xarajatlarni minimallashtirish emas, foydani maksimallashtirish 
masalasi ham tashvishga soladi. Kam xarajat qilib turli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish 
mumkin bo’lgani uchun, qancha mahsulot ishlab chiqarilsa maksimal darajada foyda olish 
ta’minlanadi? Ishlab chiqarish omillari qanday tarkibda birlashuvi maksimal foyda olishni 
ta’minlash imkonini beradi? Tadbirkor hisob-kitob qilishi kerak. Bu me’yoriy xarajatlar 
yordamida topiladi. 
Cheklangan resurslar doirasida ishlab chiqarish imkoni cheklangan. Shunga bog’liq 
ravishda me’yoriy xarajatlar degan tushuncha bor. Me’yoriy xarajatlar MS qo’shimcha ishlab 
chiqarilgan mahsulot uchun sarflangan xarajatlardir. Uni quyidagicha hisoblanadi: 
MS=Tsn - Ts(n-1)) 
Xarajatlar unumdorlik o’sishiga qarab pasayadi. Biroq unumdorlikni o’stirishni imkoni 
tugab, o’z chegarasiga etgach, xarajatlarning o’sishi yuzaga keladi.(111 bob) 
Misolimizga qaytsak, 5 dona mahsulot uchun me’yoriy xarajatlar 349-320=29 ming 
so’mni tashkil etsa, 9- mahsulot uchun 73 ming so’m (553—480), 10- mahsulot uchun 103 ming 
so’m (656—553) ga etgan. Ko’rinib turibdiki, me’yoriy xarajatlar ortib boryapti, u o’z navbatida 
o’zgaruvchi va o’rtacha xarajatlarni ham ortishiga olib keladi. Xarajatlarimizni grafik tarzida 
ifodalaydigan bo’lsak, doimiy xarajatlarFC gorizontal shaklda, o’zgaruvchi xarajatlarVC 
mahsulot miqdorini ortishiga ko’ra o’sib boruvchi egri chiziq tarzida, me’yoriy 
xarajatlarimizMC esa avval pasayib boruvchi, mahsulotning ma’lum bir hajmidan o’sib boruvchi 
egri chiziq shaklida, o’rtacha xarajatlarimizAC esa botiq yoysimon shaklda tasvirlanadi.
Bu erda tadbirkor oldida mahsulot miqdorini qay darajaga etkazganda maksimal foyda 
olishni aniqlash turibdi. 
Iqtisodchilar bu masalani tadqiq etib shunday xulosaga kelishgan. Qo’shimcha jalb 
etilgan omil olib kelgan daromad, uni olish uchun qilingan xarajatdan oshib ketmasligi kerak. 
Boshqacha aytganimizda shu omillar keltirgan daromad ularning bozor narxiga teng bo’lishi 
kerak. Qo’shimcha jalb etilgan ishchilarni keltirgan daromadi ularga to’langan ish haqiga, 
qo’shimcha jalb etilgan kapital uni ishlatish evaziga olingan daromadning shu kapital xarajatiga, 
ya’ni sotib olish narxiga teng bo’lishi kerak. 
Bu fikrlarimizni hammasini quyidagi tenglikda ifodalash mumkin.
(qo’shimcha jalb etilgan (qo’shimcha jalb etilgan
mehnat evaziga yaratilgan mahsulot kapital evaziga yaratilgan mahsulot 
yoki olingan daromad ) yoki olingan daromad)
qo’shimcha jalb etilgan mehnat omili qo’shimcha jalb etilgan kapital 
narxi ya’ni ish haqi) xarajatlari, ya’ni sotib olish narxi
boshqacha aytganda: me’yoriy daromad = 1; yoki MR=MS=R; 
me’yoriy xarajat 
Bu tenglikda quyidagi qonuniyat ifodalanadi: maksimal darajada foyda olish uchun 
qo’shimcha qilingan xarajatlar, ya’ni me’yoriy xarajatlar evaziga olingan qo’shimcha ishlab 
chiqarilgan mahsulotdan olingan daromad, ya’ni me’yoriy daromad shu omilning bozor narxiga 
teng bo’lishi kerak. Demak, tadbirkor ko’proq mahsulot ishlab chiqarish uchun qo’shimcha er, 
mehnat, mashina, uskuna, xom ashyo va boshqalarni jalb qilar ekan, xarajatlarni ko’paytirish 
evaziga olgan qo’shimcha daromadi, shu omillarni sotib olishga qilgan xarajatiga teng bo’lishi 
kerak (XI bob). Mahsulot narxi 
73 ming so’m desak, iisolimizda foydamiznning hajmi 9 ta 
mahsulot ishlab chiqarganimizda eng ko’p bo’ladi. 
Bu qoidaga amal qilish ishlab chiqarishni samarali tashkil etilishini, ishlab chiqarish 
omillaridan foydalanishda isrofgarchiliklarga, yo’qotishlarga yo’l qo’yilmayotganini ko’rsatadi. 


Shunga bog’liq holda pozitiv iqtisodiy nazariyada mehnatni ekspluatatsiya qilish degan 
tushuncha yo’q, sababi mehnat bahosi uning evaziga yaratilgan me’yoriy mahsulotdan olingan 
daromadga teng. Ekspluatatsiya haqida mehnat bozorida ishga yollovchi ma’lum darajada 
monopol mavqega ega bo’lganda gapirish mumkin. 
Oxir-oqibat me’yoriy unumdorlik nazariyasi bilan bog’liq ikki holatning ahamiyatini 
alohida ta’kidlab o’tish kerak.(111 bob) Birinchidan, ishlab chiqarish omillari bir-birini o’rnini 
bosishi sharoitidagina qo’llaniladi. Agarda unday imkoniyat bo’lmasa, ishlab chiqarish 
omillarining birontasiga qo’shimcha qilingan xarajat hech qanday natija bermay, behudaga isrof 
bo’lishiga olib keladi. 
Amalda bir omilning o’rnini ikkinchisi bosa olmaydigan hollar kamdan-kam uchraydi. 
Ikkinchidan, bir omilni ikkinchisi bilan almashtirish printsipi, omillarni moslashgan holda 
o’zgartirish imkoni bo’lsa, bu printsip, eng avvalo aylanma kapital (xom ashyo, material 
kabilar)ga taalluqli, sababi ularni sotib olish muntazam ravishda ko’rib chiqiladi. Mehnatga bu 
printsipni ma’lum shart bilan qo’llash mumkin. Sababi tadbirkor jamoa shartnomasi bilan 
hisoblashishga majbur. Erga hamda asosiy kapitalga nisbatan ijaraning minimal muddatini 
hisobga olgan holdagina qo’llash mumkin. 
Firma yaratgan tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan pul uning pul tushumi (kirimi) 
bo’lib, ketgan xarajatlarni qoplaydi va foyda olish imkonini beradi. 
Belgilangan miqdorda, hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan 
resurslarning ma’lum bir qismini juda tez va oson o’zlashtirish, ikkinchi bir qismi uchun esa 
uzoq muddat talab etiladi. Shunga ko’ra xarajatlarni qisqa muddatli xarajatlar hamda uzoq 
muddatli davriy xarajatlarga bo’linadi. 
Uzoq muddatli davriy xarajatlar o’zgaruvchi quvvatga xos. 
Amal qilayotgan firma-korxonalar uchun mavjud resurslar ishlab chiqarish quvvatini ham 
o’zgartirish uchun etarli bo’ladi. Uzoq muddatli davriy xarajatlar ishlab chiqarish omillarini 
yangilash, o’zgartirish xarajatlarini o’z ichiga oladi. Bular firmaga bino qurish, yangi uskunalar 
olish, ishchi-xizmatchilarni o’qitish, malakasini oshirish va boshqa shunga o’xshash 
xarajatlardan iborat. 
Uzoq muddatli davrda xarajatlar doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga ajratilgan holda 
tahlil, asosan, o’rtacha umumiy xarajatlarga qaratiladi. Sababi uzoq muddatli davrda barcha 
resurslar, demak, barcha xarajatlar o’zgaruvchan bo’ladi. 
Uzoq muddatli davr o’z navbatida tarmoqlarda ma’lum bir firmalarning tashkil 
bo’lishiga, boshqa birlarining esa sinib, o’z faoliyatini to’xtashiga olib kelishini ham ko’rsatadi. 
Iqtisodiy faoliyat yuritayotgan firma, korxona uchun birinchi navbatdagi masala mavjud quvvati 
bo’yicha ishlab bankrot bo’lmaslik. 
Bunday qaraganda uning echimi oddiygina foydaga ishlash, hech bo’lmaganda zarar 
qilmaslik. Mabodo zarar ko’rilsa, uni qoplash chora-tadbirlarini tezda topish. Lekin erkin raqobat 
kurashi sharoitida foyda olib ishlash anchagina murakkab. 
Ma’lumki, xaridorni tovarning nafliligi qiziqtirsa, ishlab chiqaruvchini esa unga 
ketadigan sarf-xarajatlar qiziqtiradi. Xar ikkisining ham diqqat markazida esa ularning narxi 
turadi. 
Agar narx o’rtacha iqtisodiy xarajatlarnigina qoplasa, bunda iqtisodiy (sof) foyda 0 ga 
teng bo’ladi. U holda ishlab chiqarishni kengaytirib bo’lmaydi. Demak, davriy xarajatlar uchun 
mablag’ sarflash imkoni yo’q. 
Agar o’rtacha iqtisodiy xarajatlar narxdan past bo’lsa, firma iqtisodiy (sof) foyda oladi. 
Ishlab chiqarishni kengaytirish, ya’ni davriy xarajatlar uchun imkoniyat mavjud bo’ladi. 
Bordi-yu, narx o’rtacha iqtisodiy xarajatlarni qoplamasa firma zarar ko’radi, bankrot 
bo’lib tarqab ketishi mumkin. 
Shuning uchun har bir tadbirkor, menejer doimo xarajatlarni narxlarga nisbatan past 
bo’lishiga erishish yo’llarini qidiradi. 
O’rtacha iqtisodiy xarajatlarni pasaytirishga eng avvalo, qisqa muddatli tashqi 
xarajatlarni pasaytirish orqali erishiladi. 


Xozirgi paytda mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning asosiy qismini 
xom ashyo materiallari sarfi egallaydi. 100 dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan 
hamma sarf-xarajatlarni AQShda 60%, Yaponiyada 57%, Germaniya, Ang-liyada 54%, 
Frantsiyada 52%, Italiyada 49%, Rossiyada 50% dan ortig’ini xom ashyo tashkil etsa, qolganini 
mehnat, elektr energiya va yonilg’i, amortizatsiya tashkil etgan. Bizni respublikamizda ham 
xarajatlar tarkibi shu ko’rsatkichlardan unchalik katta farq qilmaydi. Lekin bir birlik mahsulot 
ishlab chiqarish uchun sarf-langan xom ashyo, mehnat va boshqalar sarfi rivojlangan 
mamlakatlarga qaraganda bir necha marta ko’p. 
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarni, 
eng avvalo xom ashyo xarajatlarini pasaytirish zarur. 
Xarajatlar korxonaga bog’liq bo’lmagan omillarga qarab ham o’zgaradi. Masalan, 
resurslar narxi, xizmatlar haqining o’zgarishi. Tashqi ta’sirni kesish uchun ham korxona, firmaga 
bog’liq omillar harakatga kelishi kerak. Bu omillarga birinchi navbatda isrofgarchilikni 
kamaytirish, resurslardan tejab-tergab foydalanish kiradi. Xar bir tadbirkor, menejer o’z 
bilganicha hamda boshqalarni tajribasidan kelib chiqib ularni yo’llarini qidiradi. Mahsulot ishlab 
chiqarish uchun ketadigan xom ashyo, materiallar va bosh-qa sarflarni matematik uslublardan 
foydalanib, minimal darajaga keltirish imkoniyatlari katta. 
Jahon bozoriga chiqish uchun yaxshi sifatli mahsulot ishlab chiqishning o’zi kamlik 
qiladi. Unga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling