Iqtisod moliya
* unumli kapital nazariyasi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya foydasi
- Iqtisodiy foyda
* unumli kapital nazariyasi, (foyda funktsiya qilayotgan kapitalni har qanday ishlab
chiqarishning sharti bo’lgan omili sifatidagi natijasi; * o’zini iste’moldan tiygani uchun (foyda kapitalistni o’z kapitalini shaxsiy iste’molga sarflamay ishlab chiqarish omillariga sarflab kutgani samarasi) mukofot; * foyda turli turdagi tadbirkorlik faoliyati evaziga mehnat daromadi; * monopoliyalar amal qilishi natijasi sifatida talqin qiladigan guruhlarga ajratish mumkin. Bu nazariyalarning umumiy tomoni foydaning manbai tadbirkorning iqtisodiy faoliyati natijasi deb tan olish. Foydani mohiyatini ko’rsatishdagi nazariy yondoshuvlar evolyutsiyasi shuni ko’rsatadiki, u murakkab va ko’p qirrali kategoriya. Foyda firma darajasida ishlab chiqarishning provard natijasi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida barcha qatnashchilarni o’zaro munosabatlari elementi. Firma foydasi bir qator funktsiyalarni bajaradi. Ulardan eng asosiy, eng muhimlari quyidagilar: 1. Iqtisodiy foyda olishni ko’zlash resurslarni eng samarali ishlatishga rag’batlantiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, inovatsiya kiritish, texnik jihatdan mukammallashtirishga undaydi. 2. Iqtisodiy foyda resurslarni muqobil ishlatish orqali samarali taqsimlanishini ta’minlaydi. 3. Ishlab chiqarishni kengaytirishni rag’batlantirib qolmay uni moliyalashtirish manbai bo’ladi. Firmada kapitalni optimal strukturasini ta’minlash, qabul qilingan dastur va strategiyani amalga oshirishni moliyalashtirishni ta’minlovchi mablag’lar fondini yaratishga xizmat qiladi. Tadbirkorlik bilan shug’ullanishning sababi va maqsadi bo’lgan foyda uning moddiy asosini tashkil etadi. Foyda evaziga firma ishlab chiqarishni kengaytiradi, sotsial ehtiyojlarni moliyalashtiradi. Foydaga yondashishga ko’ra uning quyidagi turlari farqlanadi: 1. Buxgalteriya foydasi - firma daromadining bir qismi bo’lib, umumiy tushumdan tashqi xarajatlarni ayirib tashlash, ya’ni chetdan olingan resurslarni ayirgandan qolgani. Bunday yondoshish faqat zimmadagi xarajatlarni oladi, yashirin xarajatlarni inkor qiladi. 2. Iqtisodiy foyda - firmaning umumiy daromadidan barcha xarajatlarni (tashqi va ichki, normal foydani ham qo’shib) ayirib topiladi. 3. Balans(yalpi) foyda – mahsulot realizatsiyadan tushum bilan moddiy xarajatlar, amortizatsiya, ish xaqi yig’indisining ayirmasi. Balans foydasini yalpi(umumiy) foyda deb ham yuritiladi, chunki aynan u taqsimlash manbai va korxona mablag’laridan foydalanish manbai bo’ladi. Olingan foyda avval taqsimlanib, so’ngra ishlatiladi. Foydaning qanday maqsadlarda ishlatilishini quyidagi chizma orqali ko’rish mumkin. Foydaning bir qismi soliq sifatida davlat byudjetiga o’tkaziladi, olingan kreditga foiz to’lanadi, nobyudjet va xayriya fondlariga o’tkaziladi. Uning yana bir qismi ishchilar o’rtasida ularning foydadagi ishtiroki sifatida va har xil mukofotlar shaklida taqsimlanadi. Nihoyat, foyda investitsiya, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun ketadi. Foydaning shaxsiy daromad sifatida korxona egalari va ishchilariga tekkan qismini ular o’z ixtiyori bilan ishlatadilar. Foydani tadqiqotchilar tomonidan normal, me’yoriy va maksimal foyda tariqasida ham ajratib ko’rsatiladi. Bunday yondashish tahlilning maqsadidan kelib chiqadi. Foydaning turli shakllari korxonaning ish faoliyatini tahlil qilish imkonini beradigan ko’rsatkichlar hisoblanadi. Tahlildan maqsadga ko’ra rentabellik, realizatsiya rentabelligi va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblab topiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling