Iqtisod moliya
§. Foyda normasi va massasi. Qisqa va
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
§. Foyda normasi va massasi. Qisqa va
uzoq muddatli davrda firmalar muvozanati. Firma uchun foydaning ikki jihati bor: birinchisi, foyda massasi, ya’ni uning umumiy miqdori, ikkinchisi foyda normasi, ya’ni uning nima evaziga olingani. Foy-dani maksimallashtirish uning ham normasini, ham massasini oshirishdir. Ammo firma uchun foyda normasi muhimroq, chunki bu firma faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Foyda normasi jami foydaning (normal foyda va iqtisodiy foyda) uni topish uchun qilingan umumiy xarajatlarga bo’lgan nisbatidir: Foyda Foyda normasi=-------------------------; R1 = R/Ts; Avanslangan kapital Bunda R1 — foyda normasi, R foyda miqdori, Ts — umumiy xarajat. Uni hisoblash uchun xarajatlardan normal foyda chiqarib olinadi va iqtisodiy foydaga qo’shiladi va qolgan xarajatlarga bo’linadi. Masalan, firma 105 ming so’m xarajat qilib, 10 ming so’m foyda ko’rgan. Xarajatlar tarkibiga 5 ming so’m normal foyda kirgan. U holda foyda normasini quyidagicha hisoblaymiz: Foyda normasi yuqori bo’lgani holda uning massasi kichik bo’lishi va, aksincha, u past bo’lgani holda, massasi katta bo’lishi ham mumkin. U katta kapital sarflab ishlab chiqarishga ko’p resurs-lar jalb etsa va tovarlarni ko’plab chiqarilsa, foyda normasi past bo’lsa-da, uning massasi ko’p bo’ladi. Masalan, bir firma 100 ming so’m sarflab mingta tovar chiqaradi va 15 ming so’m foyda oladi. Demak, foyda normasi 15% (15:100x100) bo’la turib, atigi 15 ming so’m foyda ko’rgan. Boshqa firma 1 mln so’m sarflab 100 ming tovar ishlab chiqardi va 120 ming foyda ko’radi. Ikkinchi firmada foyda normasi 12% ga teng. Ikkinchi firmada foyda normasi birinchi firmaga qaraganda kam, chunki 12%<15%, ammo massasi ko’p, chunki 120 ming >15 ming so’m. Foyda normasi firmaning joriy sarf-xarajatlari naqadar samarali natija berganligini ko’rsatadi. Bu norma qanchalik yuqori bo’lsa, firma ixtiyoridagi resurslar muqobil tarzda shunchalik yaxshi ishlatilgan bo’ladi. Foyda normasini oshirishga qaratilgan urinishlarga qaramay, uning pasayib borish tendentsiyasi amal qiladi. Iqtisodiy nazariyada foyda normasini pasayishi va uni sabablarini iqtisodchilar tomonidan turlicha tushuntiriladi. Unga alohida diqqat qaratgan K. Marks uning sababini quyidagicha izohlaydi. Texnika taraqqiyoti bilan kapitalning uzviy tuzilishi o’sadi, ya’ni mehnatning kapital bilan qurollanishi o’sadi, natijada foyda normasi pasayadi. Marksning foyda normasini pasayish tendentsiyasm xaqidagi nazariyasiga D. Rikardoning «asr stagnatsiyasi» tendentsiyasi nazariyasi asos bo’lgan. Rikardoning fikricha jamiyat evolyutsiyasi mehnatga bo’lgan talabning ko’payishiga, u o’z navbatida aholini o’sishiga olib keladi. Aholining o’sishi yomon er uchastkalaridan ham foydalanishni zarur qilib qo’yadi. Natijada qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish uchun xarajatlar ko’payadi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari bahosi oshadi (demak, nominal ish haqi ham). Er rentasi ham ko’payadi. Shuning uchun tadbirkor er egasi va yollanma ishchilarning daromaddagi hissasini(garchi, ularning real ish haqi oshmasa ham) ko’paytirishi kerak.Shunga muvofiq tadbirkorning daromaddagi ulushi ham kamayadi. Demak foyda normasining pasayish tendentsiyasi xo’jalik rivojlanishining natijasidir, degan xulosaga keladi Rikardo. Bu esa iqtisodiy o’sishning ob’ektiv chegaralarini belgilab beradi. Foyda normasining pasayib borishi investitsiyaga va ishlab chiqarishni kengaytirishga bo’lgan qiziqishni so’ndiradi. Natijada iqtisodiyot ertami-kechmi o’z rivojlanishini to’xtatadi. Bu stagnatsiya (turgunlik) tendentsiyasini eng zarur bo’lgan tovarlar qiymatini pasaytirish orqali erishish mumkin. Bunga texnik taraqqiyot(mahsulotda mehnat sigimini kamaytirish) va chet mamlakatlardan erkin don olib kelish yo’li bilan erishiladi. Lekin texnika taraqqiyoti ham jahon savdosi rivojlanishi ham taraqqiyotning umumiy mantig’ini buza olmaydi. Ammo hayotda Rikardo fikri ham Marks nazariyasi ham tasdiqlanmadi. Statistik ma’lumotlar, texnik taraqqiyot doimo kapitalni uzviy tuzilishni o’sishga olib kelmaydi. Undan tashqari foyda normasi tushishi bilan kapital yangi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltiriladi. FTT ishlab chiqarish nisbatan tez yangilanishga olib keladi, bo’sh pullarga talabni ko’paytiradi. Real hayotda foyda olishni pasayishi mumkinligini iqtisodiy nazariyaning neoklassik yo’nalishi vakillari qisqa va uzoq muddatli davr nuqtai nazaridan qarab tushuntirishadi. Qisqa muddatli davrda ma’lum me’yorgacha me’yoriy xarajatlar pasayib borsa, ma’lum chegaradan o’tgach me’yoriy xarpajatlarni ortib borishiga, natijada o’rtacha xarajatlarni ham avval pasayib so’ngra ortib ketishiga olib keladi. Agar qisqa muddatli davrda o’rtacha xarajatlarni grafik tarzda ifodalasak, u botiq yoysimon ko’rinishni oladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling