Iqtisod moliya


Me’yoriy unumdorlik, me’yoriy daromadni pasayib borishi albatta olinadigan


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Me’yoriy unumdorlik, me’yoriy daromadni pasayib borishi albatta olinadigan 
foydani ham pasayishiga olib keladi. 
Qisqa muddatli davrda o’rtacha xarajatlarni avval kamayib, so’ngra ko’payishi, uni 
grafikda tasvirlanganda botiq yoysimon shaklni olishiga sabab me’yoriy unumdorlikni pasayishi 
qonunining amal qilishi bo’lsa uzoq muddatli davrda vaziyat boshqacha bo’ladi. 
Uzoq muddatli davrda korxonaning o’z quvvatini oshirishi ma’lum bir chegaragacha 
o’rtacha xarajatlarni pasayishiga olib keladi, undan o’tgach esa ortib boradi. Uni iqtisodchilar 
ishlab chiqarish hajmining o’sishi bilan bog’liq, ishlab chiqarish ko’lami, quvvati, miqyosi 
(masshtabi) effektining ijobiy yoki salbiy xarakterga ega bo’lishi, ya’ni ishlab chiqarish 
hajmining o’sishiga ko’ra iqtisod qilish yoki yo’qotishlar bilan izohlashadi. 
Korxona kattalashib borgan sari qator omillar o’rtacha xarajatlarni pasayib borishiga olib 
keladi. Ular quyidagilar: 
1. Mehnatning ixtisoslashuvi. Korxonaning kengayishi mehnatni ixtisoslashuviga imkon 
yaratadi. Bu esa mehnat unumdorligini oshiradi. Boshqaruv xodimlarini ixtisoslashuvi: mehnat, 
moliya, marketing kabilar alohida bo’g’inlarga ajratilishi tufayli o’z ishini yaxshi bilgan 
mutaxassislar o’z mahoratini ishga solishi tufayli ishlab chiqarish samarasi ortadi. Kichik 
korxonalarda bunday imkoniyat yo’q. 
2. Kapitaldan unumli foydalanish. Kichik korxonalar ko’pincha yangi texnika, 
texnologiya, asbob-uskunalardan foydalanish imkoniga ega bo’lmaydi. Ular ko’pincha katta 
hajmda mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Masalan: mashinasozlik, avtomobilsozlik va 
hokazolar. 
3. Asosiy mahsulotdan tashqari yordamchi mahsulot ishlab chiqarish mumkinligi. 
Masalan: yirik go’sht kombinati asosiy mahsulotdan tashqari, yordamchi: kley, mineral o’g’it, 
suyak uni, dori-darmon va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishi mumkin. Ular asosiy mahsulot 
uchun chiqit bo’lgan xom ashyodan tayyorlanadi. 
4. Boshqa omillar. Ko’pchilik mahsulotlarni ishlab chiqarish loyihalash, konstruktorlik 
ishlari, sinash, sotish va boshqalar uchun ko’payishi bilan o’rtacha xarajatlarni pasayishiga olib 
keladi. Shuning imkoniyati katta sohalarda yirik korxonalar vujudga keladi. Lekin ma’lum 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling