Iqtisod moliya


o’rtacha minimal xarajatlardan past, lekin o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan yuqori


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

o’rtacha minimal xarajatlardan past, lekin o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan yuqori 
ekan, firma uchun qisqa muddatli davrda ishlab chiqarishni davom ettirgan afzal. Agar narx 
o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlarga teng bo’lsa, u xolda firma uchun baribir, ishlab 
C M
C
AC 
C
T

P
1

C
v

APC 
O Q
1



chiqarishni davom ettiradimi yoki to’xtaydimi. Lekin narx o’rtacha minimal o’zgaruvchi 
xarajatlardan pastga tushib ketsa ishlab chiqarishni to’xtatish kerak.
Individual firmalarning taklifini yig’indisi tarmoq taklifini hosil qiladi.Narx o’sar ekan, 
firmalar o’z ishlab chiqarishni kengaytiradi. Bu o’z navbatida taklifni ham o’sishga olib keladi. 
Bu hol yalpi taklif yalpi talabga mos kelguncha davom etadi.U ma’lum bir narx darajasida yuz 
beradi.Undan so’ng bu ma’lum bir qisqa muddat saqlanib turish tendentsiyasiga ega bo’ladi. 
Uzoq muddatli Uzoq muddatli davrda vaziyat boshqacha bo’ladi. Uzoq muddatli  
davrda firma davr nuqtai nazaridan, birinchidan, firmalar uchun barcha muvozanati. 
xarajatlar o’zgaruvchi; ikkinchidan, bozorda firmalarning soni
ham o’zgaradi. Uzsq mudatli davrda mahsulot hajmini o’zgarishiga qarab o’rtacha 
xarajatlar ham o’zgaradi. 
Dastlab firmalarning xarajatlari qanday o’zgarishini ko’raylik. Uzoq muddatli davrda 
firma ishlab chiqarishni kengaytirish yoki aksincha kamaytirish uchun faqat o’zgaruvchi 
xarajatlarni ko’paytirish yoki pasaytirish bilan cheklanmaydi. Sababi omillar o’rtasidagi optimal 
nisbat buzilib, samaradorlik pasayib ketishi mumkin. Foydani ko’paytirish uchun firma o’z 
quvvatini o’zgartiradi. Bunda doimiy xarajatlar o’zgaradi, firmaning o’rtacha xarajatlari ham 
o’zgaradi va u yangi egri chiziqda ifodalanadi. 
Yalpi o’rtacha xarajatlar egri chizig’i ishlab chiqarishning eski AS o’rtacha xarajatlari 
egri chizig’iga nisbatan qanday bo’ladi? Bu masshtab effektiga bog’liq. Firma ishlab chiqarish 
hajmini o’zgartirib, yangi qisqa muddatli davrga o’tadi. Grafikdan ko’rish mumkin har safar 
yangi qisqa muddatli davrda ijobiy effekt xarajatlarni pasayishiga, mahsulot ishlab chiqarishning 
ma’lum bir hajmidan so’ng salbiy effektga o’tilishi bilan xarajatlar o’sishiga olib keladi va LAS 
bo’ylab xarakatlanadi. 
Shuning uchun ishlab chiqarish jalb qilinayotgan resurslarga qarab firma o’z ishlab 
chiqarishini optimal hajmini belgilaydi va uzoq muddatli davrda o’rtacha xarajatlarni 
minimallashtirishga erishiladi.
Endi tarmoqda firmalar sonini o’zgarishi variantini ko’raylik. Avvalgi grafik Agar bozor 
bahosi o’rtacha xarajatlardan yuqori bo’lsa firma iqtisodiy foyda oladi. 
Bu holda tarmoqqa yangi firmalar kirib keladi. Firma uchun ahvol yomon bo’lsa, u 
tarmoqdan chiqib ketadi, taklif qisqaradi. Boshqa sharoit o’zgarmagani holda, narx o’sishni 
boshlaydi, bu xolat firma normal foyda olguncha davom etadi.
AC AC
1
AC
2
AC
3
AC
4
1AC 
O Q
1
Q
2
Q
3
Q
4



Oxir-oqibat narx minimal o’rtacha xarajatlarga teng bo’lgan holda tarmoqda faoliyat 
yuritayotgan firmalar soni o’zgarishi tendentsiyasi amal qilmaydi. Mazkur raqobatli tarmoq uzoq 
muddatli muvozanat holatida bo’ladi. Uni shartlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
MC = P = AC = LAC Bu holat yuqoridagi chizmada ko’rsatilgan. 
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: erkin raqobat kurashiga asoslangan bozorda 
uzoq muddatli davrda manna shu darajadagi ishlab chiqarish jarayonida cheklangan resurslardan 
samarali foydalanish nuqtai nazaridan ham, resurslarni turli tarmoqlar o’rtasida samarali 
taqsimlanishi nuqtai nazaridan ham iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
Bir tomondan, R = AS sharti narxni firmaning minimal o’rtacha xarajatlar 
darajasida,ya’ni ishlab chiqarishni eng kam resurslar sarflanadigan samarali texnologiyadan 
foydalangan shcharoitda muvozanatga erishadi. Undan tashqari AS = LAS firmaning qisqa 
muddatdagi o’rtacha xarajatlari uzoq muddatli minimal o’rtacha xarajatlariga teng bo’lsa optimal 
quvvatga(kattaligi) ega bo’lishiga erishilganini ko’rsatadi. 
Ikkinchi tomondan, R = MS shu mahsulotning narxi, me’yoriy naflilikni me’yoriy 
xarajatlarga tengligi, qo’shimcha mahsulot birligining muqobil qiymatini o’lchovi sifatida 
me’yoriy xarajatlar nazarda tutiladi. Shunday qilib bu shart cheklangan resurslar 
iste’molchilarning tanlovi asosida taqsimlanayotganini ko’rsatadi.
Uzoq muddatli davrda tarmoqlar tarkibiga kiruvchi firmalarning holatiga ko’ra tarmoqda 
o’rtacha xarajatlar kamayib borishi, o’zgarmasligi yoki ko’payib borishi mumkin. Muvofiq 
ravishda foyda ham: ko’payishi, o’zgarmasligi, kamayishi mumkin. 
Qaysi tarmoqda qisqa muddatli davrda foyda yuqori bo’lsa, uzoq muddatli davrda shu 
tarmoqqa yangi firmalar kirib keladi. Taklif ko’payadi, narx tushadi. Natijada iqtisodiy (sof) 
foyda olish tugaydi. 
Qaysi tarmoqda qisqa muddatli davrda firmalarning o’rtacha xarajatlari yuqori, baho past 
bo’lsa, uzoq muddatli davrda ko’p firmalar bu tarmoqni tark etadi. Taklif kamayadi. Narx 
ko’tariladi. Firmalar normal foyda olishni boshlaydi. 
Shunday qilib bozor iqtisodiyoti sharoitida olinayotgan normal foydaga ko’ra 
firmalarning uzoq va qisqa muddatli davrda muvozanatiga erishiladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling