Iqtisod moliya


Mehnat insonning (jismoniy va aqliy energiyasi) kuchi, energiya-sini sarflab


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Mehnat insonning (jismoniy va aqliy energiyasi) kuchi, energiya-sini sarflab
jamiyat tomonidan tan olingan natijaga erishishga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. 
 Demak, mehnat, birinchidan, kishining aqlini ishlatib, natijasini qanday bo’lishini ko’z 
o’ngiga keltirib, so’ngra qilinadigan harakat, faoliyat. Ikkinchidan, inson energiyasini sarflanishi. 
Inson mehnat qilish uchun qo’shimcha jismoniy va aqliy energiyasi, quvvatini sarflaydi. Bu 
hayotda organizmning fiziologik jarayon sarflagan energiyasidan farq qiladi. Uchinchidan, 
mehnat natijasi bilan xarakterlanadi. Mehnat faoliyati, albatta ma’lum bir natijaga ega. 
Bajarilgan mehnatni natijasini kim iste’mol qilishiga ko’ra uni ikkiga bo’lish mumkin: 
1) o’zi uchun mehnat; bunda yaratilgan mahsulotni o’zi iste’mol qiladi. Masalan, uy 
xo’jaligida bajarilgan mehnat; 
2) boshqalar uchun mehnat. Bunda mehnat mahsuli bozorga chiqariladi. 
Boshqalar uchun bajarilgan mehnat jamiyat tomonidan taqdirlanishi kerak. Faqat qanday 
mehnat tan olinib, taqdirlanish mezonini belgilash murakkab. Chunki, aynan bir natija jamiyat 
tomonidan zarur deb topilishi yoki aksincha bo’lishi mumkin. Buni hal etishda bozor muhim rol 


o’ynaydi. Bozor iqtisodiyotining eng buyuk kuchi shundaki, u insonning mehnat faoliyatini 
jamiyat talabiga qarab moslashtirishga, doimo aktivlashtirishga undaydi. 
Mehnat faolligini yuzaga chiqarish, mehnat qilishga undash uchun uni taqdirlash, ya’ni 
mehnat stimuli bo’lishi kerak. Insonni mehnat qilishga undaydigan kuch, ya’ni mehnat stimuli 
bu mehnat qilish bilan hayot kechirish uchun zarur bo’lgan noz-ne’matlarga ega bo’lishdir. 
Tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishi bilan bu maqsad pul topish uchun harakatga aylandi. 
Chunki tovar ishlab chiqarishda mehnat o’zi uchungina emas, o’zini o’ylagan holda boshqalar 
uchun mehnatga aylanadi. Boshqalar uchun qilingan mehnat mahsuli tovarni sotib, olgan pulini 
o’zini zarur ehtiyojlarini qondirish yo’lida sarflaydi. Xullas, inson yashash uchun doimo mehnat 
qilishi zarur. Mehnatga bo’lgan faollik darajasi esa ana shu mehnat natijasidan bahramand 
bo’lishiga bog’liq. 
Inson ongida har doim o’z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon ro’y berib 
turadi. O’z ishini natijasini baholanishidan, taqdirlanishidan ko’ngli to’lmasa faolligi susayadi, 
oxir-oqibat «hafsalasi pir» bo’lishi mumkin. Mehnatga jalb etish mehnatni rag’batlantirish orqali 
amalga oshiriladi. Mehnatni rag’batlantirish iqtisodiy va ma’naviy yo’l bilan olib boriladi. 
Iqtisodiy stimul ish haqi orqali, ma’naviy stimul esa el orasida obro’-e’tiborga ega bo’lish orqali 
yuzaga chiqadi. 
Mehnatning iqtisodiy stimuli etakchi o’rin tutadi, sababi insonlarning aksariyati, eng 
avvalo farovon yashashni xohlaydi. Iqtisodiy stimul bu mehnatning natijasida daromad olishdir. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling