Iqtisod moliya


-§. Ish haqi darajasi va unga ta’sir etuvchiomillar


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

2-§. Ish haqi darajasi va unga ta’sir etuvchiomillar 
 
Mehnat omili ishlab chiqarishning boshqa omillari kabi daromad keltiradi. Bu daromad 
ish haqi deb ataladi va mehnat omilining yalpi ichki mahsulotdagi hissasini ifodalaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi oddiy — tushunarli narsaga o’xshaydi. Shartnoma 
bo’yicha ishga yollanuvchi ishlaydi. Ishga yollovchi uning mehnatiga kelishilgan miqdorda haq 
to’laydi. Asosiy muammo ana shu to’lanadigan haq miqdori qancha bo’lishi kerakligida. Mehnat 
haqi miqdori nimaga bog’liq degan savolga javob berish qiyin. Klassik siyosiy iqtisod yo’nalishi 
namoyandalaridan J. B. Sey bu savolga javob berish uchun malakasiz (XX asr boshlarida asosan 
shunday ishchilar ustun darajada bo’lgan) ishchilarning mehnat haqini ob’ektiv mezonlarini 
belgilashga harakat qilgan. Eng oddiy jismoniy mehnatga to’lanadigan ish haqining o’lchovi 
bo’lib, bu o’lchov ishchiga yashash uchun nima zarur bo’lsa, shu xarajatlar, yana oilasini 
boqishi, bolalarini bilim olishi uchun xarajatlarni ham qoplashi kerak. 
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi ish haqiga mehnat bahosi sifatida qaraydi. Ana shu 
mehnat bahosini shakllanishiga turli omillar ta’sir qiladi. Bu omillarni ish haqining 
shakllanishiga qay yo’sinda ta’sir qilishiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: 
1. Ish kuchini takror ishlab chiqarishning sotsial omillari. 
2. Bozor omillari. 
Birinchi guruh omillariga, eng avvalo ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur 
bo’lgan ne’matlarning narxi ta’sir qiladi. 
Ma’lumki, ishchining ishlashdan maqsadi hayot kechirish uchun zarur bo’lgan 
ne’matlarni sotib olish. 
Ishchi o’z kuchini takror ishlab chiqarishi uchun ana shu ne’matlarni iste’mol qilishi 
kerak. Undan tashqari, insonning hayoti cheklangan, yashashning oliy maqsadlaridan biri o’z 
o’rnini bosuvchi zurriyot qoldirish. Demak, u faqat o’zining yashashi emas, farzandlarining 
kamol topishini ham ta’minlashi kerak. 
Ko’rinib turibdiki, ish haqining eng kam darajasi ishchi kuchini takror ishlab chiqarish 
uchun zarur bo’lgan ne’matlarning eng kam miqdoriga teng bo’lishi kerak. 
Kapitalizmning dastlabki bosqichida ishchi kuchi oldi-sotdisi mikromiqyos darajasida 
ishchi va ishga yollovchilar o’rtasida amalga oshirilib, davlat aralashuvisiz yuz bergan. 
Ishchilarning ish haqini belgilash, ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash 
uchun kurashlari, oxir-oqibat ishchi va ishga yollovchilar o’rtasida mehnat shartnomalarida 
davlat aralashuviga olib keldi. Bu jarayonning boshlanishi XIX asr oxirlarida tarixda «temir 
kantsler» deb nom qoldirgan Germaniya kantsleri Otto Bismark nomi bilan bog’liq. 
XX asrning 3050- yillaridan boshlab o’arbiy Evropadagi va boshqa taraqqiy etgan 
mamlakatlarda davlat qonuniy ravishda eng kam ish haqini belgilaydigan bo’ldi. 
AQShda 1938 yilda birinchi marta qonuniy ravishda ish ha-qining eng kam chegarasi 
soatiga 25 tsent qilib belgilandi. 1993 yili ish haqining eng kam darajasi 7,5 dollar miqdorida 40 
soatli ish haftasi belgilandi. Bu oyiga 1200 dollarni tashkil etadi. 
Jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida oddiy malakasiz mehnat asosiy o’rin 
egallagan bo’lsa, jamiyat taraqqiyoti bilan mehnat murakkablashib boradi. Borgan sari malakali 
mehnat, ish kuchiga ehtiyoj ortadi, ayniqsa FTR bu jarayonni tezlashtiradi. Ishchi kuchiga katta 
talablar qo’yadi. 
Demak, ish haqida ishchini bilim olishi, malaka egallashi zarurligini ham inobatga olish 
talab etiladi. 
Ish kuchini takror ishlab chiqarishga mamlakatning iqtisodiy-sotsial darajasi ham katta 
ta’sir ko’rsatadi. Turli mamlakatlarning iqtisodiy-sotsial rivojlanish darajasi turlicha. Ish 
haqidagi bu farqlar oxir-oqibat ish kuchi mehnatining samaradorligi, ijtimoiy hayot 
kechirishning erishilgan darajasi va boshqalarga bog’liq. Ish haqining o’rtacha darajasi bo’yicha 
AQSh uzoq yillar dunyoda «etakchi» bo’lgan. Yangi texnika-texnologiyaning kirib kelishi, 
iqtisodiy rivojlanishning o’sish sur’atlari ko’pgina mamlakatlarda ish haqini tenglashish 
tendentsiyasini kuchaytirdi. 50—80- yillarda o’arbda real ish haqi darajasi ancha o’sdi. Buyuk 


Britaniya, Frantsiya, GFR, Italiyada ikki-uch marta, Yaponiyada to’rt marta o’sib, AQSh 
darajasiga yaqinlashdi. Yaponiya o’zib ketdi. 
Respublikamizda ham ish haqini o’sib, kelajakda jahondagi etakchi mamlakatlar 
darajasiga etishi uchun harakat qilinmoqda. 
Shuning uchun ham Prezidentimiz «..mamlakatimizda vujudga kelayotgan 
makroiqtisodiy vaziyatga hamda iqtisodiyotning amalda yuksalishiga asoslanib, biz, eng avvalo, 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling