Iqtisod moliya
darajada narxdan foydalanmay (narxsiz) olib boriladi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oligopoliya sharoitida narx o’zini ma’lum darajada stabilligi bilan
darajada narxdan foydalanmay (narxsiz) olib boriladi.
Ma’lumki, bu usuldagi raqobat kurashi qo’shimcha xaridorlarni tovar sifatini oshirish, reklama, sotishdan keyin ko’rsatiladigan xizmatlar va boshqalar evaziga jalb qiladi. Xar bir oligopoliya narxni tushirishi yoki ko’tarishi boshqalarni ham xuddi shunday qilishga undashini hisobga oladi. Yoki bo’lmasa raqiblari narxni ko’tarmasliklari mumkin. U holda narx-ni ko’targan firma mahsulotiga talab qisqaradi. Bu qisqarish narx-ni ko’targanga qaraganda ko’proq bo’ladi. Shuning uchun oligopolistlarga narx vositasida raqobat kurashi olib borgandan narxdan foydalanmay raqobat qilish afzalroq bo’lib qoladi. Xar bir firma «narx urushi» natijasida yuz berishi mumkin bo’lgan katta yo’qotishlardan o’zini muhofaza qiladi. Oligopolistlar raqiblar, lekin go’yo bir qayiqda suzayotgan «kishilar»ga o’xshashadi. Ular haddan tashqari yirik bo’lgani uchun birontasining nojo’ya harakati qayiqni ag’darib yuborishi mumkin, ya’ni ko’proq daromad olaman deb qilgan harakati, aksincha faqat o’zi uchun emas, boshqalar uchun ham zarar bilan yakunlanishi mumkin. Chunki, u belgilaydigan narx va ishlab chiqarish miqdori boshqa oligopolistlar qo’ygan narx va ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq. Shuning uchun u o’zicha narx ko’tara yoki tushira olmaydi. Boshqalar bilan bir bitimga kelishi uchun antimonopol qonun yo’l qo’ymaydi. Yashirin kelishi ham xatarli. Chunki, raqibi kelishilgani bo’yicha faoliyat yuritishiga tuzilgan ittifoqqa ishonmaydi. Qanday yo’l tutish, nima qilish kerak? Ana shu vaziyat iqtisodiy nazariyada «hibsga olinganlar dilemmasi»1 deb ataluvchi «nazariy o’yin» yordamida tahlil qilinadi. Aytaylik, ikki hibsga olingan shaxs jinoyat qilishda aybla- nayapti. Bu jinoyatni ulardan biri bo’yniga olib, aybni sherigiga yuklasa, uni 3 oy, sherigini 10 yil qamoq jazosiga hukm qilish mumkin. Agar har ikkisi bo’yniga olsa, 5 yildan jazo oladi. Agarda har ikkalasi ham bo’yniga olmasa, ular qo’yib yuboriladi. Ularni kelishish uchun iloji yo’q, chunki turli kameralarda saqlanadi. Xar biri qanday qarorga kelishi noma’lum. Albatta, har ikkisi ham ozodlikka chiqishni xohlaydi. Buning uchun nima qilish kerak, aybni bo’yniga olish kerakmi yoki yo’q. Xamma gap ana shunda. Bunda agarda sherigi aybni bo’yniga olsa eng ma’quli ikkinchisi ham aybni bo’yniga olishi kerak. Unda har ikkisi 5 yildan o’tiradi. Iqtisodiyotda shunday vaziyat uchun teng kuchli ikki xil echim mavjud. Birinchisi Pareto echimi bo’yicha qaror qabul qilish (har ikkisini ham qo’yib yuboriladi). Xar ikkisi uchun ham eng ma’qul qarorga kelinadi. Bu bozor qatnashchilarining birontasi boshqalariga zarar etkazmay ahvolini yaxshilay olmaydigan vaziyatga xos. Ikkinchisi Nesh echimi bo’yicha qaror qabul qilish (har ikkisi ham bo’yniga oladi). U raqiblardan hech qaysisini o’zicha qarorini o’zgartirishi bilan yutug’ini ko’paytira olmaydigan vaziyatga xos. Shunday qilib, har bir oligopolist o’z strategiyasini raqibini qanday chora qo’llashi mumkinligini hisobga olib ishlab chiqadi va ana shu ikki vaziyatdan kelib chiqib qaror qabul qilishadi. Shuning uchun Oligopoliya sharoitida narx o’zini ma’lum darajada stabilligi bilan Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling