Iqtisod moliya
-§. Narxlar shakllanishining xarajatlar mexanizmi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
3-§. Narxlar shakllanishining xarajatlar mexanizmi
Narx mexanizmi o’z ichiga narxlar va narxlarni tashkil topishini oladi. Narx uni tashkil etuvchi, uning miqdorini belgilovchi omillarga bog’liq. Narx tovar va xizmatlarga to’lanadigan pul birligi miqdorini ifodalasa,narxni tashkil etish esa shu pul miqdorini aniqlashning, belgilashning qoidalari, usulini ifodalaydi. Narxni tashkil etish mexanizmi bir tomondan, narx va narxni tashkil topishi omillari o’rtasidagi aloqa,ikkinchi tomondan narxni tashkil topish usuli, uni vujudga kelish texnologiyasi, amal qilishi va vaqt mobaynida o’zgarishini ifodalaydi. Narxni tashkil topishida ikki usul mavjud: 1. Xarajatlar mexanizmi. 2. Bozor mexanizmi. Xarajatlar mexanizmi asosida narx bevosita tashkil topadi. U ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bog’liq. Bunda asosan o’rtacha xarajatlar olinadi. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida mehnat xarajatlari boshqa xarajatlarga nisbatan ko’p. Odatda, mehnat xarajatlari sarflangan vaqt hamda soatbay ish haqi miqdoridan kelib chiqib, boshqa xarajatlarga qo’shiladi. Shuning uchun mehnat xarajatlari ikki omil — mehnat unumdorligi va ish haqi darajasiga bog’liq. Tovar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi narx orqali o’z xarajatlarini qoplabgina qolmay, ma’lum miqdorda foyda, daromad ham olishi kerak. U holda narxni tashkil topishi formulasini quyidagicha ifodalasa bo’ladi: R 1 = AS + Pf. Bu erda AS — tovar birligi uchun qilingan o’rtacha ishlab chiqarish va muomala xarajatlari; Pf — ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish va sotishdan olingan foyda. Foydani nazariy jihatdan turlicha talqin etilishi, qonuniyligi haqidagi fikrlarni bir chetga yig’ishtirib, xarajatlar ustiga qo’shilgan qo’shimcha haq tarzida qarasak, u xaridor uchun o’ziga xos soliq. Uni davlat emas, balki sotuvchi qo’yadi. Foyda olish imkoniyati ishlab chiqaruvchini u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish va sotish uchun o’z mablag’ini qo’yishga undaydi. Narx tashkil topishining xarajatlar mexanizmi tom ma’nosi bilan markazlashgan rejali boshqarish asosida belgilab qo’yiladigan narxlarga to’g’ri keladi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham xarajatlar mexanizmi elementlaridan foydalaniladi. Narxlarga ustama ko’pincha aktsizlar yoki boshqa soliqlar solishdan soliq tarzida qo’shiladi. Narxlardan chegirma esa, bu davlat dotatsiyalari bo’lib, u tovarni xarajatlaridan past narxda sotish imkonini beradi. Agarda davlat u yoki bu turdagi tovarni sotish va iste’mol qilinishini kengaytirishdan manfaatdor bo’lmasa, hamda shu tovar va xizmatlar ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lmasa, ya’ni kundalik ehtiyoj uchun zarur bo’lmasa, u holda qo’shimcha aktsiz va boshqa egri soliqlar kiritib davlat byudjeti foydasiga daromadlar ko’payishiga erishadi. Masalan, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar, taqinchoqlar va hokazo. Agarda kundalik ehtiyoj uchun zarur mollarning narxlari iste’molchilarning keng qatlami uchun qimmatli qilsa, unda davlat idoralari skidka joriy etadi. Bu skidka davlat yoki mahalliy byudjetlardan pul dotatsiyalari bilan qoplanadi. Bunda tovar iste’molchiga skidka miqdoricha xarajatlar mexanizmi asosida belgilangan narxdan arzon sotiladi, lekin ishlab chiqaruvchilar zarar ko’rishmaydi, chunki u byudjetdan qoplanadi. Shunday qilib, markazlashgan rejali iqtisodiyotda bozor muvozanatiga erishishning o’ziga xos yo’lidan foydalanilgan. Iqtisodiyotda xarajatlar mexanizmi, eng avvalo taklif narxiga ta’sir ko’rsatadi. Sotuvchi ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini qoplash hamda ma’lum miqdorda foyda olishni ko’zlaydi. Bozor qonunlari amal qilgan holatda esa ular faqat o’z xarajatlarini qoplash emas, xaridorning narxga munosabatiga qarashga majbur. Bunda sotuvchilar goh o’rtacha xarajatlardan past (likvidatsion narx) narxda yoki xarajatlariga teng (zarar keltirmaydigan darajada) narxda sotishga majbur bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling