Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
2-§. Narx turlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-birini taqozo etuvchi, har xil maqsadlarda qo’llanuvchi, turli vazifalarni bajaruvchi narxlar majmui amal qiladi. Narxlarga qaysi nuqtai nazardan yondashishga hamda iqtisodiyotda qanday amal qilishiga qarab, ularni turli guruhlarga ajratish mumkin. 1. Sotish usuli, operatsiyasi, miqyosi, sohasi jihatidan narxlar ulgurji, chakana, xarid narxlari, xizmat ko’rsatish tariflaridan iborat. Mahsulotlarni ko’tarasiga, ya’ni katta miqdorda sotish narxlari ulgurji narxlar deyiladi. Firmalar, korxonalar, maxsus do’konlar, tovar birjalari tomonidan ulgurji narxlar bo’yicha sotiladi. Odatda, ulgurji narxlarda ishlab chiqaruvchilar bir-birlariga yoki vositachilarga mahsulotlarini sotadilar. Ulgurji narxlar ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga, fan va texnika taraqqiyotining rivojlanishiga ta’sir qiladi. Ulgurji narxlar ko’pincha shart-noma— kontrakt narxlari tarzida qo’llaniladi. Bu narxlar ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini qoplash va ma’lum miqdorda foyda olishini ta’minlashi kerak. Ulgurji narx odatda chakana narxning 60—80% ini tashkil etadi. Tovarning iste’molchiga chakana savdo tarmoqlari orqali donalab yoki kichik miqdorlarda sotilganda qo’yiladigan narx chakana narx deyiladi. Chakana narxlarda asosan iste’mol tovarlari aholiga, nisbatan kamroq — firma, tashkilot, tadbirkorlarga sotiladi. Chakana savdo orqali, chakana narxlarda tovarlar pirovard iste’molchiga sotiladi. Chakana narxlarning ulgurji narxlarga qaraganda savdo ustamasi miqdori ko’p. Savdo ustamasi chakana savdo xarajatlarini qoplash va foyda olish imkoniyatini beradi. Respublikamizda savdo ustamasi ulgurji narxga nisbatan 20% miqdorida belgilangan. Chakana narx talab va taklifga qarab o’zgarib turadi. Xarid narxlari — bu davlat tomonidan korxona, tashkilot, aholidan sotib olinadigan mahsulotlarga belgilanadi. Xarid narx-lari bo’yicha amaliyotimizda davlat korxonalardan qishloq xo’jalik mahsulotlari chunonchi bug’doy, paxta, pilla sotib oladi. Bu narxlar xarajatlarni qoplash bilan birgalikda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur jamg’arishni ta’minlashni ham ko’zda tutadi. Bu narxlarning alohida xususiyati shundaki, ma’lum hollarda xarid narxlariga ustamalar, imtiyozlar ko’zda tutiladi. O’ziga xos narx turlaridan biri tariflardir. Tariflar xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llaniladi. Xizmat ko’rsatish jarayonida yangi mahsulot yaratilmaydi, balki mavjud mahsulotning sifati o’zgartiriladi. Ko’pincha, xizmat jarayoni uni iste’mol qilish bilan birga boshlanadi. Xizmat ko’rsatishni iqtisodiy faoliyat turi sifatida o’ziga xos xususiyatga ega ekanligi ularga narx belgilashda ham namoyon bo’ladi. Uni tarif deb yuritiladi. Xizmatlarga tarif belgilaganda faqatgina ish hajmi emas, balki vaqti, sifati ham muhim rol o’ynaydi. Tariflarning tipik shakli sifatida misol qilib maishiy xizmatlar — telefon, kommunal xizmat tariflarini ko’rsatish mumkin. 2. Tartibga solish darajasi va uslubiga ko’ra narxlar qat’iy belgilangan, tartibga solinadigan, shartnoma va erkin narxlarga bo’linadi. Qat’iy narxlar davlat tashkilotlari tomonidan belgilanadi va uning darajasi rasmiy hujjatlarda aks ettiriladi. Bu turdagi narxlar asosan davlat iqtisodiyotida monopol mav- qega ega bo’lgan mamlakatlarda mavjud. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan qat’iy belgilangan narxlardan erkin bozor narxiga o’tib boriladi. Bu jarayonni liberallashtirish yoki erkin narxlarga o’tish deb yuritiladi. Tartibga solinadigan narxlar — bu davlat idoralari tomonidan tartibga solinadigan narxlardir. Davlat soliq imtiyozlari berib, narxni tushirishni rag’batlantirishi mumkin. Yoki ayrim tovarlarga narx miqdorini cheklashi mumkin. Bu albatta narxlarning o’sib ketishining oldini oladi. Lekin, uning qator kamchiliklari bor. Narxni yuqori chegarasini davlat tomonidan belgilab qo’yilishi ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Sababi narx ketgan xarajatlarni qoplab ishlab chiqarishni kengaytirish imkoni darajasida foyda olish imkonini bermaydi. Natijada tovar taqchilligi vujudga keladi. Bu o’z navbatida qat’iy belgilangan narxlar kabi, nolegal — chayqov bozorini vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solinadigan narxlar davlat tomonidan mamlakatdagi shart-sharoitga ko’ra tatbiq etiladi. Bunda davlat narxning yuqori chegarasini belgilab qo’yadi. Aytaylik, rentabellik darajasi, foyda normasi 50% dan oshmasligi kerakligi ko’rsatilgan bo’lsa, demak mahsulotga sarflangan xarajatlar 800 so’m bo’lsa, uning narxi 1200 so’mdan oshmasligi kerak. Odatda, ko’pincha bunday narxlar jamiyat hayotida muhim o’rin tutadigan tovar va xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Xozirgi payt-da juda ko’p mamlakatlarda ana shunday tovarlar 15—20% ni tashkil etadi. Shartnoma narxlari — oldi-sotdi qilish yuzasidan shartnoma asosida kelishilgan narx bo’lib, u shartnoma hujjatlarida rasmiylashtiriladi. Xozirgi paytda shartnomalarda alohida bo’lim narx masalasiga bag’ishlanadi. Unda ko’pincha narxning absolyut miqdori emas, balki narxning diapazoni (dan boshlab gacha, chegarasi) yoki bu narxlarni davlat, bozor, jahon narxlari bilan aloqasi ko’rsatiladi. Shuningdek, shartnomada ko’rsatilgan narxlarni o’zgartirish mumkin bo’lgan holatlar, aytaylik inflyatsiya, yangi qonunlarni qa-bul qilish kabilar izohlanadi. Erkin narxlar. Nomining o’zi ko’rsatib turibdiki, bu narxlar bozordagi talab va taklif asosida belgilanadi. U bozordagi muvozanat narxi bo’ladi. Bu baholar xalq iste’mol mollarining barcha turlari yoki aholiga ko’rsatiladigan xizmat tariflarida namoyon bo’ladi. Savdo tashkilotlarining turli do’konlarida, dehqon bozorida, iste’mol bozorida yo boshqa turdagi bozorlarda har kuni biz chakana narxlarni ko’ramiz. Yuqoridagi sanab o’tilgan narxlar turli me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topadi. Ulgurji va chakana narx preyskurantlari, narx kataloglari, smeta-normalar, narx kitoblari kabi hujjatlar shular jumlasidandir. Aholiga hujjatlar yoki birja e’lonlari orqali ma’lum qilinadigan baholar — nominal narxlar deb ataladi. Bunday hujjatlar narxlar haqida axborot bankini tuzib narx siyosatini yuritishda zamonaviy kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo tashkilotlari o’rtasida oldindan kelishib olingan va belgilangan baho kelishilgan narx deyiladi.Bu narxlar davlat belgilagan qat’iy narx-dan ham, erkin bozor narxlaridan ham farq qilishi mumkin, ammo faqat kelishilgan muddat davomida amal qilishi bilan boshqa narxlardan ajralib turadi. Bunday narxlarni qo’llashda tegishli nazorat joriy etilishi kerak.Chunki monopoliya tovarlar taqchilligidan foydalanib, kelishilgan holda narxni sun’iy oshirib, xalq hisobidan foyda ko’rishi yoki chayqovchilik vositasiga ayla-nishi mumkin. Tovarlarni ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan uni iste’mol etuvchi (xaridor) o’rtasida bitimga binoan har ikki tomonni roziligiga qarab belgilangan narxlar shartnoma narxlari deyiladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan narxlardan tashqari turli jihatlariga ko’ra guruhlarga ajratilgan narx turlari xilma-xil. Iqtisodiy tahlil qilish statistikada iqtisodiy taraqqiyot darajasi, erishilgan natijalarni taqqoslash uchun o’zgarmas yoki qiyosiy narxlardan foydalaniladi.Chunki real hayotda narxlarga inflyatsiya ta’sir etadi.Buni hisobga olinmasa noto’g’ri xulosa chiqarish mumkin. Yangi turdagi tovar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilayotganda, yangi o’zlashtiriladigan tovar, xizmat, material, yarim fabrikatlar, energiya, ishlab chiqarish uchun ob’ektlar qurishda loyiha baholari qo’llaniladi. Yangi tovar xizmatlari sifatini aniqlash uchun qo’llaniladigan baholar bazis narxlari bo’ladi. U namunaviy narx sifatida xizmat qiladi. Xalqaro savdoda ham bazis narxlar ishlatiladi. Agarda tovarning sifati kelishilgandan farq qilsa, bazis narx boshlang’ich narx sifatida xizmat qiladi. Monopoliyalar tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish bahosidan baland yoki past qilib belgilangan narx — monopoliya narxi deb ataladi.Odatda, monopoliyalar sotadigan tovarlarning narxini yuqori, boshqa firmalardan oladigan mahsulotlar narxini esa past qilib belgilashadi. Maksimal va minimal chegaralari belgilangan baholar limit narxlari deb ataladi. Bu narxlardan yangi tovarni bozorda qaysi narxda o’tishini sinab ko’rish va yangiliklarni rag’batlantirish uchun foydalaniladi. Erning, suvning, har xil er osti qazilmalaridan olinadigan xom ashyolarning va hayvonot dunyosining o’z narxlari bor. Qonun bilan taqiqlangan faoliyat uchun yashirin narxlar mavjud. Jahon bozorida tovar va xizmatlar jahon narxlari asosida oldi-sotdi qilinadi.Bozorlarni egallash maqsadida demping narx-lari belgilanishi mumkin.Bu narxlar bozordagi mavjud narxlardan past darajada belgilanadi.Uni xususiy firmalar qo’llashi yoki davlatning o’zi belgilashi mumkin. Umuman, narxlar xilma-xil bo’lib, u iqtisodiy tizimda o’ziga xos mustaqil yo’nalishni tashkil etadi. Narxlar olamini yaxshi bilish, tushunish bozor iqtisodiyoti sharoitida nihoyatda katta aha-miyatga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling