Iqtisod moliya
O’lchov, hisob-kitob qilish
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Iqtisodiyotni tartibga solish.
1. O’lchov, hisob-kitob qilish. Narx vositasida tovarning naf-liligini taqqoslash
imkoniyatiga ega bo’lamiz. Narxlar orqali qilingan sarflar va olingan natijani, ishlab chiqarish va iste’mol hajmini o’lchash mumkin bo’ladi. Ma’lumki, hamma narsa ham moddiy o’lchamli bo’lavermaydi. Masalan, sozanda ijro etgan musiqa, xonanda ijro etgan qo’shiq, shifokor, o’qituvchi mehnati va boshqa shunga o’xshash ishlarning moddiy o’lchami yo’q. Ularni faqat xizmatning narxiga qarab pulda o’lchash mumkin. Qolaversa moddiy o’lchamga ega bo’lgan taqdirda ham hamma mahsulotlarni faqat narx orqaligina umumiy ko’rsatkichda ifodalash mumkin. Chunki moddiy o’lchamlar turlicha hisoblanib, ularni bir butun qilib qo’shib bo’lmaydi. Masalan, gaz ishlab chiqarish kubometrda ifodalansa, neft tonnada, gazlama metrda o’lchanadi va hokazo. YaIM miqdori bozor narxi asosida hisoblanib, avvalgi yillar bilan taqqoslanadi. Umuman olganda, har bir oiladan, firmadan boshlab to butun mamlakat miqyosigacha narxlar yordamida faoliyat natijalari o’lchanadi, tahlil qilinadi, rejalashtiriladi hamda kelgusidagi o’zgarishlar taxmin qilinadi, istiqbol belgilanadi. 2. Iqtisodiyotni tartibga solish. Bozor narxi va uning o’zgarib turishi orqali qanday tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish zarurligi aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchini bir-biri bilan bog’laydi. Ana shu bog’lanish narx-navo orqali yuz beradi. Narxdagi o’zgarish bozor holatini belgilaydi. U talab va taklif nisbatidan kelib chiqadi. Qanday turdagi tovarga talab yuqori bo’lsa, narxi baland bo’ladi, aksincha bo’lsa narxi past bo’ladi. Natijada talabning ko’pligi ishlab chiqarishning hajmini ko’paytirish, aksincha taklifning ko’pligi ishlab chiqarish hajmini qisqartirish zarurligini ko’rsatadi. Bu erda narx ishlab chiqaruvchi faoliyatiga o’z-o’zidan emas, balki uning oladigan daromadi orqali ta’sir qiladi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan holda narx yuqori bo’lsa, foyda ko’p bo’ladi, narx pasaysa foyda kamayadi. Agarda narx qilgan xarajatlarni qoplamasa zarar ko’riladi. Foyda olgan korxona rivoj topadi, kengayadi, zarar ko’rgani bankrot bo’lib yopilib ketadi. Bunda talab katta bo’lgan tovarlar ishlab chiqarish uchun qo’shimcha resurslar jalb qilinadi, zarar keltirgan tovarlar ishlab chiqarish to’xtatiladi. Shunday qilib, resurslar foyda keltiradigan soha, tarmoqlariga oqib o’tadi. Natijada zarur tovarlar taklifi ko’payadi, narxlar tushadi. O’z navbatida resurslar endi narxi yuqori tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasiga ko’chadi. Shunday qilib, narxlarning tebranib turishi re-surslarni kerakli sohalarga oqib o’tishini ta’minlaydi. Narx firmalarni kerakli mahsulot ishlab chiqarishga majbur qiladi. Narx ana shu yo’sinda iqtisodiyotni tartibga soladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling