Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Testlar 1. «Mukammal raqobatdosh firma» tushunchasi bu firma: a) o’z raqiblari bilan raqobatning faqat qonuniy metodlarini qo’llashni; b) bozor bahosi shakllanishiga ta’sir o’tkazmasligini; v) bozorni egallash uchun har qanday metodlarni qo’llashni; g) raqobatda o’zi uchun ko’zlagan bahosini o’rnatishga erishishni; d) o’z raqiblari bilan halol raqobat kurashi olib borishini anglatadi. 2. Agar firma mukammal raqobatli bozorda faoliyat yuritar ekan, o’z mahsulotini taklifini qisqartirsa, u holda: a) mahsulotni bozor bahosini pasayishiga olib keladi; b) taklifni kamaytiradi, mahsulot narxini ko’taradi; v) mahsulotning bozor bahosini o’sishiga olib keladi; g) bozorga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi; d) taklifni ko’paytiradi, mahsulot narxini pasaytiradi. 3. Quyidagi bozorlardan qaysi birlarini mukammal raqobatga asoslangan bozorga kiritish mumkin? a) avtomobil, velosiped bozori; b) muzlatkich, televizor bozori; v) dehkon bozori, qimmatli qog’ozlar bozori; g) axborot, intellektual mulk bozori; d) ko’chmas mulk bozori. 4. Tabiiy monopoliyaga ... misol bo’la oladi. a) OPEK – xalqaro neft karteli; b) Fallabank; v) «Sharq» matbaa ishlab chiqarish kontserni; g) IBM kompaniyasi; d) Toshkent metropoliteni. 5. Aytaylik monopolist 10 birlik tovarini 10000 so’mdan sota oladi. 11- tovarni sotish esa uni bahosini 9950 so’mga tushishga olib keladi. Bunda me’yoriy daromad sotish hajmini 10dan 11gacha o’sishi evaziga a) 10000; b) 9950; v) 9450; g) 9400; d) 10995 teng bo’ladi. 6. O’zbekiston iqtisodiyotida ko’pchilik bozor: a) mukammal raqobatga asoslanadi; b) tartibga solib bo’lmaydigan monopoliya; v) tartibga solinadigan monopoliya; g) muayyan raqobatga va monopolistik bozorga xos elementlarga xos; d) tabiiy monopoliyalardan iborat. 7. Oligopoliya – bu. . . a) bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi raqobatlashuvchi ko’plab firmalar; b) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaruvchi ko’plab raqobatdosh firmalar; v) bir necha yirik raqobatdosh firmalar; g) bitta yirik firma; d) yagona yirik iste’molchi kompaniya. 8. Birinchi bo’lib oligopoliya nazariyasini asoslashga harakat qilgan iqtisodchi – bu . . . a) Ogyusten Kurno; b) Edvard Chemberlen; v) Joan Robinson; g) Jon Gelbreyt; d) Alfred Marshall. 9. Mukammal va monopolistik raqobatga asoslangan bozorning umumiy tomoni a) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaradi; b) bozorda sotuvchi va xaridorlar soni ko’p; v) har bir firma o’z mahsulotiga talab egri chizig’i gorizontal bo’lgan sharoitga duch keladi; g) bir turdagi tovarlar ishlab chiqarishadi; d) har bir firma o’z raqiblarini reaktsiyasiga ko’ra ish tutadi. 10. Oligopolistik bozor monopolistik raqobatli bozor bilan quyidagi tomonlari bilan o’xshash a) tarmoqqa kirish uchun to’siklar yo’qligi; b) firmalar uchun strategik yo’nalish xos; v) uncha ko’p bo’lmagan sotuvchilar ish yuritishadi; g) firmalar bozorda hukmron rol o’ynaydi; d) firmalar tarmoqdan to’siqlarsiz chiqib ketadi 11. Kartel bitimini buzish uchun urinish shuncha kam bo’ladi, qachonki: a) bitimni buzilishi va uni aniqlash o’rtasida uzoq vaqt o’tishi; b) bitimga rioya qilinmagani sezilmaslik ehtimoli yuqori bo’lsa; v) diskontlash koeffitsienti yuqori bo’lsa; g) kartel a’zolari o’rtasida xarajatlar teng bo’lsa; d) kartel bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni tartibga solganda. 12. Tarmoqda 40ta firma bo’lib, ulardan hech biriga umumiy ishlab chiqarish hajmining 3%dan ortig’i to’g’ri kelmaydi. Mahsulot bozorda tabaqalashgan hisoblanadi. Bunday tarmoq: a) monopolistik raqobatga; b) sof monopoliyaga; v) mukammal raqobatga; g) oligopoliyaga; d) monopsoniyaga misol bo’la oladi. 13. Oligopoliyani boshqa bozor modellariga nisbatan tahlil qilish qiyin, sababi a) firmalar soni shuncha ko’pki, ularni nima qilishini aniqlik bilan aytib bo’lmaydi; b) me’yoriy xarajat va me’yoriy tushum egri chiziqlari oligopoliyalar uchun muvozanatli narxni va miqdorni aniqlashda hech qanday rol o’ynamaydi; v) firmalar faoliyati bir-biriga bog’liq bo’lmay, har biri haqida ma’lumot to’plash qiyin; g) boshqa bozor modelidagi firmalardan farqli ravishda oligopolistik bozorda firmalar foydani maksimallashtirishga intila di deb, faraz qila olmaymiz; d) firmalar o’rtasida sezilarli darajada bog’lanish mavjud hamda oligopolistik bozorda firmani bir qarorga kelishi boshqa bozorlarga nisbatan noaniqroq Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling