Iqtisod moliya
a) AQShda meditsina va yurispundentsiya bo’yicha xususiy ish ochish uchun
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
a) AQShda meditsina va yurispundentsiya bo’yicha xususiy ish ochish uchun
hukumat organlaridan litsenziya olish zarur; b) O’zbekistonda tabiiy resurslar davlat mulki hisoblanadi. Undan tashqari ulardan juda ko’plarini qayta tiklab bo’lmaydi; v) mualliflik huquqi bo’yicha qonunchilik rivojlangan mamlakatlarda firma odatda o’z mahsulotini patent yordamida himoya kiladi, shuningdek undan nusxa ko’chirishni ham faqat o’zi amalga oshiradi yoki uning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ko’rsatilgan misollarni tahlil qiling va quyidagi savollarga javob bering: 1) tarmoqqa kirishga qo’yiladigan to’siqlar deganda nima tushuniladi? 2) to’siqlar, bar’erlar muammosi nimada? 3) barerlarni qanday tasniflash mumkin? 8. Siz katta merosga ega bo’ldingiz va o’z ishingizni ochishchga qaror qildingiz. Siz velosiped ishlab chiqaruvchi zavod qo’rmoqchisiz. Tarmoqqa kirish uchun qanday to’siqlarni engib o’tishingizga to’g’ri keladi: a) ishlab chiqarish quvvati yoki masshtab effekti; b) moliyaviy to’siqlar; v) litsenziya; g) hukumat ijro organlari yoki qonun chiqaruvchi aloqalar; d) pora berish zaruriyati; e) reklama kampaniyasi; j) faoliyat yuritayotgan boshqa firmalar tomonidan g’irrom raqobat olib borish Ko’rsatilgan to’siqlar O’zbekiston uchun ham rivojlangan mamlakatlar: GFR, AQSh, Frantsiya uchun ham umumiymi? T /N 1. Raqobatli bozorda uzoq muddatli davrda normal foyda nolga teng. 2. Ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik jarayonlarni xususiyatlaridan hamda kamyob, erkin tarzda takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslar, infrastrukturaning jamiyat uchun alohida strategik ahamiyatga ega tarmoqlari tabiiy monopoliyalarga kiradi. Respublikamizda tabiiy monopoliyalar faoliyati «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi qonun (1999 y.) asosida tartibga solinadi. 3. Monopoliya raqobatbardosh tarmoqqa nisbatan yuqori samaradorligi boisi yuqori foyda oladi. 4. Talab egri chizig’i monopoliya uchun doimo gorizontal. 5. Mukammal raqobatli firmalar bozorda monopolistik bozorga qaraganda nisbatan ko’prok turli-tuman tovarlar taklif qiladi. 6. Agar oligopolistik bozorda firma mahsulot narxini ko’tarsa yoki tushirsa, mahsulot hajmini ko’paytirsa yoki kamaytirsa u raqobatchi firmalarning foydasi va mahsulot sotish hajmiga ta’sir qiladi. 7. Monopolistik raqobatli bozorda resurslardan samarali foydalanib bo’lmaydi. 8. Oligopoliyalar o’rtasidagi raqobat ko’pincha narx yordamida amalga oshiriladi. 9. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch. 10. Raqobatni qanday tarzda amalga oshirilishiga ko’ra halol yoki g’irrom raqobatga bo’linadi. 11. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalligi uning raqobatga asoslanganligidir. 12. Bozor iqtisodiyotida reklama qilish-qilmaslikning ahamiyati yo’q. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling