Iqtisod moliya
mamlakatlarda raqobat muhitini saqlash raqobatni takomillashtirishga qaratilgan bo’lsa
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
mamlakatlarda raqobat muhitini saqlash raqobatni takomillashtirishga qaratilgan bo’lsa,
bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda raqobatni yangidan shakl-lantirishdan iborat. Antimonopol qonunlar qabul qilish va hayotga tatbiq qilish bozor munosabatlariga o’tayotgan har bir mamlakat uchun hayotiy zaruratdir, chunki erkin raqobatga yo’l bermay turib, bozorni shakl-lantirib bo’lmaydi. Respublikamizda raqobat muhitini yaratish davlatning faoliya-tisiz o’z-o’zidan amalga oshmasligini anglagan holda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular amaliyotga joriy etilmoqda. Bu, eng avvalo, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, turli mulk shakllarini vujudga keltirishni jadallashtirishda o’z ifodasini topadi. Ikkinchidan, raqobatni o’zi taqozo etadigan iqtisodiy vaziyat narxlarni erkinlashtirishni amalga oshirishda ifodalanadi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish, albatta tsivilizatsiyalashgan raqobatni vujudga keltirishni talab qiladi. U davlatning iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman olganda antimonopol yo’l tutishini zarur qilib qo’yadi. Shuni nazarda tutib, O’zbekistonda monopoliyaga qarshi me’yoriy-huquqiy asos yaratildi. 1992 yili O’zbekiston Respublikasining «Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida» qonuni qabul qilindi. Qonunga qo’shimcha ravishda uni amalga oshirishni ta’minlaydigan bir qator me’yoriy-uslubiy hujjatlar ham qabul qilindi. Monopoliyaga qarshi siyosat o’tkazish Moliya vazirligiga yuklandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 15 maydagi farmoni bilan Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi. Shu qo’mita negizida Prezident farmoni bilan 2 avgust 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil etildi. O’zbekiston monopolistik birlashma (korxona)larni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o’tish davrining o’ziga xos tomonlari hisobga olindi. Sababi respublika iqtisodiyotida monopol tarmoqlar soni hali ko’p. Agar korxonalar ishlab chiqargan mahsulotni hissasi umumrespublika yoki mahalliy viloyat miqyosida, tovar bozorida, ma’lum bir turdagi tovarlar guruhida, o’zaro o’rinbosar tovarlar yoki bir texnologik maqsadlardagi mahsulotlar orasida 35%dan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik birlashma (korxona)lar Davlat ro’yxatiga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% belgilangan. Qabul qilingan qonunga ko’ra bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man qilingan. Qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladilar. Shunday qilib, hozirgi vaqtda respublikamizda monopoliyaga qarshi tartibga solishning qonuniy asoslari, me’yoriy hujjatlari yaratildi va davlatning monopoliyaga qarshi organlari tizimi tashkil etildi. Bu mamlakatimizda raqobat muhitini saqlashga xiz-mat qiladi. Madaniylashgan raqobat kurashiga asoslangan bozorni vujudga keltirish uchun ham nazariy, ham amaliy jihatdan qator muammolarni hal etish kerak: a) inflyatsiyani jilovlash; b) bozorni demonopollashuvini amalga oshirish; v) bozor munosabatlari sub’ektlarini kritik massasini, ya’ni miqdorini yaratish; g) bozorni barcha turlarini rivojlantirish; d) bozor tipini to’g’ri tanlash. Ana shu muammolarni ijobiy hal etish mamlakatimiz kelajagini ko’p jihatdan belgilab beradi. «Iqtisodiyotni erkinlashtirish haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish bilan uzviy bog’liqdir. Raqobat bo’lmasa bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. Raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»1. Shuning uchun ham respublikada sog’lom raqobat muhitini yaratish, g’irrom raqobatchilarni bozorda, birinchi navbatda iste’mol tovarlari bozorida yakka hukmron bo’lib olishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga chek qo’yishga alohida e’tibor berilmoqda. Taniqli iqtisodchi Nobel mukofoti nomzodi Vasiliy Leontev studentlarga bozor iqtisodiyoti mexanizmini tushuntirar ekan uni ochiq dengizda suzib yurgan yaxta misolida ko’rsatadi. Yaxta suzib ketishi uchun parusni to’ldirib, yaxtani harakatga keltiradigan shamol kerak, lekin uni harakatini korrektirovka qilish, boshqarish uchun rul kerak. Iqtisodiyotga qiyoslasak shamol — bu ishlab chiqaruvchining moddiy manfaatdorligi. Aynan ana shu manfaatdorlik raqobatga olib keladiki, u o’z navbatida butun iqtisodiyotni harakatga keltiradi. Rul esa davlat. Davlat raqobat muhitini yaratish uchun zarur huquqiy baza yaratib, uni amalga oshirishni nazorat qiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling