Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR 1.
Xulosa *Bozor iqtisodiyotining muhim afzalligi uning raqobatga asoslanganligidir. Raqobatiqtisodiyot sub’ektlarining manfaatlari to’qnashuvi tufayli yuz bradigan kurashdir. U raqobat qonuniga ko’ra muqarrar bo’ladi. *Raqobat kurashi turli usullarda olib boriladi. Raqobat kurashi qonunini amal qilishi tufayli resurslardan optimal foydalanish ta’minlanadi. Raqobat ishtirokchilarining maqsadlari ham. * Bozor munosabatlarida ishtirokchilarning cheklanish-cheklanmasligiga ko’ra mukammal va nomukammal raqobat kurashi yuz beradi. Erkin bozorda raqobat hech qanday to’siqlarsiz amal qiladi. Unda bozor munosabatlari ishtirokchilari cheklanmagan. * Nomukammal raqobat kurashi cheklangan bozorga xos. Bunday raqobat monopolistik raqobatga asoslangan bozor, oligopolistik, sof monopolistik bozor va monopsoniyaga xos. * Monopoliyalarni kelib chiqish sabablariga ko’ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya, tasodifiy monopoliyaga bo’lish mumkin. * Monopoliyalar o’z mavqeidan kelib chiqib, raqobatni cheklash orqali narxga ta’sir ko’rsatishi va o’z manfaatlari yo’lida boshqa harakatlar qilishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun ham davlat raqobatni cheklashga urinishlarni oldini olish uchun iqtisodiy erkinlik muhitini yaratishga faol amalga oshirishi zarur. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR 1. Raqobat. 2. Monopoliya. 3. Nomukammal raqobat. 4. Oligopoliya. 5. Mukammal rakobat. 6. Sof monopoliya. 7. Monopoliyaning maqsadi. 8. Jamiyatning sof yo’qotishlari. 9. Sun’iy monopoliya. 10. Monopsoniya. a) tarmoqda yagona, o’rnini bosadigan, almashtirib bo’lmaydigan mahsulot sotuvi (ishlab chiqarish); b) (yunoncha ozchilik, sotaman) – ishlab chiqarish va bozorda uncha ko’p bo’lmagan, sanoqli firmalar hukmronligidir; v) iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlaridan kelib chiqib yuqori daromad olish imkoniga, nufuzli mavqega ega bo’lish uchun boshqalar bilan bellashuvi, kurashi; g) bir yoki bir necha sotuvchi bozorda narx ustidan nazorat o’rnatish imkoniga ega bo’lgan bozordagi raqobat; d) erkin raqobatga asoslangan, cheklanmagan miqdorda bozorga (tarmoqqa) kirish, erkin mustaqil ishlab chiqaruvchilar bozorda narx ustidan nazorat o’rnatish imkoni yo’q bozordagi ideal raqobat; e) narx ustidan nazorat o’rnatish yoki ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish orqali maksimal darajada daromad, monopol foyda olish; yo) monopolistik manfaatni ko’zlab korxonalarning birlashuvi; j) tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish va bozorda yagona firma hukmronlik qilishi; z) (monopoliyalarning sotsial bahosi) – monopoliyalar tomonidan mahsulot ishlab chikarish hajmini samarali darajadan kamaytirish natijasida iste’molchi va sotuvchilar uchun ma’lum miqdorda mahsulotni yo’qotilishi, ishlab chiqarishni kamayishi; i) yagona iste’molchiga asoslangan bozor. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling