Iqtisod moliya
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Takrorlash va munozara uchun savollar
1. Raqobat nima? Uning qanday shakllarini bilasiz? 2. Raqobat iqtisodiyotda qanday ahamiyatga ega? 3. Oligopoliya va sof monopoliya bir-biridan qanday farqlanadi? 4. Monopoliyaning kelib chiqish sabablarini ko’rsating. 5. Raqobat qanday usullar bilan olib boriladi? 6. Raqobat cheklanishidan iste’molchi uchun, ishlab chiqaruvchi va jamiyat uchun yo’qotishlarni ko’rsating. 7. Respublikamizda raqobat muhitini yaratish uchun qanday chora-tadbirlar qo’llanilmoqda? 8. Raqobatda reklama qanday o’rin tutadi? Televidenie va boshqa axborot vositalari orqali reklama qilinishini ijobiy va salbiy tomonlarini izohlay olasizmi? Masala va mashqlar. 1. Mukammal raqobatga asoslangan tarmoqda 20ta firma faoliyat yuritadi. Mahsulotning bozor bahosi 40 ga teng. Agar uzok muddatli davrda tarmoqning minimal o’rtacha xarajatlari 30, umumiy xarajatlar esa 60 bo’lsa. Tarmoqni raqobatli muvozanatga yaqinlashuvi ro’y berayapti.. U holda baho va taklif qanday o’zgaradi. 2. Mukammal raqobatli firma yiliga 20 ming dona telefon ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarishning o’rtacha xarajatlari 21500 so’m. O’zgaruvchi xarajatlar 17500 so’m, bozor bahosi 25000 so’m bo’lsa, firma qancha foyda ko’radi. 3. Mamlakatimizda turli shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan o’z ustunlik mavqeidan foydalanib, har xil qonun buzilishi holatlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida monopolist korxonalar Davlat reestriga kiritiladi. O’zbekistonda 1996 yil monopolist korxonalar soni 827ta bo’lib, mahsulotlar soni 4351ta bo’lgan bo’lsa, 2003 yilga kelib, Davlat reestriga kiritilgan korxonalar soni 386taga tushdi. Mahsulot (tovar va xizmatlar) esa 247ta. Monopol mahsulotlarning asosiy qismi xizmat ko’rsatish 43%, qurilish materiallari ishlab chiqarish 19%ni tashkil etadi. 2003 yilga nisbatan monopolist korxona va mahsulotlar 1996 yilga nisbatan qancha kamayganini, xizmat ko’rsatish va qurilish bo’yicha monopol mahsulotlar turini hisoblang. U nimadan dalolat beradi? Nima sababdan monopol mahsulotlar xizmat ko’rsatish va qurilish mollari bo’yicha ko’p deb uylaysiz? 4. Jadvaldagi raqamlarga diqqat qiling. Ular asosida qanday xulosa chiqarish mumkin? Fikringizni izohlang. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling