6-§. Raqobat muhiti va uni vujudga keltirishda
davlatning roli
Bozor iqtisodiyotida raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratiladi. Bu muhit, eng
avvalo mulkchilikning va xo’jalik yuritishning turli-tuman shaklining mavjudligi va ularning
o’zaro teng mavqega asoslanishida ifodalanadi. Qolaversa, faoliyat erkinligi, har bir kishini
tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi ham raqobat uchun keng yo’l ochadi.
O’arb mamlakatlarida bu muhit uzoq yillar davomida shakllangan.
Mukammal raqobatning so’zsiz afzalligi bilan bir qatorda kamchiligi ham borki, u ham
bo’lsa bozorning rivojlanish jarayonida xo’jalik hayotining u yoki bu sohasida,
monopoliyalarning vujudga kelishining osonligi. Mukammal raqobat tezda nomukammal
raqobatga aylanib ketishi mumkin. Bu esa iqtisodiy plyuralizm, iqtisodiy demokratiyani barham
topishiga olib keladi. Iqtisodiy demokratiya esa siyosiy demokratiyaning asosidir. Shuning
uchun XIX asrning oxirida sanoati rivojlangan o’arb mamlakatlari, eng avvalo AQSh da
monopoliyalarni vujudga kelishiga to’sqinlik qilish zarurligini tushunib etishdi. Iqtisodiyotda
monopollashuv tendentsiyasini paydo bo’lishi bilan erkin raqobat cheklanadi. Sog’lom raqobat
muhitini yaratishda davlat qatnashishi zaruratga aylanadi. Bu davlatning antimonopol siyosati
orqali amalga oshiriladi. Bu siyosat eng avvalo, qabul qilingan antimonopol qonunlarda
ifodalanadi. Dunyoda antimonopol qonunchilik nisbatan mukammal tarz-da AQShda olib
borilishi e’tirof etilgan. Bu sohada AQShda katta tajriba to’plangan. AQSh ning antimonopol
qonunchiligi bu borada qabul qilingan uchta asosiy qonunga tayanadi:
1. Sherman qonuni (1890). Qonunning asosiy ma’nosi ikki punktda ifodalangan, unda
ishlab chiqarish va savdoni cheklash maqsadida tuzilgan bitimlar noqonuniy deb e’lon qilinadi.
Monopollashtirishga erishgan shaxs jinoyat qilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |