Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

1 2 3 4 

6 7 
Ishlab 
chikarilga

tovarlar 
mikdori 
Urtacha 
xarajatlar 
Umumiy 
xarajatlar 
Me’eriy 
xarajatlar 
NAR
X 
Yalpi 
daromad 
Me’eriy 
daromad 









10 
11 
12 
13 
14 
15 
16 
17 
24 
21,75 
19,75 
18 
16,5 
15,25 
14,25 
13,5 
13 
12,75 
12,75 
13 
13,5 
14,25 
15,25 
16,25 
18 
24 
43,5 
59,25 
72 
82,5 
91,5 
99,75 
108 
117 
127,5 
140,25 
156 
175,5 
199,5 
228,25 
264 
306 
24 
19,5 
15,75 
12,75 
10,5 

8,25 
8,25 

10,5 
12,75 
16,25 
19,5 
24 
29,25 
36,75 
42 
41 
39 
37 
35 
33 
31 
29 
27 
25 
23 
21 
19 
17 
15 
13 
11 
9 
41 
78 
111 
140 
165 
186 
203 
216 
225 
230 
231 
228 
221 
210 
195 
176 
153 
41 
37 
33 
29 
25 
21 
17 
13 



-3 
-7 
-11 
-15 
-19 
-23 
Q AC TC MC 

TR 
MR 
Taklif ko’paygan sari narx R (5- ustun) tushib boradi. Yalpi daromad yoki tushum TR (6-
ustun) ham ma’lum chegaragacha o’sib, so’ngra pasayishni boshlaydi. Chunki ma’lum 
chegaragacha, misolimizda 11- mahsulotgacha narxni pasayishi ishlab chiqarib sotilgan tovar 
miqdorini ko’payishi bilan miqdor effekti ustunligi tufayli yalpi daromadni o’sishiga olib keladi. 
12- mahsulotdan boshlab esa narxning pasayishi evaziga sotish miqdorini ko’paytirish orqali 
kompensatsiya qilish mumkin bo’lmay qoladi, yalpi daromad qisqara boshlaydi. Natijada har bir 
keyingi mahsulot 11- siga qadar avvalgisiga nisbatan me’yoriy daromad MR (7- ustun) olib 
kelgan bo’lsa, 12- mahsulotdan boshlab zarar keltiradi. 
Firmaning yalpi daromad chizmasi nomukammal raqobat sharoitida tepalik shaklida 
bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, yalpi daromad bilan yalpi xarajat o’rtasidagi farq 9- 
mahsulotda maksimum darajada bo’lyapti. 
Maksimum darajadagi yalpi daromad 11- mahsulotda, lekin ko’p foyda 9- mahsulotga 
to’g’ri kelyapti.


Foydani aniqlashning yuqori ko’rsatilganidek ikkinchi yo’li me’yoriy daromad bilan 
me’yoriy xarajatlarni taqqoslash. 
Me’yoriy daromad — bu qo’shimcha sotilgan tovardan olinadigan daromad. U TRn dan 
TRn—1 ni ayirib, ya’ni keyingi tovarni sotib, olingan daromaddan avvalgisini ayirib topamiz. 
Erkin raqobat kurashida firma narxga hech qanday ta’sir ko’rsata olmas edi. U holda 
firma 1 dona tovarni 41 birlikka sotsa, 2 donasini 82 birlikka sotadi, me’yoriy daromad 41 ga 
teng, 3 donasi 3Ѕ41=123 ga teng, me’yoriy daromad yana 123–82=41 ga teng. Demak, erkin 
raqobat sharoitida me’yoriy daromad uning narxiga MR=R teng. Nomukammal raqobat 
sharoitida qanday bo’lishini ko’rib chiqaylik. 
Nomukammal raqobat sharoitida avvalgisiga nisbatan ko’proq sotish uchun tovar narxi 
pasaytiriladi. Bu tadbirkorga bir tomondan yutuq. Ko’proq yalpi daromad olish imkoniyatini 
bersa, ikkinchi tomondan ma’lum yo’qotish. Sababi narxni tushirish har bir navbatdagi tovarni 
sotib olinadigan daromad, ya’ni me’yoriy daromadni kamayishiga olib keladi. 
Masalan, 3 ta tovarni 37 birlikdan sotilsa, bu bilan 41 ga yoki 39 ga sotib olishi mumkin 
bo’lganlarga ham 37 dan sotiladi. Zarar 2+2=4. Bu zararni 37 dan ayirilsa 37–4=33 me’yoriy 
daromad bo’ladi. Lekin ishlab chiqaruvchini, sotuvchini faqatgina olinadigan daromad emas, 
olinadigan foyda qiziqtiradi. Buning uchun olingan daromadni qilingan xarajatlar bilan 
taqqoslash kerak. 
Ma’lumki, o’rtacha xarajatlar yoy shaklida bo’lib, ma’lum miqdor tovar ishlab 
chiqarguncha pasayib, so’ngra o’sishni boshlar edi. Misolimizga qaytib, abstrakt raqamlar 
asosida uni ko’rsatishga harakat qilamiz. 
 Yodga solaylik Ts=QЅAS, ya’ni umumiy xarajatlar o’rtacha xarajatlarni tovar miqdoriga 
ko’paytmasiga teng: 21,75Ѕ2=43,50; MS=Tsn–Tsn–1, ya’ni me’yoriy xarajatlar n miqdor tovar 
ishlab chiqarish uchun sarflangan umumiy xarajatlardan n–1 tovar uchun sarflangan umumiy 
xarajatlarning farqiga teng: 43,5–24=19,5; TR=QЅP, ya’ni yalpi daromad ishlab chiqarilgan 
tovar va uning narxini ko’paytmasiga teng: 39Ѕ2=78. 
MR=TRn–TRn–1, ya’ni me’yoriy daromad n ta tovar sotishdan olingan yalpi daromad 
bilan n–1 ta tovarni sotishdan olingan yalpi daromad farqi 78–41=37. 
2, 3, 4 ustunlardagi raqamlar, firma monopolistni ishlab chiqarish xarajatlarini ko’rsatsa, 
5, 6, 7 ustunlar sotish sharoitini ko’rsatadi. 
Mukammal raqobatda muvozanat MS=R, ya’ni narx me’yoriy daromad bilan teng 
bo’lardi. Demak, MS=MR=P. 


Firmaning to’la muvozanatga erishuvi Joan Robinson ta’kidlaganidek ikki sharoitni 
bajarishni talab etadi: 
1. Me’yoriy daromad xarajatlarga teng bo’lishi kerak. 
2. Narx o’rtacha xarajatlarga teng bo’lishi kerak (o’rtacha xarajatlar normal foydani ham 
o’z ichiga oladi): 
MS=MR=P=AC. 
 Monopolist firmaning bozorda o’zini tutishi ham ana shu me’yoriy daromad va me’yoriy 
xarajatlarga bog’liq. Sababi, har bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot ma’lum miqdorda 
yalpi daromad, qo’shimcha daromad olib keladi, shu bilan birga umumiy xarajatlarni ham 
ko’paytiradi. Firma doimo ana shu ikki ko’rsatkich: me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatni 
taqqoslashi kerak. Me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajat o’rtasidagi farq musbat bo’lsa, 
firma ishlab chiqarishni kengaytiradi. Me’yoriy xarajat bilan me’yoriy daromad teng bo’lganda 
muvozanatga erishiladi. Lekin unda narx darajasi qanday bo’ladi, MS=MR=P=AC formulasi 
saqlanadimi? 
Jadval raqamlariga murojaat qilamiz. Monopolist yuqori narx belgilashga harakat qiladi. 
Lekin u 41 belgilasa bitta tovar sotadi, yalpi daromad 41 bo’lib, foydasi (41–24)=17 ni tashkil 
etadi. 
Foyda — bu yalpi daromad bilan umumiy xarajatlar farqiga teng. Agar monopolist narxni 
tushirib 35 ga keltirsa, u holda u 4 ta tovar sotadi, umumiy daromadi 140(34Ѕ4), foydasi 68(140–
72) bo’ladi. Ana shunday tarzda narxni tushirish tufayli umumiy foyda olishni ko’paytirish 
mumkin. Lekin uni qaysi chegaraga tushirish mumkin. Bu me’yoriy daromad bilan me’yoriy 
xarajatlar tenglashguncha davom etadi, jadvaldagi raqamlarga qarasak bu 9- tovarni sotishimizda 
yuz berar ekan. 
Aynan ana shu hajmda tovar ishlab chiqarishimiz eng ko’p foyda keltirar ekan. Ya’ni 
225–117=108. Agar narxni 25 dan pastga tushirsak misolimizda 23 ga, 10 ta tovar sotilar ekan. 
Lekin 
me’- 
yoriy xarajatlar 10,5 ga, avvalgisidan 10,5–9=1,5 ga ko’tarilar ekan. Bu umumiy foydani (230–
127,5)=102,5, 108–102,5=5,5 ga kamayishiga olib keladi. 
Nomukammal raqobat sharoitida firma muvozanatiga, ya’ni me’yoriy xarajatlar bilan 
me’yoriy daromadlar MS=MR muvozanatiga o’rtacha xarajatlarning minimal darajasiga etmay 
erishiladi. Bunda narx o’rtacha xarajatlardan yuqori bo’ladi. 
Mukammal raqobatda MS=MR=R=AS. 
Nomukammal raqobatda esa (MS=MR)Shunday qilib, maksimum foydani va yalpi daromad bilan umumiy xarajatlarni mahsulot 
ishlab chiqarishning turli hajmlarida taqqoslab yoki me’yoriy daromad bilan me’yoriy 
xarajatlarni taqqoslab topish mumkin. Maksimum darajada foyda yalpi daromad bilan umumiy 
xarajatlarni farqi maksimal bo’lganda yoki me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajat teng 
(MS=MR) bo’lganda olinar ekan. Xar ikki usul ham bir xil natija beradi. Bunda narx 
misolimizda 25 ga teng. Buni 340 va 341- betdagi rasmlarda ko’rish mumkin. 
Jamiyat uchun ko’proq mahsulotni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqargan afzal, lekin 
bu monopolist firmani tabiatiga to’g’ri kelmaydi. U narxni tushirib foydani kamaytirishni 
istamaydi. Foydani maksimallashtirish uchun ma’lum darajada sun’iy taqchillik yaratadi, ya’ni 
nisbatan cheklangan miqdorda tovar taklif qiladi. Buning natijasida misolimizda aytaylik, eng 
kam o’rtacha xarajatlar 12,75, eng yuqori yalpi daromad 231 bo’lganda, narx 21 bo’lardi. Narxni 
25 darajasida ushlab turish uchun 11 ta emas, 9 ta taklif qiladi. Bu qachongacha davom etishi 
mumkin? Bu hol shu tarmoqqa yangi firmalar kirib kelishiga bog’liq. Agarda boshqalarni shu 
tarmoqqa kirib kelishi uchun to’siqlar nisbatan yuqori bo’lsa, monopol foyda olish barqaror 
xarakterga ega bo’ladi. 
Iqtisodiy nazariyada monopol hukmronligi darajasini o’lchash uchun Lerner indeksi 
qo’llaniladi. (A. Lerner ingliz iqtisodchisi bo’lib, bu ko’rsatkichni XX asrning 30- yillarida taklif 
qilgan.) 


L=R–MS. Bunda R bilan MS, ya’ni narx bilan me’yoriy xarajatlar o’rtacha farq qancha 
katta bo’lsa, monopoliyalar hukmronligi shuncha yuqoriligini ko’rsatadi. L kattaligi 0 bilan 1 
orasida bo’lib, mukammal raqobat sharoitida Lerner indeksi tabiiy nolga teng bo’ladi. 
Mukammal raqobat ishlab chiqarish omillarini bir tarmoqdan ikkinchisiga erkin oqib 
o’tishini ta’minlaydi. Shuning uchun mukammal raqobatda neoklassik maktab vakillari 
ta’kidlaganidek foydaning nolga tomon yaqinlashuvi, intilish tendentsiyasi aniq namoyon bo’ladi 
(nolga intilish deganda — normal foydaga tenglashuvi tushuniladi). 
Agarda resurslarni erkin oqib o’tishida to’siqlar paydo bo’lsa, bu monopol foydani hosil 
bo’lishiga olib keladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling