Iqtisod moliya
mexanizmiga keng yo’l berishni ifodalaydi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotni erkinlashtirish
mexanizmiga keng yo’l berishni ifodalaydi. U mulkni davlat tasarrufidan chiqarishdan
tashqari, davlatning markazlashgan rejalashtirish, narx belgilash, tashqi savdo, valyuta munosabatlari va boshqa iqtisodiy faoliyatdagi yakka hukmronligini keskin qisqartirilishini o’z ichiga oladi. Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha reja asosida davlatga topshirishdan davlat xaridlariga o’tish. Bunda davlat xaridor sifatida ishlab chiqaruvchini sotish shartlari bo’yicha o’ziga jalb etishi bilan ajralib turadi. Davlat mavjud resurslarni taqsimlovchi funk-tsiyasini yo’qotadi. Resurslar bozor orqali taqsimlanadi. Davlatning resurslar oqimini o’zgartirishga ta’siri ustun darajada iqtisodiy yo’l bilan amalga oshiriladi. Masalan, soliqlar orqali. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ham davlatning monopol mavqei tobora susayib boradi. Davlatning funktsiyasi milliy iqtisodiyotni chet el kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli raqobat olib borishi uchun zarur muhit yaratishdan iborat. Davlatning boshqarishdagi ko’pgina vazifalari korxonalar zimmasiga o’tadi, «gorizontal» xo’jalik aloqalari asosiy o’ringa chiqadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish — bu iqtisodiyotni tartibga solishni to’la bozor mexanizmiga topshirish emas, balki bozor mexanizmi bilan davlat aralashuvini optimal darajada bo’lishini ta’minlashdan iborat. Sababi, hozirgi iqtisodiyot davlat aralashmasa samarali rivojlana olmaydi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirishning asosini davlat tasarrufidan chiqarish tashkil etadi. Davlat tasarrufidan chiqarish deganda davlat mulkini turli mulk va xo’jalik yuritish shakllariga aylantirish tushuniladi. Davlat tasarrufidan chiqarish raqobatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Turli mulk va xo’jalik yuritish shakl-lari tengligi e’tirof etilib, ularga qonun doirasida barcha faoliyat bilan shug’ullanish imkoniyati yaratiladi. Davlat tasarrufidan chiqarish davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, shirkat, ijara, aktsionerlik va boshqa shakldagi korxona va davlatga tegishli bo’lmagan tashkilotlarga aylantirishni bildiradi. Ular hammasi nodavlat sektorini tashkil etadi. Davlat tasarrufidan chiqarishning asosini xususiylashtirish tashkil etadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling