Maqsad:
1. Mulkchilik, mulk munosabatlarini, mulkka iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatida
tushuntirib berish;
2. Mulk xuquqini resurslarni taqsimlanishida qanday rol o’ynashini tahlil qilish;
O’yin o’tkazish uchun materiallar:
* auditoriyada taxminan 2x2 metr bo’sh joy;
* 60 dona skrepka yoki gugurt cho’plari yoki boshka material bo’lishi mumkin;
* rangli skoch;
* mulk huquqi dastasi va undan kelib chiqib mulk huquqining aniq sifatlari ko’rsatilgan
tarqatma material.
1-tarqatma material
Mulk huquqi dastasi.
Mulk huquqi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Egalik qilish, ya’ni boylikni nazorat qilish huquqi.
2. Foydalanish huquqi.
3. Boshqarish, ya’ni boylikdan kim, qanday foydalanishini ta’minlash masalasini hal
etish, echish huquqi.
4. Daromad olish huquqi, ya’ni boylikdan foydalanishdan kelgan natijalarga ega bo’lish
huquqi.
5. Tasarruf qilish, ya’ni boylikni begonalashtirish, boshqacha aytganda sotib yuborish,
iste’mol qilish, o’zlashtirish yoki yo’q qilib yuborish huquqi.
6. Xavfsizlik, ya’ni boylikni ekspropriatsiya (tortib olish) qilishdan, tashqi muhitdan,
chetdan etkaziladigan ziyonlardan himoya qilish huquqi.
7. O’z boyligini meros qoldirish huquqi.
8. Boylik sohibi bo’lishning muddatsizligi huquqi.
9. Tashqi muhitga zarar keltiradigan tarzda mulkdan foydalanish
usullarini ta’qiqlash.
10. Qarzini to’lash javobgarligi, ya’ni boylikdan qarzni to’lash uchun
foydalanish imkoniyatlariga ega bo’lish huquqi.
11. Buzilgan huquqni tiklashni ta’minlovchi tartib va
institutlarning mavjud bo’lishini ta’minlash huquqi.
Ana shu xuquqlarni bir butun holda olib qarasak, ularni umumiy ravishda quyidagi
sifatlari: universalligi, mulkni faqat uning egasiga tegishli bo’lishi, qo’lma-qo’l o’tishi, huquqiy
ta’minlanganligi bilan biron bir qaror qabul qilishga ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |