Iqtisod moliya
Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, resurslarning cheklanganligi va
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyot nazariyasi
- Iqtisodiy siyosat
Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, resurslarning cheklanganligi va
ehtiyojlarni yuksalib borishi sharoitida samarali xo’jalik yuritish qonunlari va iqtisodiy faoliyat muammolarini o’rganadi. Iqtisodiyot nazariyasi kishilar faoliyatini o’rganar ekan, tad-qiqot asosida xulosalar chiqariladi. Uning amaliy faoliyati shundaki, chiqarilgan xulosalar oldindan ko’rish imkoniyatini beradi. K. M. Keyns «Iqtisodiy nazariya bevosita xo’jalik yuritish siyosatida qo’llaniladigan tayyor tavsiyalar yig’indisi emas. U ta’limotdan ham ko’ra ko’proq usul, intellektual instrument, fikrlash texnikasi bo’lib, uni egallagan kishiga to’g’ri xulosa chiqarishga yordam beradi», degan. To’g’ri xulosa chiqarish — bu kelajakdagi faoliyat yo’nalishini to’g’ri belgilash degani. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy siyosatning asosini tashkil etadi. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat rivojlanishi jarayonida iqtisodiy faoliyat natijasida kelib chiqqan muammolarni nazariy jihatdan izohlab javob topishga qaratilgan bo’lib, kelajakda qanday o’zgarishlar bo’lishi mumkinligini oldindan prognoz qiladi, yo’nalishlarini ko’rsatadi. Iqtisodiy siyosat — bu davlatning ishlab chiqarish, taqsimot, iste’mol sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. Odatda, iqtisodiy siyosat umumiy bo’lib, u qator yo’nalishlar asosida olib boriladi. Masalan, pul-kredit siyosati, amortizatsiya siyosati, moliya siyosati, sotsial siyosat va hokazo. U jamiyatning barcha sotsial guruhlari manfaatini hisobga olib, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga qaratilgan bo’ladi. Qanday iqtisodiy siyosat yuritish eng avvalo, jamiyat qanday g’oya, mafkurani tanlaganiga bog’liq. «Chunki mafkura — jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi, ... toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o’z taraqqiyot yo’lini, ertangi kun ufqlarini o’zining milliy g’oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi.» 5 Iqtisodiy siyosat iqtisodiy muammolarning echimini topish va uni amalda qo’llash bilan shug’ullanadi. Bunda iqtisodiyot nazariya-si chiqargan xulosalarga tayaniladi (1- chizma). Amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat muvaffaqiyatli bo’lishi uchun hal qilinayotgan muammolarni har tomonlama (huquqiy, siyosiy, madaniy, sotsial va hokazo) hisobga olish kerak. Yuritilayotgan iqtisodiy siyosat jamiyatning rivojlanishiga, iqtisodiy tizimning o’zgarishiga, takomillashuviga olib kelishi mumkin. U o’z navbatida iqtisodiyot nazariyasini boyitadi, kelgusi rivojlanishida o’z aksini topadi. Iqtisodiy siyosat olib borishiga qarab, davlat: a) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ob’ektiv, mantiqiy tarzda to’g’ri ifodalasa, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishi mumkin; b) aksincha, qo’llayotgan chora-tadbirlari yarim-yorti bo’lib, nazariy jihatdan berilgan xulosalar, tavsiyalar izchillik bilan amalga oshirilmasa, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari sekinlashishi mumkin; v) siyosat iqtisodiy taraqqiyotga ziddiyatli ta’sir ko’rsatishi, ya’ni uning bir yo’nalishdagi harakatini tezlashtirib, ikkinchisini sekinlashtirishi mumkin. Bu erda yana shuni ta’kidlash kerakki, ayrim paytlarda nazariy jihatdan chiqarilgan xulosalar to’g’ri bo’lib, uni qo’llashdan ijobiy natijalar kutish, lekin amalda ana shu kutilgan natija bo’lmasligi mumkin. Sababi — uni amalda qo’llash jamiyatdagi turli tabaqalar manfaatiga borib taqaladiki, buning natijasida iqtisodiy sub’ekt o’zini qanday tutishini avvaldan aniqlash qiyin. Nazariya iqtisodiyotni sof holda emas, balki sotsial-siyosiy, ruhiy-axloqiy, milliy- demografik omillar ta’sirini ham inobatga olib o’rganadi. Iqtisodiyot ijtimoiy hayotning bir qismi, shuning uchun ijtimoiy hayotning iqtisodiyotdan boshqa jabhalari albatta unga ta’sir qilmay qolmaydi. Iqtisodiy jihat (aspekt) ni yagona hal qiluvchi deb qarash noto’g’ri. Iqtisodiyot birlamchi bo’la turib, o’z navbatida boshqa turdagi munosabatlar ta’sirida bo’ladi. Ayniqsa, siyosiy vaziyat, o’zgarishlar iqtisodiyotga katta ta’sir etadi. Masalan, eng oddiy misol, siyosiy vaziyat o’zgarishi bilan fond birjalarida qimmatbaho qog’ozlar kursi, tovar birjalarida tovarlar narxi o’zgaradi: oshadi yoki pasayadi. Buning natijasida kapital oqimi o’zgaradi va ishlab chiqarishga ta’sir qiladi. 5 Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., «O’zbekiston», 2000, 6- bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling