Iqtisod moliya


Leonard Simon de Sismondi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Leonard Simon de Sismondi ham muhim o’rin tutadi. Uning bosh asari «Siyosiy iqtisodning 
yangicha boshlanishi» (1819) bo’lib, unda kapitalistik jamiyatning iqtisodiy mexanizmi tanqid 
qilinadi. U o’zining iqtisodiy ta’limotida asosiy diqqat-e’tiborni taqsimotga qaratadi. Uning 
fikricha, taqsimotga qarab iste’mol va ishlab chiqarish tarkib topadi. U insonlarning baxt-saodati 
uchun siyosiy iqtisod sotsial mexanizmni takomillashtirish to’g’risidagi fan bo’lishi kerak deb 
ko’rsatadi. 
Kelajakda qanday jamiyat qurish kerakligi haqida har bir iqtisodchi o’z tushunchasiga 
muvofiq ravishda fikrlarini bildirgan. A. Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouenlar tarixda sotsial-
utopistlar nomi bilan qolishdi. Ular kapitalizmni tanqid qilib, uni o’tkinchi tizim hisoblaganlar. 
Sotsial-utopistlar (utopiya — xayoliy) xususiy mulkchilikni yo’q qilish, aqliy mehnat bilan 
jismoniy mehnat o’rtasida qarama-qarshiliklarni tugatish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni 
qayta tashkil etish, adolatli tuzum o’rnatish talabi bilan chiqishgan. Kelajakda quriladigan yangi 
jamiyatni Sen-Simon — industrial jamiyat, Fure — garmonik jamiyat, Ouen — kommunizm deb 
atashgan.
Klassik iqtisodiy maktabning mashhur namoyondalaridan biri Q. S. Mill hisoblanadi. 
Asosiy asari besh kitobdan iborat «Siyosiy iqtisod printsiplari» (1848 yil) bo’lib, unda shu 
paytga qadar ilgari surilgan juda ko’p kontseptsiyalarni o’rganib, umumlashtirdi va rivojlantirdi. 


Baho o’zgarishining talab miqdori ta’siri(talab elastikligi), bozor muvozanatini o’rnatish 
mexanizmi, bozor iqtisodiyotida davlatning roli va boshqa qator fikrlari uning ilmiy 
xizmatlaridan hisoblanadi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib, iqtisodiy ta’limotda yangi oqim vujudga keldi. 
Bu oqim marjinalizm nazariyasi sifatida shakllandi. Bu nazariyaning klassiklari — Karl Minger, 
Fridrix fon Vizer, Eygen fon Bem-Baverk hamda Uilyam Stenli Qevons hisoblanadi. 
Marjinalizm (marginal — frantsuzcha me’yoriy degan so’zdan olingan) iqtisodiy 
jarayonlarni, qonunlarni me’yoriy-iqtisodiy ko’rsatkichlar orqali tushuntirishga harakat qiladi. 
Marjinalizmda iqtisodiyot xo’jalik munosabatlarida qatnashayotgan alohida sub’ekt 
psixologiyasi nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Ular fikricha, tovarning qiymati ishlab chiqarishda 
emas, balki ayirboshlash jarayonida yuzaga chiqadi. Tovarning bahosi xaridor sotib olgan narx 
bilan belgilanadi. Shunday qilib, tovar bahosi uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bilan 
ham emas, ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari bilan ham emas, balki xaridorning tovarni 
baholashdagi sub’aktiv psixologik xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Individual tarzda har bir xaridor uchun tovarning bahosi uni sotib olayotgan kishiga 
keltiradigan nafga bog’liq. Tovarning naf-liligi esa iste’molchida tovarning bor-yo’qligi, 
zaxirasiga bog’liq. 
Inson doimo, birinchi navbatda, eng zarur narsani sotib oladi. Ikkinchi tomondan, har bir 
sotib olingan bir turdagi tovar avvalgisidan kam naf keltiradi. 
Me’yoriy naflilikning kamayib borish qonuni marjinalizmning asosiy printsipi 
hisoblanadi. Shunday qilib, narx xarajatlarga bog’liq bo’lmay, me’yoriy naflilikka qarab 
belgilanadi. 
Marjinalizmning iqtisodiy fikr rivojiga qo’shgan hissasi iste’molchilar ruhiyatini 
o’rganish, aniq iqtisodiy vaziyatda sub’ektning o’zini tutishi, erkin raqobat kurashi sharoitida 
firma faoliyatining samaradorligini oshirish bo’yicha matematikaga oid uslublardan foydalanish 
printsiplari bo’lib, hozirgi paytda ham nazariy tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida klassik maktab bilan marjinalizm maktabi o’rtasida kurash 
kuchaydi. Qator savollarga birida javob topilsa, ikkinchisida topilmay qoldi. Uchinchi, har 
ikkisini birlashtiruvchi nuqtai nazar zarur bo’lib qoldi. Bu vazifani iqtisodiy nazariyadagi 
navbatdagi, iqtisodiy ta’limot tarixiga neoklassik maktab bo’lib kirgan kontseptsiya bajardi. Bu 
yo’nalish asoschisi Alfred Marshall hisoblanadi. S. Millning shogirdi bo’lgan Marshall avval 
klassik maktab tarafdori bo’lgan, lekin marjinal tahlilning ijobiy tomonlariga befarq qarab 
turolmadi. 1890 yili uning «Iqtisodiyot printsiplari» (Principles of ecohomics) nomli kitobi 
nashrdan chiqdi. Unda Marshall «ekonomiks» atamasi bilan (politekonomiya) siyosiy iqtisodni 
nazarda tutgan. 
Kembrij universitetida 1902 yildan boshlab Q. S. Millning klassik maktabida siyosiy 
iqtisod kursini «Ekonomiks» egalladi. «Ekonomiks» atamasining ishlatilishi bejiz emas. XIX 
asrning ikkinchi yarmida yuz berib, deyarli yigirma yil davom etgan depressiya iqtisodiyotga 
davlatning aralashuvi uni tartibga solishga qodir emasligini ko’rsatdi. Erkin raqobatli bozorni 
ulug’lovchi A. Marshall bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g’oyasini 
ilgari surdi. U yangi atama — «ekonomiks» da ifodasini topdi.
Hozirgi kunda iqtisodiy nazariya bo’yicha ko’plab darsliklar aynan ana shu nom bilan 
nashrdan chiqmoqda. 
Marshall fikricha, iqtisodiyotdagi hodisalar bir-biri bilan sabab-oqibatli bog’lanishda 
emas, balki funktsional bog’lanishda bo’ladi. Narxning sabab-oqibatli bog’lanishda qanday qilib 
shakllanishi to’g’risidagi munozara hech narsa bermaydi. Muammo narx qanday belgilanishida 
emas, balki uning qanday o’zgarishida, bajaradigan funktsiyalarida. Shuning uchun iqtisodiy 
nazariyaning vazifasi boylik va uni oshirish sabablari, yo’llarini o’rganish bo’lmay, real amal 
qilayotgan bozor xo’jaligi mexanizmini o’rganish, uning amal qilish printsiplarini tushunishdan 
iborat bo’lishi kerak. 


A. Marshall bozor mexanizmining buzilishi faqat davlat aralashuvi bilan emas, balki 
sotuvchining hukmron mavqega ega bo’lib, xaridorning aralashuvisiz narx belgilaganda, ya’ni 
monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko’rsatadi. 
XX asr boshlarida monopoliyalar sonining o’sish tendentsiyasi kuzatildi. Bu 
tendentsiyani hisobga olgan holda neoklassik nazariya doirasida narxning shakllanishini tadqiq 
qilib, iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga Q. Robinson va E. Chemberlinlar katta hissa 
qo’shdilar. Ayniqsa, Qoan Robinson o’zining nomukammal raqobat sharoitida foydani 
maksimallashtirish asosida narxning tashkil topishi haqidagi fikrlari bilan eng mashhur 
iqtisodchi ayolga aylandi. 
XX asrning 30- yillarida yuz bergan inqiroz va Buyuk depressiya erkin raqobat 
jamiyatning barcha sotsial-iqtisodiy muammolarini hal qila olmasligini ko’rsatdi. 
Iqtisodiyotni tanglikdan olib chiqish uchun yangi g’oya zarur edi. Ana shunday g’oya 
bilan iqtisodiy nazariyaga K. M. Keyns kirib keldi. U o’z nazariyasi tarafdorlari bilan 
keynschilik maktabiga asos soldi. U rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga 
solib turish zarurligini asoslab berdi. Bunday tartiblash, eng avvalo yalpi talabga ta’sir etish 
orqali inflyatsiyaga, ish bilan bandlikka ta’sir ko’rsatish mumkinligini ko’rsatadi. 
Davlat iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatish orqali iqtisodiy inqirozlarni bartaraf qilishi mumkin. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin Keyns yo’nalishi iqtisodiy nazariyada hukmron 
nazariyaga aylandi. Ko’pgina mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishda uning takliflaridan 
foydalanildi. Lekin davlatning aralashuvi iqtisodiyotda qator salbiy holatlarga — byudjet 
taqchilligiga, davlat qarzining ko’payishi, inflyatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Xo’jalik 
hayoti byurokratlashib, iqtisodiy o’sish sur’ati pasaya bordi. 
XX asrning 50—60- yillaridan boshlab neoklassik yo’nalishda qator yangi maktab va 
oqimlar vujudga keldi. 
Bular neoliberalizm, monetarizm, instituttsionalizm va boshqalar. 
Neoliberalizm oqimi va uning mashhur vakillari F. Xayek, 
I. Shumpeter, L. Erxard asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada 
bo’lishiga, xususiy tadbirkorlikni o’sishiga qaratish lozimligini uqtiradilar. 
Monetar oqim vakillari va yangi monetaristik maktabning asoschisi M. Fridman 
iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqaligina amalga oshirish 
mumkinligini asoslab berdilar. 
Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning institutsional oqimi (lotincha institut so’zidan olingan 
bo’lib, tuzilish, muassasa ma’nosini bildiradi) tarafdorlari hamda ko’zga ko’ringan vakillariT. 
Veblen, Q. Gelbreyt va boshqalar fikriga ko’ra, iqtisodiyot — bu tizim. Xo’jalik yurituvchilar 
o’rtasida munosabatlar iqtisodiy va noiqtisodiy omillar ta’siri ostida vujudga keladi. Demak, 
jamiyat taraqqiyotiga erishishda faqat iqtisodiy omillargagina emas, balki noiqtisodiy, xususan 
ruhiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarga ham e’tibor berish lozim.
Iqtisodiy ta’limotning rivojlanishida respublikamiz iqtisodchi olimlari faoliyati ham 
o’ziga xos o’rin tutadi. Bu borada Prezidentimiz I. A. Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kabi asarlarida yoritilgan masalalar jahon 
miqyosida e’tirof etilmoqda. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling