Yana bir buyuk ajdodimiz
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) o’z asarlarida insonni
o’rab turgan dunyo bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatib, uning uchun mehnat hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan. U Forobiy va Ibn Sino fikrlarini
davom ettirishi bilan
birga, O’rta Osiyoda birinchi marta pulni tadqiq qildi. Pul almashuvning rivojlanishi natijasida
kelib chiqqanini ko’rsatdi.
Iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida
Yusuf Xos Hojib o’ziga xos o’rin tutadi. U o’zining
«Qutadg’u bilig» asarida jamiyatda mehnatning roliga baho beradi, moddiy ne’matlarning
xususiyatlari, pul va uning vazifalarini aniq ko’rsatadi.
Sharqda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Amir Temur va temuriylar hukmronligi
davri ham o’ziga xos o’rin tutadi.
Buyuk o’zbek shoiri,
mutafakkiri, davlat arbobi Alisher Navoiy o’zining qator asarlarida,
chunonchi
«Munshaot» da o’z iqtisodiy qarashlarini bayon qiladi. U jamiyatning sotsial-
iqtisodiy tuzilishi haqida o’z fikrini bildiradi. U davlat boyligining
manbai soliq ekanligini,
soliqni adolatli tarzda belgilash zarurligini uqtiradi, davlat moliyasi masalalariga katta ahamiyat
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: