Iqtisod moliya
Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
2
Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent, «O’zbekiston», 1997, 252-bet. I BO’LIM. IQTISODIYoTNING UMUMIY ASOSLARI I BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA TAHLIL USLUBI Biz yashar ekanmiz, turli-tuman ne’matlarni iste’mol qilishimiz zarur. Shuning uchun ham biz ularni ishlab chiqaramiz, ayirboshlaymiz, taqsimlaymiz va oxir-oqibatda iste’mol qilamiz. Resurslarni cheklanganligi sharoitida esa har bir faoliyatimiz taqqoslash, tanlash va qaror qabul qilish bilan bog’liq. Resurslarni cheklanganligi ulardan samarali foydalanishni obektiv zaruratga aylantiradi. Iqtisodiy xayot esa nihoyatda murakkab va ko’p qirrali. Maqsadga etishish uchun esa uni har taraflama chuqur o’rganishimiz zarur. Iqtisodiy hayotni turli iqtisodiy fanlar o’rganadi. Lekin ularning orasida iqtisodiyot nazariyasi o’zining fundamental xarakteri iqtisodiy fanlarga ilmiy- uslubiy asos bo’lib xizmat qilishi, amaliy tavsiyalar berishi bilan alohida ajralib turadi. Iqtisodiy muammolarni bilish, o’rganish o’z faoliyatida qo’llash nafaqat iqtisodchi mutaxassislar balki barcha uchun zarur. Chunki u murakkab iqtisodiyot dunyosini tushunishni, iqtisodiy, tahliliy fikr yuritishni o’rgatadi. Mazkur kitobning birinchi bo’limi iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslarini o’rganishni maqsad qilib, birinchi bob fanning predmeti va metodlariga bag’ishlangan. 1-§. Iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiy nazariyaning vujudga kelishi Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart-sharoiti, chunki hayot eng avvalo, tiriklik ne’matlari ishlab chiqarishni ob’ektiv zarur qilib qo’yadi. Insonlar hayot kechirishlari uchun o’z ehtiyojlarini qondirishlari shart. Qamiyat bor ekan, ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan ne’matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish mavjud va bu jarayon uzluksiz tarzda bir-biriga bog’liq holda yuz beradi. «Iqtisodiyot» so’zi odatda ikki va hatto uch ma’noda ishlatiladi. B i r i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu xo’jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli ne’matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini ta’minlash va yaxshilash tizimi. I k k i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu resurslar va jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xo’jaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. U ch i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, xo’jalik yuritish jarayonida odamlar o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi bilimlar majmui. «Iqtisodiyot» so’zining o’zagini «iqtisod» so’zi tashkil etadi. Iqtisod so’zining o’zbek tilidagi lug’aviy ma’nosi sarf-xarajatlarda tejamkorlik demakdir. Mashhur ma’rifatparvar vatandoshimiz Abdullo Avloniy iqtisodga shunday ta’rif beradi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling