Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

SO’Z BOSHI 
Biz qiziqarli, shu bilan birga anchayin qiyinchiliklar mavjud, o’zgarishlarga boy ajoyib 
zamonda yashayapmiz. Bir tomondan mustaqillikka erishib, ko’p narsalarga boshqacha nuqtai 
nazardan qaray boshladik. Ikkinchi tomondan, chuqur iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlarni 
amalga oshirib, bozor iqtisodiyotiga o’tar ekanmiz, albatta u o’ziga xos qiyinchiliklar, 
mashaqqatlarni ham keltirib chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish tufayli iqtisodiy fanlarni o’rganishga intilish kuchaydi. 
Chunki har bir kishi biladiki, farovon hayot kechirish uchun daromad topish zarur. Buning uchun 
avvalo, iqtisodiyotni, iqtisodiy masalalarni yaxshi bilish zarur bo’lsa, ikkinchidan ro’y 
berayotgan qiyinchiliklar, muammolarni hal etish uchun ham iqtisodiyotni, uning sir-asrorlarini 
mukammal bilmoq talab qilinadi. 
Ma’lumki, iqtisodiy hayotda doimo yangi-yangi muammolar, savollar vujudga kelib 
turadi. Masalan, qanday qilib millionlab kishilarning faoliyati muvofiqlashtiriladi? Hozirgi 
murakkab, mislsiz turli-tuman ne’matlar ishlab chiqarilayotgan bir paytda inflyatsiyani qanday 
qilib tugatish mumkin? Inqirozdan chiqishning qanaqa yo’llari bor? Iqtisodiyotda tushkunlikni 
to’xtatgach, uni rivojlantirish uchun qanday yo’l tutish mumkin va hokazo. 
Hech qanday nazariya, kontseptsiya bu savollarga aniq javob, tayyor tavsiya berishga 
qodir emas. Chunki har bir mamlakatdagi vaziyat boshqalaridan farq qiladi. Lekin to’g’ri yo’l 
topish uchun allaqachon boshqalar boshidan kechirgan, ular bosib o’tgan yo’lni o’rganish zarur. 
Qamiyatda qaytariladigan tipik faktlarni, aniq voqelikni o’rganib barqaror tendentsiyalarni 
aniqlash zarur. 
Vaziyatga muvofiq nostandart qaror qabul qilish uchun muammoning echimini asoslab 
beradigan keng axborot, ishonarli hisob-kitob hamda echimning turli variantlari ichidan eng 
maqbulini tanlash kerak. 
Ma’lumki, hozirgi paytda siyosatning asosiy muammolari bu iqtisodiy muammolar 
bo’lib, ularni tushunmay turib, bu muammolarni echish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab yoki 
berilgan maslahatlarning qaysi biri diqqatga sazovor ekanligini ajratib bo’l-maydi. 
Buning uchun esa iqtisodiyot nazariyasini chuqur o’rganish zarur. Chunki bu fan 
iqtisodiyotni o’rganishda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham mashhur iqtisodchi olim P. 
Samuelson uni «fanlarning qiroli» deb atagan. 
Zamonamizning taniqli iqtisodchilaridan M. Fridman iqtisodiyot nazariyasini maftunkor 
fan, u shunisi bilan ajoyibki, uning fundamental printsiplari oddiy, ularni bir varaq qog’ozga 
yozish mumkin. Shunday bo’lsa-da, uni kamdan-kam odam tushunadi, degan. 
Buyuk iqtisodchilardan biri Q. S. Mill «Siyosiy iqtisod printsiplari» asarida iqtisodiyot 
nazariyasi fani amaliyotni umumlashtirib, dalillar, hodisalardan xulosa chiqarish va shular 
asosida tavsiyalar berish, kelajakni ko’ra bilishga o’rgatishini ta’kidlagan. Uning fikricha, fan — 
bu tajriba, sinab ko’rilgan haqiqatni yig’ish bo’lsa, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi tavsiyalar berish, 
qaror qabul qilish san’atdir. Ana shunday san’atga ega bo’lish uchun esa avvalo, fanni chuqur 
o’rganish zarur. 
Iqtisodiyot nazariyasi tayyor qonun-qoidalar to’plami bo’lishi mumkin emas. Ularni fakt 
va raqamlar, yuz berayotgan jarayonlarni tahlil qilish orqali izlab topish, tekshirish, xulosa 
chiqarish kerak. Amaliy qoidalar va aniq tavsiyalar esa har bir insonning iqtisodiy bilimi, 
vaziyatni to’g’ri baholay olish qobiliyati, bosh-qalardan ajralib turadigan shaxsiy intuitsiyasiga 
bog’liq. Ketma-ketlikni ilg’ay bilish, ularning aloqadorligini mantiqiy tushunish kerak. Buning 
uchun ham nazariyani, qoidalarni, xulosalarni, natijalarni o’rganish kerak. 
Umuman olganda, kishilik jamiyati taraqqiyotida ijtimoiy fanlar, jumladan iqtisodiyot 
nazariyasi muhim o’rin tutadi. 
«Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyoqarashining shakllanishida 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling