Iqtisod moliya
-§. Bozor iqtisodiyotiga o’tish umumiqtisodiy jarayon
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
1-§. Bozor iqtisodiyotiga o’tish umumiqtisodiy jarayon
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, borgan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII—XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklar bo’lgan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Dastlab, yakka xususiy mulk monopoliyasi hukmron bo’lib, kapitalistik jamiyatga xos ziddiyatlar kuchaygan XIX asr o’rtalarida marksistik g’oya vujudga keldi. Bu g’oyaga binoan jamiyat a’zolarining farovon yashashi, adolat o’rnatilishi uchun adolatsizlikning bosh manbai — xususiy mulkchilik yo’qotilishi lozim edi. Shu g’oyaga binoan sobiq Ittifoq va boshqa ayrim mamlakatlarda xo’jalik yuritishning alternativ varianti tarzida ma’muriy-buyruqbozlik, markaziy rejalashtirishga asoslangan xo’jalik yuritish vujudga keldi. Bu xo’jalik yuritish shaklida: a) xususiy mulkchilikni yo’qotish; b) bozor — tovar — pul munosabatlarini tugatish; v) ne’matlar va resurslarni taqsimlashning bozor mexanizmi o’rniga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan davlat taqsimoti va nazoratini o’rnatish; g) har bir kishining yaratilgan ne’matlardagi ulushini qilgan mehnatiga qarab belgilash, mehnat miqdorini esa ish vaqti asosida aniqlash ko’zda tutildi. Tarixiy paradoks shundaki, marksizmning asosiy kontseptsiya- si — insonni nurli kelajakka olib borishning nazariy jihatdan ilgari surilgan g’oyasi bilan tarixiy tajribada erishilgan natija keskin farq qildi. Tarixiy tajriba ijtimoiy mulkchilikka bir markazdan, reja asosida boshqarishga asoslangan iqtisodiyot sarob ekanligini ko’rsatdi. Shunday bo’lishi muqarrar edi. Sababi, xususiy mulkchilikka barham berib, ijtimoiy, ya’ni davlat mulki monopoliyasini o’rnatilishi bozor munosabatlarini cheklash, monopolizmni vujudga keltirish va bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’lgan raqobatni yo’qolishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida yuqori darajada bajarilgan ishni rag’batlantirish mehnat bozoridagi raqobat orqali hal etiladi. Aynan mehnat bozoridagi raqobat mehnatning yuqori unumdorligi va ish sifatini ta’minlaydi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat esa xarajatlarni pasaytirish, mahsulot sifatini yaxshilashga olib keladi. Narxlarning erkinligi esa zarur tovar va xizmatlar mo’l-ko’lligini ta’minlaydi. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan xo’jalik yuritishda ish haqi markazlashgan tarzda stavkalar asosida reja bo’yicha belgilangan. Iqtisodiy rag’batlantirishdan ko’ra mehnatga majbur qilish ko’proq rol o’ynagan. Korxonalarda mablag’larni muqobil ishlatishning iloji yo’q, chunki butun faoliyat rejadan chiqmasligi kerak edi. Zarar keltiradigan korxonalarning bankrot bo’lish xavfi yo’qligi ularning samarali ishlash zaruratini yo’qqa chiqardi. Zarar keltiradigan korxonalar dotatsiya olar, foyda keltiradiganlar mablag’i byudjetga o’tkazilardi. Foydaning rag’batlantiruvchi roli yo’qqa chiqarildi. Asosiy maqsad direktiv reja topshiriqlarini bajarishga qaratildi. Xar bir korxonaning ish faoliyatiga rejani bajarishga qarab baho berildi. Belgilangan narxlarning qat’iyligi ham samarasiz xarajatlar ko’payishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, taqchillikning asosiy sabablaridan biriga aylandi. Bozor iqtisodiyoti esa demokratiyaga asoslangan. Iqtisodiy demokratiyaning asosiy bozor. U iqtisodiyotdan tortib jamiyat hayotining siyosiy, huquqiy-ma’naviy tomonlarigacha demokratlashuviga olib keladi. Bozor munosabatlari tizimida shunday rag’batlantiruvchi kuch jamlanganki, u muttasil iqtisodiy o’sish va sotsial rivojlanishni ta’minlaydi. Bozor tizimining afzalligini Tailand, Taybey, Janubiy Koreya, Singapur kabi Osiyo mamlakatlari ham namoyish etdi. Xozirgi paytda Xitoy, Sharqiy Germaniya (sobiq GDR), Vetnam ham uning ustunligini ko’rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish tarixiy ob’ektiv zarurat bo’lib, kelajakda ravnaq topishning, oqilona xo’jalik yuritishga erishishning yagona yo’li sifatida O’zbekiston ham bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling