Iqtisod moliya


«Shvetsiya», «Janubiy Koreya», «Xitoy»


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

«Shvetsiya», «Janubiy Koreya», «Xitoy» modeli va boshqalar hisoblanadi. 
«AQSh modeli» liberal model sifatida xarakterlanadi. Amerikacha andazaning o’ziga 
xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng yoyishga, ommaviylikka erishishni 
ta’minlashga asoslanganligidir. U jamiyat a’zolaridan har birining ishbilarmonlik faoliyatini 
qo’llab-quvvatlash, iqtisodiy faoliyatni, xususiy manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart-
sharoit yaratishga qaratilgan. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ayrim ziddiyatlar, pasayish va 
inflyatsiya singari salbiy holatlar ko’plab sug’urta, xayriya jamg’armalari, qolaversa, davlat 
yordamida hal etiladi. Bunda davlat qonunlar (ular hamma sohani qamrab olgan) to’la va to’g’ri 
bajarilishini kuzatib boradi. 
U boshqa modellardan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: 
— davlat mulki ulushining kamligi (sanoatda, aktsionerlik kapitalida davlat kapitalining 
hissasi 10%. Buyuk Britaniyada esa 24%, Frantsiyada 34%, Italiyada 38%); 
— tadbirkorlikni keng ravishda qo’llab-quvvatlash. Kichik biznes 90- yillarda yangi ish 
o’rinlarining 90% ini tashkil etgan; 
— iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning minimal darajada aralashuvi (iqtisodiyotda 
chuqur inqiroz ro’y berib, tanglikdan olib chiqish jarayonida (60- yillarda), qashshoqlik bilan 


kurash yillarida davlat aralashuvi yuqori bo’lgan, 70- yillardan boshlab davlat aralashuvi 
qisqarib borgan); 
aholining tabaqalanishi kuchli, kam ta’minlangan aholining hayot kechirish darajasi 
past; 
— ish haqida katta farq mavjud (firma boshliqlari bilan ishchi-xizmatchilar o’rtasidagi 
tafovut 110 martadan ortib ketadi). 
Xozirgi paytda AQShda aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan yalpi milliy mahsulot 28 
ming dollarga teng. 
«Yaponcha model». U ikkinchi jahon urushida vayronaga aylangan mamlakat 
aholisining qattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni har tomonlama va so’zsiz qo’llab-quvvatlashi, 
vatanparvarlik tuyg’usi asosida yaratilgan. Yaponiya harbiy xarajatlardan voz kechgach, tinch-
lik maqsadida barcha resurslarni to’plash va ishlatish hamda sanoatda iqtisodiy potentsialni 
o’stirish imkoni yaratildi. Eng avvalo, ishlab chiqarish eksportga mo’ljallab, moslashtirilib 
valyuta ishlab topildi, uning evaziga xorijiy mamlakatlardan, ayniqsa Amerika va o’arbiy 
Evropadan eng yangi texnika, texnologiya, litsenziya, patent, «nou-xau» sotib olinib, yuqori 
mehnat umumdorligiga erishildi. Tadbirkorlik qo’llab-quvvatlandi. Jahon bozorida xom ashyo va 
yoqilg’ining arzonlashuvi, nisbatan arzon ish kuchi, katta harbiy xarajatlarning yo’qligi 
Yaponiya eksportining ortib borishiga olib keldi. Bu borada yirik kompaniyalarni qo’llab-
quvvatlash, mamlakatda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga alohida ahamiyat berilishi katta rol 
o’ynadi. Aholining tabaqalanishi dastlab kuchaygan bo’lsa, maqsadga erishilgach, aholining 
ehtiyojmand qismiga davlat va firmalar yordami kuchaytirildi, umumiy farovonlikka erishildi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling