Iqtisod moliya


II. Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

II. Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib 
rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo’li. 
 Bu yo’l mustamlakachilikdan qolgan qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o’tish yo’lidir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar turli xo’jaliklar: azaliy 


natural xo’jalik, rivojlanish darajasi, bozor munosabatlariga tortilishi jihatidan farq qilishiga 
qaramay, transformatsiya (aylana borishi) orqali yuz beradi. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
bozor iqtisodiyotiga o’tish: 
a) bozor infrastrukturasini yaratish; b) iqtisodiyotni barqarorlashtirish; v) sanoat tarmoqlarini 
(ayniqsa, qayta ishlovchi) vujudga keltirish orqali yuz beradi. 
Bu mamlakatlar uchun bozor iqtisodiyotiga kirib borish mustaqillik garovi hisoblanadi. 
Sababi bozor iqtisodiyotiga o’tish ishlab chiqarishni jadal o’sishiga olib keladi. 
III. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li. Bu 
mamlakatlarda davlat mulki hukmron mavqega ega bo’lib, iqtisodiyot davlat tomonidan 
markazlashgan tarzda tuzilgan rejalar asosida boshqarilgan. Yaratilgan mahsulot ham davlat 
tomonidan taqsimlangan. 
Totalitar iqtisodiyotning bozor bilan umumiyligi yo’q, ular bir-biriga zid, tabiatan har xil. 
Shuning uchun ham bu modelda aholiga bozor munosabatlari g’oyalarini singdirmay, ularga 
yangicha ko’nikma hosil etmay turib, bozor iqtisodiyotiga o’tib bo’lmaydi, lekin bu tizimning 
afzalligi shundaki, u o’ziga xos usullar bilan kuchli ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kadrlar 
potentsialini yaratgan. Ularga tayangan holda bozor iqtisodiyotiga o’tish nisbatan engil kechishi 
mumkin. 
Bu tizimga kirgan mamlakatlarda xususiy mulk tamomila yo’qotilgan yoki qisman 
mavjud. Tadbirkorlikka intilish, iqtisodiy taraqqiyot darajasi turlicha, masalan, Polsha, Vengriya, 
Germaniya Demokratik Respublikasida xususiy mulkchilik ancha saqlangan. Sobiq Ittifoqda esa 
aksincha, xususiy mulk tamomila yo’qotilgan. 
Bularning hammasi albatta, bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’z ta’sirini o’tkazadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar ikki yo’l: a) bozor iqtisodiyotiga tezlik bilan 
o’tish; b) bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
GDR (GFR bilan qo’shilib yagona davlat vujudga kelishi tufayli), Polshada qisqa 
muddatda bozor iqtisodiyotiga o’tish amalga oshirildi. 
Boshqa mamlakatlarda o’z xususiyatlaridan kelib chiqib, bozor iqtisodiyotiga o’tish 
bosqichma-bosqich amalga oshirilib, turli muddatlarni talab etadi. 
O’tkaziladigan islohotlar, ko’riladigan chora-tadbirlar ham farq qiladi. Lekin sobiq 
sotsialistik mamlakatlarning bozor iqtisodiga o’tish modellarining umumiy tomonlari mavjud 
bo’lib: a) bozor iqtisodiyotiga o’tishning huquqiy asoslarini yaratish; 
b) bozor infrastrukturasini shakllantirish; v) davlat mulk monopoliyasini sindirib, 
mulkchilikning, xo’jalik yuritishning turli shakllarini vujudga keltirish; g) narx ustidan davlat 
nazoratini minimallashtirish, narx-navoni erkinlashtirish va bosh-qalardan iborat. 
Umuman olganda o’zining yorqinligi, samaradorligi, erishgan yutuqlari bilan jahon 
iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan modellar «Amerika», «Yaponiya», «Germaniya», 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling