Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja


Download 21.18 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi21.18 Kb.
#1840178
  1   2   3   4
Bog'liq
фалсафа 2 мав. ресурс


Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari.
Reja:
1. Olam va odam borlig`i. Borliq tushunchasining mohiyati.
2. Materiya, uning tuzilishi va xossalari va mavjudlik shakllari.
3. Borliq va uning mavjudlik usullarini o`rganishning ahamiyati.
4.O`zgarish, harakat, taraqqiyot va o`zaro aloqadorlik tushunchalari. Taraqqiyot to`g`risidagi turlicha nazariya va konsepsiyalar.
5.Qonun va qonuniyat tushunchalari. Falsafiy qonunlar va kategoriyalar.

1. Olam va odam borlig`i. Borliq tushunchasining mohiyati.

Ontologiya–borliq haqidagi ta’limot. Falsafaning borliq to`g`risidagi fundamental tamoyillarini o`rganuvchi sohasi.


Olam tushunchasi keng qamrovli va keng yo`nalishli tushuncha bo`lib, ma’lum maоnoda voqelikka tizimli yondoshishni talab qiladi. Masalan, elementar zarrachalar olami tushunchasi odamga ma’lum bo`lgan va hali ma’lum bo`lmagan barcha elementar zarrachalarni qamrab oladi.
Inson borlig`i. Alohida odam borlig`i hamda insoniyat borlig`i o`ziga xos hodisadir. Shuningdek, ularning har ikkalasiga xos bo`lgan umumiylik ham bor. Inson jismi tabiatniki, shu ma’noda u jismlar ichidagi jismdir. Uning tabiatga tegishli bo`lgan jismi o`tkinchi. Odam umrini nechog`lik darajada o`zaytirishga o`rinmaylik, birinchi galda u tabiat jismi bo`lib qolaveradi. Olamning namoyon bo`lish shakllari xilma-xildir. Faqat moddiy jismlargina o`ziga qamrab oluvchi olamni moddiy olam odamning ma’naviy, ruhiy dunyosini qamrab oluvchi olamni ma’naviy olam deyishadi.
Borliq tushunchasining mohiyati. Ob’ektiv va sub’ektiv borliq.
Borliq – bir butun olam va undagi narsa va xodisalardan tortib, inson xayoti, ongi, kishilar faoliyatining barcha ob’ektiv va subektiv sharoitlari, xatto jamiyatda sodir bo`ladigan butun jarayonlardan iborat xamma realliklarni o`z ichiga oladi. Falsafiy kategoriyalar ichida boshlang`ich kategoriyadir.
Har qanday falsafiy fikr borliq to`g`risidagi tushunchadan boshlanadi. Borliq nima degan masala hamisha falsafiy tafakkur yuritishning asosi bo`lib kelgan. Bu masala falsafa paydo bo`lgan paytidan boshlangan, falsafa tarixining o`zoq davom etgan bosqichlarida borliq masalasi u bilan yonma-yon yashadi. Bu abadiy muammodir, uning mazmuni nihoyatda chuqur.
Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida “borliq” so`zini tor va keng ma’noda tushinish hollariga duch kelamiz. Tor ma’noda “borliq” ongga bog`liq bo`lmagan ob’ektiv olamni bildiradi; keng ma’noda - bu barcha mavjud narsalardir.
Borliqning antitezisi, teskarisi “Yo`qlik” hisoblanadi. Borliq va Yo`qlik biri-birisiz mavjud emas, agar ularning bir-biriga o`tishini yo`q qilinsa, hamma narsa o`z ahamiyatini yo`qotishi mumkin.
Inson borlig`i. Alohida odam borlig`i hamda insoniyat borlig`i o`ziga xos hodisadir. Shuningdek, ularning har ikkalasiga xos bo`lgan umumiylik ham bor. Inson jismi tabiatniki, shu ma’noda u jismlar ichidagi jismdir. Uning tabiatga tegishli bo`lgan jismi o`tkinchi. Odam umrini nechog`lik darajada o`zaytirishga o`rinmaylik, birinchi galda u tabiat jismi bo`lib qolaveradi. Ayni vaqtda odam inson, insoniy mohiyatga egaligi, ijtimoiy munosabatlarni o`zida gavdalantiradi.

Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling