FALSAFIY KATEGORIYALAR
Olam mavjudligi va o`zaro aloqadorligining umumiy va xususiy jig`atlari.
Dialektika - borliq xilma-xilliklari o`rtasidagi umumiy bog`lanishlar, aloqadorliklar, butun harakatlanishi, o`sishi, o`zgarishi va rivojlanishi to`g`risidagi ta’limotdir. Rivojlanish va taraqqiyot, o`zaro aloqadorliklar esa tabiat , jamiyat va inson tafakkuriga xosdir.Dialektika, avvalo, umumiy bog`lanishlar va aloqadorliklar to`g`risidagi fandir.
Dialektika o`rganadigan borliqning eng umumiy aloqadorliklari va bog`lanishlari falsafada quyidagi tushunchalar orqali ifodalanadi:
a) Yakkalik , xususiylik va umumiylik;
b) Butun va qism;
v) Mohiyat va hodisa;
g) Sistema, struktura, element;
d) Mazmun va shakl;
e) Sabab va okibat;
j) Zaruriyat va tasodif;
z) Imkoniyat va voqeilik
Do'stlaringiz bilan baham: |