1. Kirish. Ekologiyaning nazariy asoslari Tabiat va jamyat munosabatlari Kirish
Download 26.08 Kb.
|
1-Mavzu
1.Mavzu:Kirish “Ekologiya va Tabiatni muhofaza qilish” fanining nazariy asoslari Reja 1.Kirish. 2. Ekologiyaning nazariy asoslari 3.Tabiat va jamyat munosabatlari Kirish.Tabiat o’ziga xos murakkab tizim bo’lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o’z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziq-ovqat, mineral va yoqilg’i xomashyolarini oladi va o’zining hayot faoliyati davomida tabiatga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo’lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo’llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo’jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi sonining keskin o’sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko’proq foydalanish va shu yo’l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson o’rtasidagi o’zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi. Hozirgi kunga kelib, butun dunyodagi ekologik holat ko’pchilikni birdek bezovta qilmoqda. Ekologik halokat ko’z o’ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samaraii foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik inqirozning sababchisi va o’z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli etuvchisi ham Inson ekanligi ma’lum bo’lib qoldi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko’p jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qat’i nazar insonlaming ekologik savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog’liq. Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolarni hal qilish uchun aholining ekologik savodxonligini oshirish eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari» fanini 0’qitish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, hozirgi kunda umumta’lim maktablarida, maxsus litsey va ixtisoslashtirilgan o’quv yurtlarida, shuningdek, oliy o’quv yurtlarida ekologiya fani o’qitilmoqda. Bu hoi ta’limning har bir bosqichiga mos keladigan darslik va o’quv qo’llanmalarini yaratishni taqozo qiladi. Ekologiya fani nihoyatda ko’p tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Masalan, bioekologiya, geoekologiya, ijtimoiy ekologiya, inson ekologiyasi va hokazo. Ekologiyaning barcha sohalarini faqat ayrim soha mutaxassisi o’zlashtirib olishi qiyin. Shuning uchun hozirga qadar ekologiya bo’yicha yaratilgan darslik yoki o’quv qo’llanmalari uning mualliflari sohasiga moslab yozilgan. Shuning uchun mavjud darslik va o’quv qo’llanmalari aynan shu soha bo’yicha ta’lim oluvchi yoki shu soha bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar uchun ayni muddao. Ushbu darslik mualliflarning bir necha yillar davomida turli ta’lim yo’nalishlarida bilim oluvchi talabalarga ekologiya fanidan dars berish jarayonlarida to’plagan materiallari asosida tayyorlandi. Uni yozish davomida respublikamizda chop etilgan ekologiyaga doir barcha darslik va o’quv qo’llanmalaridan, shuningdek, chet el adabiyotlaridan keng foydalanildi. Darslikda ekologiyaning barcha tarmoqlarini qisqacha yoritishga, talabalar maxsus ekologiyani to’la tushunib olishlari uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslarini yoritib berishga harakat qilingan. Darslikda ekologiyaning umumiy masalalari, havo, suv, yer va biosferaning ifloslanishi, ifloslantiruvchi manba va moddalari, ifloslanish oqibatlari, ularni bartaraf qilish chora-tadbirlari, atrof-muhit muhofazasini tashkil etish va uning huquqiy asoslari, xalqaro ekologik hamkorlik, ekologik tarbiya va ta’lim masalalari yoritilgan. Har bir mavzu mohiyatini ochib berishda awal dunyo bo’yicha ma’lumotlar berilib, so’ngra respublikamizdagi ahvol talqin qilingan. Shuningdek, darslikda fransiyalik professor Fransua Ramadening «Ekologiya asoslari» nomli kitobidan o’zbek tiliga tarjima qilingan ma’lumotlar va turli chizmalardan keng foydalanilgan. Download 26.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling