2. Materiya, uning tuzilishi va xossalari va mavjudlik shakllari.
Substansiya so`zi lotinchadan olingan bo`lib, mohiyat degan ma’noni bildiradi. Falsafiy ma’noda substansiya deyilganda dastavval borliq, tabiat, jamiyat, inson va yaxlit olamdagi barcha narsa- hodisalarning asosini tashkil etadigan yo moddiy, yo ma’naviy birlamchi narsa tushuniladi.
Materiya-moddiy ob’ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalanadiganuchunqo`llaniladigan falsafiy tushuncha bo`lib, ob’ektiv borliqni real shaklini ifodalaydi.Ob’ektiv reallikinson ongidan tashqarida va unga bog`liq bo`lmagan narsalardir; materiya - bilib olinadigan ob’ektiv reallikdir. Borliqning mavjudligi o`zgarishlar bilan belgilanadi. Har qanday o`zgarish harakatdir. Shunday qilib borliq mavjudligining asosiy usuli harakatdir
3. Borliq va uning mavjudlik usullarini o`rganishning ahamiyati.
Fazo va vaqt falsafiy va umumilmiy fundamental kategoriyalar sirasiga kiradi. Buning sababi shundaki, ular borliqning eng umumiy holatini aks ettiradi va ifodalaydi. Fazo va vaqt o`lchamlari va ularning cheksizligi muammosi. Makon va zamon abadiyligi va uzlishsizligi tamoyili.Fazo va vaqt to`g`risidagi falsafiy qarashlar muhim metodologik ahamiyatga egadir. Ayniqsa, kishilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ularning roli kattadir. Vaqtning takrorlanmasligi, qaytmasligi inson dunyoda bir martagina yashashini ko`rsatadi, unga ko`ra bu hayotni ma’naviy jihatdan to`g`ri tashkil etish, tevarak-atrofni o`rab olgan dunyoga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo`lish inson hayotining ma’no va mazmunini tashkil etish kerak.
4. O`zgarish, harakat, taraqqiyot va o`zaro aloqadorlik tushunchalari. Taraqqiyot to`g`risidagi turlicha nazariya va konsepsiyalar.
D i a l e k t i k afalsafa tarixida, dastlab, o`zaro baxs munozara olib boruvchi kishilarning fikr va munozaralaridagi qarama-qarshi zid fikrlarning to`qnashuvi orqali haqiqatni aniqlash ma’nosini anglatgan.
Dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining, ulardagi narsa va hodisalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik va bog`lanishlarning eng umumiy qonunlari to`g`risidagi fandir.
O b ’ e k t i v d i a l e k t i k a - moddiy dunyoning, undagi narsa va hodisalarning aloqadorlik va bog`lanishlari, ularning harakati, rivojlanishi va taraqqiyotidir.
S u b g` e k t i v d i a l e k t i k a - moddiy dunening inson miyasidagi in’ikosiga xos bo`lgan bilish jarayoni sub’ektiv dialektikasidir.
S o f i s t i k a - yunoncha so`zdan olingan bo`lib, bilib turib, ataylab xato asoslar asosida, ko`p ma’noli so`zlarga asoslanib, xato asoslardan yolg`on
E k l e k t i k a – yunoncha tanlayman, degan ma’noni anglatadi. Uning mohiyati turli qarama-qarshi nazariyani, qarashlarni korishtirib yuborishdan iborat.
D o g m a t i k a - yunoncha, o`zgarmas, qotib qolgan, aqida degan ma’nolarni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |