Iqtisod moliya


-§. Bozor iqtisodiyotiga o’tish modellari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

2-§. Bozor iqtisodiyotiga o’tish modellari 
 
XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o’tish global, ya’ni umumjahon voqeligiga aylandi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish murakkab jarayon, shuning uchun u uzoq vaqt davom etadi. Undan 
tashqari, har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bozor iqtisodiyotiga 
o’tishning turli modellari, yo’nalishlari asosida amalga oshadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li quyidagi omillarga bog’liq: 
1) geografik o’rin; 
2) tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zaxirasi
3) tarixiy taraqqiyot darajasi; 
4) aholining an’analari va urf-odatlari; 
5) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi; 
6) jamiyatning ijtimoiy yo’nalishi. 
Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti modellarining umumiy tomonlari bo’lib, bular: 
a) bozor iqtisodiyotining turli-tuman mulkchilikka asoslanganligi; 
b) tovarlar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi; 
v) raqobat kurashiga asoslanishi; 
g)iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum tizimi mavjudligi va 
boshqalardan iborat. 
Bozor iqtisodiyoti barcha mamlakatlarda o’z xususiyatlari va umumiy tomonlarining 
o’ziga xos qorishmasidan iborat bo’lib, ilmiy iqtisodiyotda har xil model (andaza) tarzida 
ifodalanadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish modellarini tarixiy nuqtai nazardan 3 guruhga bo’lish 
mumkin. 
Ana shunday guruhlarga bo’lishning mezoni qilib, 
a) davlat dasturlarining maqsadi, yo’nalishi; 
b) iqtisodiyotni tartibga solish usullari; 
v) iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi; 
g) ish haqidagi farq kabilar olinadi. 
 I. Ѓarbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li. Bunda 
bozor iqtisodiyotiga evolyutsion o’zgarishlar orqali o’tib boriladi. XX asrning 30- yillariga kelib
ayniqsa 50- yillardan bu jarayon yanada tezlashdi. Bu modelni iqtisodchilar klassik model deb 
atashadi. U bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilishi 
mumkin. Chunki, klassik modelda bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalari, hayotiyligi sinab 
ko’rilgan. Klassik modelning o’zi ham 3 ga bo’linadi.
1.Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli ko’proq fuqarolar manfaatini himoya qilish, uzoq 
muddatli dasturlar ishlab chiqish, aholining haddan ziyod tabaqalanishiga yo’l qo’ymaslik, 
davlat mulkining ulushining boshqa modellarga qaraganda ko’pligi (25—30%) bilan ajralib 
turadi. Bu model Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlariga xos. 
2.Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modelida esa davlat tadbirkorlikni rivojlantirish 
uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni tartiblashda ustun darajada taktik usullardan foydalanishi, 
iqtisodiyotda davlat mulkining hissasi (10% atrofida) kamligi, aholining tabaqalanishi, kuchli ish 
haqidagi farqning kattaligi bilan ajralib turadi. Bu modelni qo’llagan eng tipik mamlakat sifatida 
AQShni ko’rsatish mumkin. 
3.Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini himoya qilish, 
asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berish, davlat mulki hissasi 
kamligi, lekin ish haqidagi farq haddan tashqari katta emasligi bilan farqlanadi. Bu muhim 
muvaffaqiyat bilan Yaponiyada va uning izdoshlari bo’lgan mamlakatlarda qo’llangan.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling