XIIBOB. SARF-XARAJATLAR VA
FOYDA NAZARIYaLARI
Iqtisodiyot murakkab, ko’p bosqichli tizim. Uning barcha bo’g’inlari o’zaro bog’liq va
bir-birini taqozo qiladi. Firma, korxona tarmoqlar, uy xo’jaligi faoliyat yuritish printsiplari
iqtisodiyotni bir butun tizim sifatida rivojlanishi qonunlaridan farq qilishi mumkin emas.
Shuning uchun ham iqtisodiyot nazariyasi cheklangan resurslardan
samarali foydalanish
muammolarini mikrodarajada hamda makrodarajada o’rganadi.
Rusurslarni etishmasligi, ehtiyojlarni esa cheksizligi iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh
masalasi, aynan ana shu muammo bizni tanqis resurslardan samarali foydalanish metodlarini
qidirishiga majbur qiladi. Uni ikki yo’l bilan hal qilishga urinishadi:
1.Mavjud resurslarni to’la
bandligi, ishlatilishini ta’minlash. U makroiqtisodiy tadqiqot
predmeti.
2.Ishlatilayotgan resurslarni tejab, tergab samarali foydalanish,
unga mikroiqtisodiy
darajadagi tahlil yordam beradi.
Mazkur bob aynan mikrodarajada resurslardan foydalanish masalalariga qaratilgan. U
xarajatlar va foyda nazariyalariga bag’ishlangan bo’lib, unda xarajatlar va ularning tarkibiga turli
jihatdan yondashgan holda ularni guruhlarga ajratib o’rganiladi. Foyda xaqida to’xtalar ekanmiz
normal foyda, iqtisodiy foyda, balans bo’yicha foyda tushunchalariga ham diqqat qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: