Iqtisod moliya
Ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq va uning qay darajada optimal ekanligini
aniqlashda doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar, yalpi, o’rtacha xarajatlar; qo’shimcha xarajatlar samarasini va ishlab chiqarishning samarali hajmini aniqlashda me’yoriy xarajatlar; real imkoniyatlardan qay darajada foydalanganlikni aniqlashda haqiqiy va zimmadagi xarajatlar; iqtisodiy resurslarni jalb etilishiga ko’ra ichki va tashqi xarajatlar; ishlab chiqarishning quvvati, miqyos o’zgarishi nuqtai nazaridan qisqa muddatli va uzoq muddatli xarajatlar kabi guruhlarga bo’linadi. Iqtisodiy xarajatlar birinchidan, eng avvalo firma, korxona nuqtai nazaridan ichki va tashqi xarajatlardan iborat. Tashqi xarajatlar bu — chetdan sotib olingan mehnat resurslari, xom ashyo, yonilg’i, transport xizmatlari, energiya va boshqalar. Boshqacha ayt-ganda, o’ziga tegishli bo’lmagan resurslar uchun to’lovlardan iborat. Ichki xarajatlar bu — firma, korxonaning o’z ixtiyoridagi resurslar qiymatining puldagi ifodasi yoki boshqacha aytganda, bu resurslarni chetdan olganda to’lanishi mumkin bo’lgan pul miqdoridir. Bu xarajatlar firmaning o’zini bino, inshoot, mashina, uskuna, ishlatish uchun qarzga olingan mablag’, unga to’lanadigan foiz bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, ichki xarajatlarga normal foyda ham kiradi. Normal foyda bu — tadbirkorlik omiliga tegishli. Bu tadbirkorlik talantini saqlab, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga imkoniyat yaratadi, bo’lmasa tadbirkor daromad olib keladigan boshqa faoliyat bilan shug’ullanishi, masalan, ish haqi yoki maosh olib ishlashi mumkin. Iqtisodiy xarajatlar yoki zimmadagi xarajatlar, ikkinchi tomondan buxgalteriya hisobida aks etgan haqiqiy xarajatlar hamda boy berilgan imkoniyat xarajatlaridan iborat. Boy berilgan imkoniyat xarajatlari bu - o’z resurslarini muqobil ishlatish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan daromadlardir. Masalan, kapitaliga foiz, bino, inshootlar, mashina-uskunalarni o’zi ishlatmay ijaraga berib, ijara haqi olishi, tadbirkor menejerlik qilib ish haqi olishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar buxgalteriya kalkulyatsiyasida aks etgan xarajatlardan tashqari, ularda aks etmagan o’z resurslari va imkoniyati muqobil variantlaridan foydalanib olishi mumkin bo’lgan samara yoki boy berilgan imkoniyat xarajatlari (boshqacha aytganda, olish mumkin bo’lgan daromadlar)dan iborat. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling