Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Testlar
1.Muomala vaqti bu… a)tovarni oldi-sotdi qilish, zahirada turish vaqti; b)tovarlarni ishlab chiqarish joyidan bozorga olib borish, oldi-sotdi qilish, zahirada turish vaqti; v)tovarlarini ishlab chikarilgan joydan bozorga olib borish, oldi-sotdi qilish vaqti; g)tovarlarini ishlab chikarilgan joydan bozorga olib borish, zahirada turish vaqti; d)tovarlarini ishlab chikarilgan joydan bozorga olib borish, oldi-sotdi qilish, tanaffuslar vaqti; 2.Tadbirkorlikka iqtisodiy adabiyotlarda uch jihatdan qaraladi: a)iqtisodiy kategoriya, xo’jalik yuritish uslubi, iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida; b)iqtisodiy kategoriya, xo’jalik yuritish uslubi, mulk egasi sifatida; v)xo’jalik yuritish uslubi, iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida mulk egasi sifatida; g)xo’jalik yuritish uslubi, mulk egasi, daromad topishning o’ziga xos tipi sifatida; d)iqtisodiy kategoriya, xo’jalik yuritish uslubi, daromad topishning o’ziga xos tipi sifatida; 3.Jahon iqtisodiy adabiyotida tadbirkorlikning uchta funktsiyasi ajratib ko’rsatiladi: a)resurslar bilan ta’minlash, tashkilotchilik, ijodkorlik; b)resurslar bilan ta’minlash, kapital bilan ta’minlash, ijodkorlik; v)kapital bilan ta’minlash, xomashyo bilan ta’minlash; g)resurs bilan ta’minlash, tashkilotchilik, omillarni birlashtrish; d)tashkilotchilik, omillarni birlashtrish; ijodkorlik; 4.Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi biri yakka tartibdagi mehnat faoliyatiga asoslangan individual tadbirkorlikka to’g’ri kelmaydi: a)individual mulkka asoslanadi; b)o’zi mehnat qiladi; v)olingan natija uning o’ziga tegishli bo’ladi; g)mulkidan daromad topish maqsadida foydalanadi; d)yollangan xodimlarga ish haqi to’laydi; 5.Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi biri xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlik faoliyatiga mos emas: a)xususiy mulkka asoslanadi; b)ishlab chiqarish natijasi mulk egasiga tegishli bo’ladi; v)chetdan ishchi yollaydi; g)kapital omiliga jamoa egalik qiladi; d)mustaqil erkin faoliyat yuritadi; 6.Asosiy va aylanma kapitalning farqlanuvchi jihatlariga quyidagilardan kaysi birini qo’shib bo’lmaydi? a)o’z qiymatlarini ishlab chiqarish natijasi-mahsulotga o’tkazishi; b)doiraviy aylanishda qatnashishiga ko’ra; v)ishlab chiqarish jarayonida o’z xossasini o’zgartirishi; g)amortizatsiya ajratmalarini hisoblash; d)sarflangan mablag’ni qaytishi; 7.Quyidagilardan qaysi biri biznesning korporatsiya shaklining kamchiligiga kirmaydi? a)kapitalni jalb qilishning keng imkoniyatlari; b)tashkil etishning tashkiliy-moliyaviy murakkabliklari; v)boshqarish xarajatlarining ko’pligi; g)ikki tomonlama soliqqa tortish sub’ekti; d)mulk va nazoratni ajratilishi 13.Chayqovchilik faoliyati … a)qonun asosida ish yurituvchi tadbirkorlar uchun riskni orttiradi; b)narxlarni beqarorligi tendentsiyasini kuchaytiradi; v) iqtisodiy bum va retsessiyaga olib keladi; g) doimo foyda olishga olib keladi; d) tadbirkorlar uchun riskni kamaytiradi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling