Iqtisod moliya
mahsulot va korxona pul mablag’larini
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
mahsulot va korxona pul mablag’larini tashkil etadi.
Aylanma kapital bilan muomaladagi kapital o’rtasida chambarchas aloqa mavjud bo’lib, ular doimo biridan ikkinchisiga aylanib, har bir doiraviy aylanishda to’la yangilanadi. Shuning uchun ular birgalikda oborot mablag’lari deb ataladi. Asosiy kapital samaradorligi kapital sig’imi, kapital qaytimi kabi ko’rsatkichlar orqali aniqlansa, oborot mablag’laridan foydalanish samaradorligi aylanish tezligi bilan aniqlanadi. Qancha ishlab chiqarish vaqti va muomala vaqti qisqarsa, kapital shuncha tez aylanadi va ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Aylanish qancha sekinlashsa, aksincha. Shuning uchun aylanish vaqtini bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki, shunga qarab, qaysi vaqtni qisqartirish mumkin, uni qanday amalga oshirsa bo’ladi, yo’llari va usullari axtariladi, maqbullari tanlab olib amalga oshiriladi. Oborot mablag’laridan qanday foydalanilayotganini yil davomida aylanish soni bilan o’lchanadi. Bu ko’rsatkich yil davomida realizatsiya qilingan tovar hajmini o’rtacha yillik oborot mablag’lari qoldig’iga nisbati topiladi. Aytaylik, realizatsiya hajmi 120 mln so’m, o’rtacha oborot mablag’lari qoldig’i 40 mln so’mlik bo’lsin, bu 120:40=3. Demak, yil davomida to’la uch marta aylanishini bildiradi. Bundan tashqari, aylanma mablag’larining aylanish muddatidan foydalanish mumkin. U yil davomida kunlarni aylanish soniga bo’lish bilan topiladi. Misolimiz bo’yicha 355:3=118 kun atrofida bo’ladi. Aylanma kapitaldan foydalanish darajasiga material sig’imi, energiya sig’imi, mehnat sig’imi kabi ko’rsatkichlar orqali ham baho berish mumkin. Shunday qilib, tadbirkorning resurslarga sarflagan kapitali ishlab chiqarish jarayonida unumli kapitalga, ya’ni ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarda xarajatlar tarzida gavdalanadi. Xulosa *Bozor iqtisodiyotining muhim afzalligidan biri uni tadbirkorlikka asoslanganligidir. Iqtisodiy nuqtai nazardan tadbirkorlikni 1) iqtisodiy kategoriya sifatida; 2)xo’jalik yuritish metodi; 3) iqtisodiy fikrlashning o’ziga xos tipi sifatida qaraladi. *Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning namoyon bo’lishi, tashkiliy shakli g’arbda biznes deb yuritiladi. Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy shakllari uchga: individual xususiy, sherikchilik, korporatsiyaga bo’linadi. *Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarning huquqiy maqomiga ko’ra: yuridik shaxslar, yakka xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar tadbirkorligi; Mulkchilik maqomiga ko’ra: individual-xususiy, oilaviy-xususiy, korporativ-xususiy, jamoa, davlat, aralash mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik; Faoliyat yuritish mazmuni jihatidan: ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ( tijorat, moliya, vositachilik, servis, konsalting, maishiy va boshqalar)ga; Tadbirkorlik yuritish tarmoq, sohalariga ko’ra sanoat, qurilish, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish; Faoliyat yuritish ko’lami, ishlab chiqarish hajmi yoki band bo’lgan ishlovchilar soniga qarab, kichik, o’rta, yirik tadbirkorlik-biznesdan iborat. *Bozor iqtisodiyotida individual –xususiy tadbirkorlik o’ziga xos muhim o’rin tutadi. Lekin iqtisodiy faoliyatga nisbatan obro’li, barqaror, uzoq muddatli vaqtga mo’ljallangan, ko’lami jihatidan salmoqli shakli korxona, firmadir. *Biznesning tashkiliy shaklining o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjudki, tadbirkor, biznesmen biznesning tashkiliy shaklini tanlaganda, davlat tadbirkorlik faoliyatini ko’llab quvatlash uchun chora-tadbirlar belgilaganda hisobga olishi zarur. *Korxona, firmalar o’z maqsadlariniamalga oshirish uchun turli iqtisodiy birlashmalartashkil etishadi. Bular xolding, kartel, va hokazolar bo’lib, undan tashqari turli jamoatchilik uyushmalari, tadbirkorlar ittifoqi, savdo-sanoat palatalari, biznesni qo’llovchi turli fondlar va hokazolardan iborat. *Tadbirkorlik riskka asoslanadi, doimo tavakkalchilik xatari mavjud. Shuning uchun ham tadbirkorlik qilish hammani qo’lidan kelavermaydi. Tadqiqotchilarning kuzatishicha riskka ishqivozlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga moyil bo’lishar ekan. Tadbirkorlar riskni kamaytirish yo’llarini qidirib topishadi. Tadbirkorlik faoliyati yuritishda 2 xil strategiya mavjud: mudofaaga asoslangan, hujumkorlikka asoslangan. *Tadbirkorni faoliyat yuritish uchun sarflagan mablag’i uning foyda olish maqsadiga xizmat qilishi uchun real kapitalga aylanishi zarur. Real kapital o’z xususiyatlari: ishlab chiqarish jarayonida o’z xossalarini o’zgartirish yoki o’zgartirmasligi, qiymatini tiklash muddatiga ko’ra asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi. *Tadbirkorlar asosiy va aylanma kapital samaradorligiga alohida diqqat qaratishadi. Kapital samaradorligi, mehnat, material. Energiya sig’imi, kapitalning aylanish tezligi, kapital, mehnat unumdorligi va hokazo ko’rsatkichlar orqali baholanadi. *Tadbirkorlikning iqtisodiy o’sishni, ish bilan bandlikni ta’minlashda nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, respublikamizda uni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling