Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy xarajatlar Ijara haqi O’zgaruvchi xarajatlar Xom ashyo Energiya
- Mashina- uskunalar olish Ishchi- xizmatchilarni o’qitish, malakkasini oshirish
- Boshqalar Mashina- uskunalar Ijari haqi Qarz uchun to’langan pul Normal foyda
XARAJATLAR TARKIBI Xarajatlarni ana shu ikki guruhga bo’lishga qarab, foydaga ham ikki xil yondashiladi. Ishlab chiqarish xajmiga bog’ligligiga ko’ra Ishlab chiqarish miqyosini o’zgartirish imkeniga ko’ra Iqtisodiy resurslarni jalb etilishiga ko’ra Doimiy xarajatlar Ijara haqi O’zgaruvchi xarajatlar Xom ashyo Energiya, yonilgi Transport yollash xarajatlari Bino-inshoot mashina uskunalar amortiza- tsiyasi Ish haqi Sotsial sug’urta Soliqlar Qisqa muddat xarajatlari Xom ashyo material lari Uzoq muddatli davriy xarajatlar Bino- inshootlar kurish Mashina- uskunalar olish Ishchi- xizmatchilarni o’qitish, malakkasini oshirish kabilar Ta’mirlash xarajatlari Ichki xarajatlar Bino- inshootlar Tashqi xarajatlar Ish haqi Xom ashyo material lari Yonilg’i, energiya Transport aloqa xizmatlari Bank tijorat xizmatlari Yonilgi, energiya Ish haqi Boshqalar Mashina- uskunalar Ijari haqi Qarz uchun to’langan pul Normal foyda Soliqlar Korxona, firma o’zi sotgan tovari, ko’rsatgan xizmatiga tushgan pul kirimi unga xarajatlarni qoplash hamda foyda olish imkonini beradi. Iqtisodiy nuqtai nazardan korxona o’z xarajatlarini zo’rg’a qoplagani bu — ishlab chiqarishni va tashqi xarajatlarni qoplab, tadbirkorni shu ish bilan shug’ullanishi uchun zo’rg’a tutib turadigan darajada (foyda) daromad olayotganini bildiradi. Boshqacha aytganda, agarda ishbilarmon menejer sifatida oyiga 100 ming so’m ish haqi oladi desak, uning tadbirkor sifatidagi faoliyatidan oladigan daromadi ham shu miqdordan kam bo’lmasligi kerak, ana shundagina u tadbirkorlik bilan shug’ullanadi. Agarda firma, korxonaning pul tushumi iqtisodiy xarajatlardan ko’p bo’lsa, u sof foyda oladi, bu pul tadbirkor qo’lida yig’ilib ma’lum maqsadlar uchun ishlatiladi. Agar (buxgalteriya) haqiqiy xarajatlar asosida davlat va bosh-qa tashkilot, muassasalar bilan hisob-kitob olib borilsa, iqtisodiy xarajatlar asosida korxona faoliyati tahlil etilib, kelgusidagi maqsadlar belgilanadi, rejalashtiriladi. Xarajatsiz hech bir iqtisodiy faoliyat yuz bermaydi. Sarf-xarajatlar foyda olishning sharti, chunki busiz ishlab chiqarishning o’zi bo’lmaydi. Ammo narx-navo o’zgarmasa, foyda xarajatlarga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Korxonaning xarajatlari tovarlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan sarflar, ya’ni iqtisodiy resurslarni topish, xarid etish va ulardan samarali foydalanish sarflaridir. Xarajatlar moddiylashgan va jonli mehnat sarfini bildiradi, ular tovarlar korxonaga qanchaga tushganligini ko’rsatadi. Xarajatlar quyidagilarga bog’liq: 1. Resurslarni xarid etish narxiga. 2. Resurslarni tejab, nes-nobud qilmay ishlatishga, ya’ni kam resurs sarflab ko’proq mahsulot olishga. Xarajatlar moddiy va mehnat sarfidan iborat. Moddiy sarflar bozor narxida xarid etilgan mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar, shuningdek energiya, xom ashyo va materiallar sarfidan iborat bo’lib, muayyan narxlarda hisob-kitob qilinadi. Mehnat sarflari ish haqi, sotsial sug’urta xarajatlari, tadbirkorni qoniqtiradigan normal foydadan iborat. Xarajatlar ishlab chiqarishning hajmi o’zgarishi bilan o’zgarishi yoki o’zgarmagan holda qolishi mumkin. Shu nuqtai nazardan xarajatlar ikkiga bo’linadi: 1. Doimiy xarajatlar. 2. O’zgaruvchan xarajatlar. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling