Iqtisod moliya
-§. Foyda hakidagi nazariyalar. Normal va iqtisodiy foyda
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foyda va uni
2-§. Foyda hakidagi nazariyalar. Normal va iqtisodiy foyda.
Foyda bozor iqtisodida maxsus omil tadbirkorlikni taqdirlashni yuzaga chiqishidir. Avvalgi bobda ko’rib o’tdik, tadbirkor resurslar sotib olgach, ularni ishga solib, mahsulot ishlab chiqaradi yoki xizmat ko’rsatadi. Buni natijasida qilgan sarf xarajatiga nisbatan, ya’ni sarflagan puliga nisbatan ishlab chiqargan mahsuloti, ko’rsatgan xizmatiga olgan puli ko’proq P1=P+Δn bo’ladi degan edik. Ana shu Δn iqtisodiyotda foyda deb ataladi. Maxsus omil-tadbirkorlik, birinchidan, kapital va erdan tubdan farq qiladi. Uni sezib, ko’rib bo’lmaydi. Ikkinchidan, uning omil sifatidagi mahsulotdagi ulushi foydani mehnat, kapital va er omillarini bozoridagiga o’xshab o’ziga xos muvozanat bahosi deb aytaolmaymiz. Uning ishlab chiqarish omili sifatidagi bu xususiyati uning funktsiyalari orqali namoyon bo’ladi. Ko’rsatib o’tilganidek, tadbirkor boshqa resurslar - mehnat, kapital, erni birlashtirib biror tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish uchun firma faoliyatiga bog’lik asosiy qarorlarni qabul qiladi; ishlab chiqarishga yangiliklarni tadbiq etadi; tadbirkorlik funktsiyasini bajarish jarayonida yuzaga keladigan xatarlarni o’z zimmasiga oladi. Iqtisodiy faoliyatda to’rt omil qatnashadi. Ularni ichida tadbirkorlik (tadbirkorlik qobiliyati) er, kapital va mehnat omillarini birlashtirib, yagona ishlab chiqarish, yagona jarayonga aylantirish mas’uliyatini oladi. Tadbirkor ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi, boshqa omillarni birlashtiruvchi bo’lib yuzaga chiqadi. Ana shu funktsiyalarni bajarish uchun tadbirkor ma’lum bir daromad, foydaga ega bo’lishga haqli. Foyda va uni Bozor iqtisodiyotida foyda qiymat instrumenti aniqlovchi omillar umumtizimida muhim o’rin tutadi. U firmaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi, moliyaviy mustaqilligini kafolatlaydi. Bozor sharoitida foyda qanday, qancha ishlab chiqarishni aniqlaydi, belgilaydi. Shuning uchun har bir ishlab chiqaruvchini qancha tovar ishlab chiqarganda va narxi qancha bo’lganda maksimal foyda olishi mumkinligi aniqlanadi. Real hayotda foyda olish – bu ishlab chiqaruvchi, bozor iqtisodiyoti pirovard maqsadi. Amaliyotda uni aniqlash oson, ya’ni umumiy tushumdan qilingan xarajatlarni ayirib aniqlaymiz. Lekin uni qanday nima evaziga shakllanishini, manbai nima ekanligini nazariy jihatdan asoslab berish qiyin. Iqtisodiy nazariyada yagona to’g’ri javob yo’q. Foyda haqidagi dastlabki fikrlarni merkantilistlar bildirishgan. Ular foydani muomalada, tashqi savdoda nisbatan yuqori baholarda sotish tufayli kelib chiqadi deyishgan. Fiziokratlar foyda tabiat kuchlari iste’mol qiymatlarini ishlab chiqarish xarajatlariga qaraganda o’sishiga sharoit yaratishi tufayli faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi, degan fikr bildirishgan. A.Smit va D.Rikardo moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida qo’shimcha qiymat yaratilishi g’oyasini yaratishdi. Smit foydani ishchini mehnat mahsulotidan kapitalist foydasiga ajratilgan qismi deb ko’rsatadi. K.Marks foydani qo’shimcha qiymatning o’zgargan shakli, avanslangan kapital natijasi, qiymat manbai esa yollanma ishchilarni mehnati deb ko’rsatadi. Qo’shimcha qiymatni foydaga, o’rtacha foydaga aylanish jarayonini, foydani o’sishini ob’ektiv va sub’ektiv chegaralarini ko’rsatib beradi. Uning manbai haqida hozirgi paytda juda ko’p kitoblarda deyarli to’xtalmaydi. Bir guruh iqtisodchilar daromadning barcha turlari: ish haqi, tadbirkorlik daromadi, protsent, rentani «foyda» deb atashadi. Boshqalari faqat kapitalga protsentgina foyda bo’lishi mumkin deyishsa, uchinchi guruh iqtisodchilar qo’shimcha qiymat(to’lanmagan ish haqi)ning o’zgargan shakli hamda kapitalning aylanish tezligi natijasidir deb ko’rsatishadi. Foyda, ko’p omilli kategoriya bo’lib, manbai A. Marshall fikricha iqtisodiy sharoitni o’zgarishi. ya’ni talab va taklif, tashqi sharoit o’zgarishi tufayli olinadi, tarmoqlararo resurlarni ko’chishi esa uni yuvilishiga olib keladi va oxir oqibat foyda barham topadi. Keyns fikriga ko’ra u bozor tizimini takomillashmagani oqibati. Bir tomondan qarasak tadbirkorning faoliyati, yurist, injener, menejerni o’z mehnatiga ish haqi oluvchi mutaxassislarni faoliyatidan uncha katta farq qilmaydi. Lekin aynan iqtisodiy foyda, ya’ni uning xarajatlarga kiritilmaydi, normal foydadan ortiqcha qismi tadbirkorga omil daromadi sifatida qoladi. Iqtisodiy foyda shunday sharoitda hosil bo’ladiki, bunda umumiy tushum hamma xarajatlarni (normal foydani ham qo’shib) qoplab ma’lum bir ortiqcha summani tashkil etadi. Y. Shumpeter fikricha foyda bu faqat yangiliklar tatbiq qilish orqaligina olinadi, raqobat tufayli vaqt o’tgach yo’qoladi. Farbdagi qator iqtisodchilar foydani tadbirkorlarning tavakkal qilishi evaziga jamiyat tomonidan to’langan haq deb bilishadi. Ko’pgina iqtisodchilar foydaning manbai deb kapitalni hisoblashadi. Ularni fikricha kapitalni o’sishi investitsiya qilingan mablag’larga, investitsiyaga sarflangan foydaga bog’liq. Natijada foyda bilan kapital o’rtasida to’g’ri va qarama-qarshi qayta bog’lanish aloqalari mavjud. Statik iqtisodiyotda noaniqlik yo’q. Kelajakda nima bo’lishini oldindan belgilash xarakteri bunday jamiyatni innovatsion o’zgarishlarga to’sqinlik qiladi. Dinamik iqtisodiyotda esa kelajak doimo noaniq.(7 va 11- boblar) Bu degani tadbirkor tavakkal qilib, xatarni o’z zimmasiga oladi. Xatar ikki xil sug’urta (avvaldan oldini olishga) qilib bo’ladigan va bo’lmaydigan xatarga bo’linadi. Aynan tadbirkorning sug’urta qilib bo’lmaydigan xatarni zimmasiga olishi iqtisodiy yoki sof foydaning manbai bo’ladi. Protsent hozirgi zamon iqtisodiyotida omil daromadi hisoblanadi. Uni tadbirkor tadbirkorlik daromadi sifatida oladimi yoki kapital egasi oladimi, foiz foydaga o’xshab omil daromadi hisoblanadi. Protsent – bu kapital egasi yil davomida oladigan daromadning ma’lum qismi. Biz iqtisodiyotni tahlil qilganimizda statik holatda, ya’ni eng muhim parametrlar aholi soni, resurslar taklifi, ishlab chiqarish texnik darajasi, iste’molchilarni didi, u yoki bu narsani afzal ko’rishi o’zgarmaydi deb statik jihatidan tahlil qilamiz, statik iqtisodiyotni avvaldan natijasi qanday bo’lishini ko’rsatish mumkin, unda iqtisodiy noaniqlik minimal darajada bo’ladi. Bunday sharoitda iqtisodiy foyda (boshqarish mehnatiga qo’shimcha mukofot va kapital sof unumdorligi shaklidagi daromad) yo’qolib ketishi kerak. Ammo tadbirkorlik faoliyatini xususiyati statik emas dinamik iqtisodiyotda namoyon bo’ladi, ya’ni talab va taklif miqdorini belgilovchi omillar o’zgarib turadigan sharoitda. Tadbirkorlik faoliyatini chuqur tahlil qilgan Y.Shumpeter iqtisodiy taraqqiyot haqida to’xtalar ekan, aynan uning ishlab chiqarish omillarini yangi kombinatsiyalarini amalga oshiruvchi sifatida qarab, quyidagi hollarni ko’rsatadi 1 1. Iste’molchilarga hali noma’lum yangi ne’matlar ishlab chiqaradi yoki ularni yangi sifat bosqichiga ko’taradi. 2. Shu tarmoq uchun amalda noma’lum, yangi ishlab chiqarish metodini, usulini qo’llaydi. 3. O’z mahsulotini sotadigan yangi bozorni o’zlashtiradi. 4. Yangi xom ashyo yoki yarim fabrikat manbasiga ega bo’ladi. 5. Bozor tarkibini qayta tashkil qilishni amalga oshiradi, masalan, korxonalarni monopol mavqeini ta’minlashga harakat qiladi yoki boshqa korxonani monopol mavqeini yo’qqa chiqaradi. Taraqqiy etuvchi iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlar asosiy rol o’ynaydi. Aynan ana shunda tadbirkorlikni xususiyati ishlab chiqarish omili sifatida namoyon bo’ladi. Tadbirkor oddiy tarzda butun omillarni (resurslarni) ishlab chiqarish jarayonida birlashtiruvi emas, balki u initsiator ularni yangicha birlashtiruvchi sifatida namoyon bo’ladi. Tadbirkor korxonasini (oddiygina) boshqarmaydi, balki boshqalarga o’xshamagan qarorlar qabul qiladi. Tadbirkor iqtisodiyotga innavatsiya, yangilik olib kiradi va iqtisodiy tavakkal qilib xatarga yo’l qo’yishiga javobgar (ma’sul) bo’ladi. Iqtisodiy foyda nolga teng bo’lgan yoki normal foyda bu statik iqtisod va erkin raqobat (bir ko’rinishda hech qanday monopoliya yo’q) ning oqibati. Lekin bir tomondan hayotda erkin raqobat, bozorning to’la muvozanatga erishishi, statik iqtisodiyotni amal qilishi mumkin emas. 1 Y.Shumpeter Teoriya ekonomicheskogo razvitiya. M.,1982g., str.159 Doimo ma’lum miqdorda raqobat nomukammal (bozor monopollashuvi mavjud), bozor muvozanati buzilib turadi, odamlar(individumlar) doimo optimal qaror qabul qilavermaydi. Ikkinchi tomondan, iqtisodiyot dinamik holatda bo’ladi, chunki aholi o’zgaradi, yangi xom ashyo manbalari ochiladi, fan-texnika rivojlanadi, yangi ehtiyojlar vujudga keladi va hokazo. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling