Iqtisod moliya


Firmaning Foyda olish yuzaki qaraganda osonga o’xshaydi. Lekin bankrot bo’lishi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Firmaning Foyda olish yuzaki qaraganda osonga o’xshaydi. Lekin bankrot bo’lishi 
firma har qanday tovar ishlab chiqarar ekan, uni
sotish bilan darrovda foyda olishni boshlamaydi. U eng avvalo, sarflagan xarajatlarini 
doimiy, so’ngra o’zgaruvchi xarajatlarini qoplaydi. Sotilgan mahsulotlarni qiymati umumiy 
xarajatlar bilan tenglashadi, ya’ni xarajatlarni qoplash nuqtasiga etadi. Ana shu nuqtadan 
o’tgandan keyin tovarlar ishlab chiqarishni ko’paytirish natijasida foyda olish boshlanadi. Uni 
massasi sotilgan tovar miqdori o’sgan sari ko’payib boradi. Ma’lum chegaragacha, yuqorida 
ko’rganimizdek me’yoriy xarajatlarga olingan me’yoriy daromad nisbati tenglashguncha davom 
etadi, so’ngra foyda kamayib boradi. Ishlab chiqarish hajmini oshirar ekan, korxona bir vaqtni 
P
MC AC 
1AC 


o’zida qisqa muddatli ishlab chiqarish masalalarining echimlariga hamda uzoq davrga 
mo’ljallangan ishlab chiqarish omillarini o’zgartirish rejalarini, ishlab chiqarish jarayonini 
tashkil etishni nisbatan samarali variantini tanlashi kerak. 
Qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish omillari nisbatan o’zgarmaydi, asosiy diqqat 
xarajatlarni tejab-tergab sarflashga qaratiladi. 
Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish omillarini barchasini o’zgartirish uchun vaqt etadi. 
Bunda diqqat omillar nisbatini o’zgartirib, ularni eng optimal variantini topishga qaratiladi. 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatchilikka asoslangan bo’lib, uning shafqatsiz shart-
sharoitlariga hamma tadbirkorlar ham dosh bera olmaydi. Ko’pincha korxonalar bankrot bo’lib 
ketadi. 
Bankrotlikning asosiy sababi xarajatlarning haddan tashqari ko’payib ketishidir. Ayrim 
paytlarda korxonaning qaytarib bo’lmaydigan xarajatlari, ya’ni chiqimlari ham ko’payib ketadi. 
U xarajatlar shamolga sovurilgan mablag’ bo’ladi. Masalan, mahsulotni chirib ketishi, sotilmay 
qolib ketishi. 
Korxonani bankrot deb e’lon qilish, uning to’lovga noqobilligini aniqlash qiyin, chunki 
bankrotlikning aniq mezonlarini belgilamay bir fikrga kelish juda qiyin. 
Buni hisobga olgan holda respublikamizda bankrotlikning huquqiy asoslarini yaratishga 
diqqat-e’tibor qaratildi. 1994 yili «Bankrotlik to’g’risida» qonun qabul qilindi. 
Bu qonunda korxonaning to’lovga noqobilligi belgilari aniq berilgan bo’lib, ular mavjud 
bo’lsa, korxonaga nisbatan tegishli sud rasmiyatchiligini boshlab yuborish mumkin. 
Bankrotlik to’g’risidagi qonunga ko’ra korxona 90 kun mobaynida olgan qarzini to’lay 
olmasa kreditor xo’jalik sudiga bu korxonani bankrot qilish to’g’risida murojaat qilishi mumkin. 
Korxona vaqtincha to’lovga layoqatsiz bo’lsa, o’zini bankrot deb tan olmaydi. O’z 
faoliyatini davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiruvchi korxona ham bankrot deb tan 
olinishi mumkin emas. 
Umuman olganda, iqtisodchilarning bankrotlikka qarashlarini 2 guruhga bo’lish mumkin. 
Birinchi guruh iqtisodchilar korxonalar iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lib, ishni eplay 
olmasa, yopilib tugashi kerak, degan fikrni ilgari sursalar, ikkinchi guruh iqtisodchilar ular uchun 
ma’lum muddat sharoit yaratib saqlab qolishga harakat qilish kerak, degan fikrdalar. Albatta, 
shunday korxonalar borki, ularni saqlab qolish milliy iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun zarur. Shuni 
hisobga olgan holda bankrotlik alomatlariga ega iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash 
maqsadga muvofiq deb topilsa, ularga to’lov qobiliyatini tiklab olishi uchun fursat beriladi 
hamda chetdan boshqaruvchi tayinlanadi. Sanatsiya (lotincha, sog’lomlashtirish degan ma’noni 
anglatadi) muddati 18 oygacha belgilanib, shu vaqt mobaynida korxona o’z to’lov qobiliyatini 
tiklashi, buning uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarur.



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling