Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Xulosa *Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri mavjud resurslardan tejab-tergab samarali foydalanishni rag’batlantirishdir. Nazariy jihatdan qarasak, korxona, firma resurslarni sotib olib ishga solganda u ishlab chikarish omillariga aylanadi. Yaratilgan tovar xizmatlarda xarajat bo’lib gavdalanadi. Resurslardan foydalanish samaradorligi qay darajadaekanligiga qarab firma, korxona faoliyatiga baho beriladi. *Korxona xarajatlari turli-tuman bulib, uning tarkibiga turli jihatdan yondashib guruhlarga ajratishch mumkin. Korxonaning iqtisodiy faoliyatini tahlil qilishda eng ko’p foydalaniladigan xarajatlar: o’zgaruvchi, doimiy va me’yoriy xarajatlar bo’lib, ishlab chiqarish hajmiga bog’liq xarajatlar o’garuvchi xarajatlar, ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmasa doimiy xarajatlar, qo’shimcha bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan qo’shimcha xarajatlar me’yoriy xarajatlar bo’dadi. *Foyda bozor iqtisodiyotida maxsus omil tadbirkorlikni taqdirlanishi sifatida yuzaga chiqadi. Uni tadbirkorlik va biznesga qo’yilgan kapital keltiradi. Tadbirkorlik qobiliyati evaziga olinadigan foyda normal foyda deb atalib, xarajatlar tarkibiga kiradi. Kapital evaziga iqtisodiy foyda olinadi. U umumiy tushumdan barcha xarajatlarni (normal foydani ham qo’shib) ayirib topiladi. Tadbirkorlikda omad foydasi ham borki, u bozorda narxlarning kutilmaganda ortib ketishidan paydo bo’ladi. U hammaga ham nasib qilavermaydi va ma’lum fursat o’tgach yo’q bo’lib ketadi. *Foydaga yondashishga ko’ra: buxgalteriya foydasi, normal va iqtisodiy foyda, yalpi(balans) foydasiga bo’linadi. Odatda yalpi foyda taqsimlash manbai, korxona mablag’laridan foydalanish manbai bo’ladi. Tadbirkorga qilgan xarajatlari qay darajada foyda keltirgani foyda normasi, rentabellik ko’rsatkichlari orqali aniqlanadi. * Firma, korxonaning daromadi xarajatlarini qoplamasa zarar ko’radi. Shuning uchun firma zararni minimallashtirish chorasini ko’rish kerak. Buning uchun firma baho Bilan o’zgaruvchi narxlarni taqqoslaydi. Narx o’rtacha minimal xarajatlardan past, lekin o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan yuqori bo’lsa, qisqa muddatli davrda firma ishlab chiqarishni davom ettirgani, agarda o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan tushib ketsa ishlab chiqarishni to’xtatgani ma’qul. *Kaysi tarmoqda normal foydadan tashqari iqtisodiy foyda ham olinsa, uzoq muddatli davrda bu tarmoqqa yangi firmalar kirib keladi. Taklif ko’payadi. Narx tushadi. Firmalarning kirib kelishi to’xtaydi. Qaysi tarmoqda xarajatlar narxdan yuqori bo’lib normal foyda xam olinmasa xarajati yuqori firmalar tarmoqni tark etishni boshlaydi. Taklif kamayadi. Narx ko’tariladi. Shunday tarzda tarmoqda firmalar muvozanatiga erishiladi. *Umuman tadbirkorlik risk bilan bog’liq ekan u iloji boricha riskni kamaytirishga harakat qiladi. Uning eng muhim yo’li xarajatlarni pasaytirishdir. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling